AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA JARAYONLARNI MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Kompyuterni tekshirish uchun har bir Windowsda mavjud xizmat dasturi –
Проверка диска (Diskni tekshirish)dan foydalanamiz.
Fayllarning qayerdaligi haqidagi barcha ma’lumot kompyuterning maxsus fayllar
joylashuvi jadvali (FAT yoki NTFS)da saqlanadi. Har gal biror dastur ishga tushayotganda
Windows kerakli fayl qayerdaligini aniqlash uchun ushbu jadvalga murojaat qiladi.
Agar, qandaydir sabablarga ko‘ra, jadvaldagi ma’lumot amaldagi holatga muvofiq
kelmay qolsa, fayl haqidagi ma’lumotni olib bo‘lmaydi. Bunday xatolar asosan kompyuter
noto‘g‘ri o‘chirilganda ro‘y beradi. Bu xatolar boshida arzimagan ko‘rinsa ham,
lekin vaqtida
tuzatilmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ularni tuzatish esa, juda oson – disklarni birrov tekshirib chiqish kerak, xolos. Buning
uchun «Мой компьютер» darchasidagi tekshiriladigan disk (masalan, D diski) yorlig‘iga
sichqonchaning o‘ng tomoni bilan bosamiz. Paydo bo‘lgan menyudan eng pastdagi «Свойства»
(«Xususiyatlar») qatorini tanlaymiz, «Свойства» darchasi paydo bo‘ladi.
U yerda «Сервис» («Xizmatlar») ilovasini ochamiz va «Выполнить проверку»
(«Tekshirish») tugmasini bosamiz, tekshirishning ikkala o‘lchamlari
qarshisiga tasdiq belgisini
qo‘yamiz va «Запуск» («Ishga tushirish») tugmasini bosamiz.
Ba’zida kompyuterning sekin ishlashiga xuddi shunday tartibsizlik sabab bo‘ladi. Gap
shundaki, har bir fayl diskda muayyan makonga ega. Bu makon bo‘laklarga bo‘lingan. Ularni
«klaster» deb ataydilar. Bitta fayl bir nechta klasterlarga yozilishi mumkin. Fayl qancha katta
bo‘lsa, shuncha ko‘p klasterlarni egallaydi. Fayl yozilayotganda (ko‘chirilayotganda) uning
klasterlari har doim ham ketma-ket turavermaydi. Ba’zida bitta faylning bir klasteri qattiq
diskning
bu tomonida, boshqasi esa, butunlay boshqa tomonida joylashib qoladi. Ana shunday
holatlarda fayl fragmentlanib qolgan, ya’ni fragment (bo‘lak)larga bo‘linib, turli joylarga
sochilgan deydilar.
Bundan fayl zarar ko‘rmaydi, lekin qattiq diskka yozish va undan o‘qish
sezilarli darajada
sekinlashadi.
Ayniqsa,
undagi
hamma
fayllar
fragmentlangan bo‘lsa. Har bir fayl klasterlarini bir
tartibga keltirish va shu orqali kompyuter tezligini
oshirish
uchun
«Дефраг
ментация
диска»
(«Diskni
defragme
ntatsiyala
sh»)
dasturi
kerak
bo‘ladi.
To‘g‘ri,
bu
dasturdan
umuman
foydalanmasa ham bo‘ladi. Ayniqsa, kompyuteringiz superqudratli bo‘lsa, sizga fayllarning
sochilib yotishi sezilmaydi ham. Ammo, kamroq quvvatga ega, ancha ishlatilgan kompyuterlarda
defragmentatsiya katta foyda keltiradi.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA JARAYONLARNI MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Diskni
defragmentatsiyalash uchun, xuddi tekshiruvdagidek, «Свойства» darchasini
ochamiz va bu gal tekshirishni emas, defragmentatsiyani tanlaymiz.
«Выполнить дефрагментацию» tugmasini bosganimizda yangi darcha chiqadi,
pastida
«Анализ» («Tahlil») va «Дефрагментация» tugmalarini ko‘ramiz. Qoidaga ko‘ra, oldin
«Анализ» tugmasini bosib, defragmentatsiya kerakmi, yo‘qligini bilib olish lozim. Ammo,
deyarli har doim kompyuter bu ish zarur deb xabar beradi. Shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
«Дефрагментация» tugmasini bosamiz.
Baribir, shunda ham, avtomatik ravishda oldin tahlil o‘tkazib olinadi.
Shuni oldindan hisobga olib qo‘ying – defragmentatsiya
jarayoni yaxshigina uzoq, hatto bir
necha soat davom etishi mumkin. Jarayon tugagach, defragmentatsiya tugaganligi haqida xabar
ekranga chiqadi.
Defragmentatsiya tizimdagi xatolardan qutqarib qola olmaydi (buning uchun «Disk
tekshiruvi» xizmati bor). Lekin u qattiq diskning yanada samarali ishlashiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: