“pedagogik bilim sohasi bo‘lib, u sinergetika
qonuniyatlariga asoslanishini, ya’ni pedagogik o‘zini–o‘zi tashkil etishning va
o‘zini–o‘zi rivojlantirishning qonun va qonuniyatlari deb, ya’ni ta’limiy-tarbiyaviy
sistemalar”
deb atash taklifini kiritamiz.
Pedagogik manbalarda sinergetikaga murakkab sistemalarning tartibsiz
holatidan tartibli holatiga o‘tish jarayonlarini hamda bu sistema elementlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni (aloqalarni) ochib berishni tadqiq etuvchi fan sifatida
ta’rif berilgan. Shunday qilib, sinergetika pedagogika uchun metodologik
278
tamoyillardan biri sifatida kirib bormoqda, modomiki pedagogik jarayonda maqsadga
yo‘naltirish doirasidagi yangi bilim sohasida o‘rganilayotgan o‘zaro
munosabatlarning ayni ta’sirlari kuzatilmoqda.
“Sinergiya – dunyoni anglash konsepsiyasi bo‘lib, uning asosida nochiziqli,
o‘zini-o‘zi tashkil etish jarayonlari to‘g‘risidagi bilim sohalari yotadi. Bu konsepsiya
nuqtai nazaridan olamdagi pedagogik jarayonning ochiq makrosistemadan iboratligi,
unda ta’limiy-tarbiyaviy nazariyalar, yo‘nalishlar erkin ko‘chib yurishi. Muayan
sotsial muhitda pedagogik g‘oya, yo‘nalishlarning mumkin bo‘lgan variantlari
amalga oshiriladi.”
Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda
sinergizm
ga berilgan ta’riflarni uchratish
mumkin. Masalan, I.V.Robert pedagogik ta’sirlar sinergizmi deganda “uning omillari
va ta’sirlaridan iborat bo‘lgan birgalikdagi (kombinatsiya) ta’sirlari natijasi bo‘lib,
unda yig‘indi effekt har biri alohida ko‘rsatgan ta’sirdan ustun kelishini anglatadi. Bu
fenomenning natijasi bo‘lib, o‘quvchi-talabalarga ko‘rsatilayotgan uzoq muddatga
xos (inglizcha
long
so‘zidan olingan bo‘lib, - uzoq vaqt, uzoq muddat) pedagogik
ta’sir” tushuniladi. Bu pedagoglarda sinergetika muammolariga shubhasiz qiziqish
uyg‘otishi tabiiydir.
Bizning fikrimizcha, sinergetikaning fundamental holatlari, pedagogika fani
uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, chunki, aynan o‘zini–o‘zi tashkil etish
jarayoni, o‘quvchi-talaba shaxslarining, pedagogik jamoaning, qolaversa butun bir
pedagogik sistemaning rivojlanish mexanizmlarini ochib berishga imkon beradi
Respublikamizning pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida
olib borilgan pedagogik kuzatuvlar bu mavzuning yangi bo‘lishiga qaramasdan
o‘zining ijobiy natijaga erishganligidan guvohlik beradi.
Shunday qilib, pedagogik sistema sinergetik bo‘lishi uchun, ya’ni, o‘zini-o‘zi
tashkil etishga moyil bo‘lishi uchun, u murakkab, ochiq, nochiziqli, tasodiflik
(stoxastik) , energiya, modda, axborotlar qabul etish va uzatish manbalariga ega
bo‘lishi, beqaror holatga erishishi zarurligi kabi qator talablarga javob berishi kerak
bo‘ladi.
279
Quyidagi jadvalda ta’lim sistemasiga ananaviy va sinergetik yondashuvlarni
keltirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |