8-mavzu: ilmiy uslub vauning uslubiy xususiyatlari reja



Download 393,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.07.2022
Hajmi393,23 Kb.
#751780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-МАВЗУ

Qisqalik
. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning 
uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi. Gaplar darak 
mazmunida bo‘lib, asosan sodda yoyiq holda bo‘ladi. Agar fikr qo‘shma 
gaplar yordamida ifodalansa, bog‘lovchilarning faol ishlatilishi kuzatiladi: G‘alla 
ekinlari urug‘lari saqlashga ancha chidamli hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligini sifatli 
urug‘ bilan ta’minlashda uni saqlash muhim tadbirdir.
Ekiladigan 
g‘alla 
urug‘lari 
uchun 
davlat 
standarti belgilangan. 
Ilmiy uslub fonetik jihatdan boshqa uslublardan farqlanib turuvchi yorqin 
belgilarga ega emas. Leksikasida esa farq qiluvchi jihat sohaviy atamalarning 
ko‘pligi hisoblanadi. Bu uslubda ham, xuddi rasmiy uslubda bo‘lgani kabi, 
so‘zlarni 
ko‘chma 
ma’nolarda qo‘llash, tasviriy vositalardan unumli 
foydalanish xos xususiyat sanalmaydi. Subyektiv emotsionallik, obrazlilik, og‘zaki 
nutq elementlari, umuman g‘ayri adabiy unsurlar kam ishlatiladi. Mumkin qadar 
bayon bir xil me’yorda ifoda etiladi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda fikr 
yuritilayotgan manba, mavzu bilan uyg‘un ravishda ba’zan bu uslubda ham obrazli 
ifodalardan foydalanish istisno emas.
Masalan: Differensial tenglamalaming xususiy hosilalari fizikaga cho‘ri 
bo‘lib ishga kirdi, keyin u choridan bekaga aylanib ketdi (R.Bekjonov). Muallif 
individualligining kam sezilarli bo‘lishi ham ilmiy uslubning o‘ziga xos
xususiyatlaridanbiridir. 
Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari to‘g‘risida M. Mukarramovning 
«Hozirgi o‘zbek adabiy tilning ilmiy stili» monografiyasida quyidagi fikrlar 
bayon qilingan: Ilmiy uslubda faqat adabiy tilda me’yor sifatida e’tirof etilgan
grammatik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. So‘z turkumlaridan ot faol, ko‘pincha 
takror qo‘llanadi. Subyektiv baho shakllari xos emas. – lar ko‘plikdan boshqa 
semantik-uslubiy ma’nolarni ifodalamasada, atama hosil qilishda ishtirok 
etadi. Umumiy egalik ustun turadi, I-II shaxs 
qo‘shimchalari ishlatilmaydi. III shaxs shakli faol. Undov va taqlid so‘zlar ham bu 
uslubga xos 
emas. 
Yuklamalarning 
esa 
imkoniyati chegaralangan. 
Ilmiy 
nutq 
uchun
aytiladi, 
yoritiladi, 
bayon 
qilinadi, aniqlanadi, tekshiriladt, foydalaniladi, ta’riflanadi singari xoslangan fe’llar 
mavjud. Fe’lning majhul daraja shakli ham bu uslub uchun xos. Ammo hozirgi-
kelasi 
zamon 
shaklidan 
tashqari xarakterli 
zamon ko‘rsatkichi yo‘q. 
Kishilik olmoshlari kam qo‘llaniladi. Bu 
gap 
faqat muallif va men ma’nolarida 
qo‘llaniladigan hamda 
kamtarlik 
ma’nosini 
ifodalaydigan biz olmoshiga 
tegishli emas. 
Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo‘lishi unda boshlanmalar, gap 


qismlarini bog‘lash uchun 
shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko‘rinadiki, 
shunga ko‘ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko‘ra 
kabi so‘z va so‘z birikmalari 
qo‘llaniladi. Ko‘p qo‘llaniladigan 
birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, 
xullas, demak 
shaklidagi kirish so‘z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga 
xizmat qiladi. 
Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani 
sezilmaydi. Unda ko‘proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: 
dalillar 
keltirilgan, tajriba o‘tkaziladi, foydalaniladi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan xususiyatlar 
ilmiy uslubning lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa 
uslublardan farqini ko‘rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi. 

Download 393,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish