Ichki moJekulyar bog‛lanishda vodorod bitta molekula ichidagi ikki atomni o'zaro
bog‛laydi.
Molekulalararo vodorod bog‛lanish kovalent bog‛langan protonning boshqa
molekuladagi atomning erkin elektronlariga tortilishidan vujudga keladi. Masalan,
suv molekulasida vodorod bog‛lanish mavjud.
ENERGIYA VA UNING MAVJUD BO‛LISH SHAKLLARI.
TERMODINAMIKA FANI
Olamdagi har qanday jismda istalgan temperaturada molekula va atomlar
to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Ularning kinetik energiyalari yig‛indisi
jismning
issiqlik energiyasini tashkil etadi. Molekulalardagi yoki jismning kristall
panjarasidagi atomlarning o'zaro ta'sirlashuv potentsial energiyasi uning kimyoviy
energiya zapasidir. Umuman, sodda qilib aytganda, kinetik energiya — jismning
harakatdagi
ish bajarish energiyasi, deyish mumkin. Energiyaning bu ikki turi
kinetik va potentsial energiya bir-biriga o'tib turishi mumkin. Masalan, biror jism
yuqoriga ko'tarilganda uning kinetik energiyasi kamayib,
potentsial energiyasi
ortadi. Bunda yerning tortish kuchiga qaxshi ish bajarilgan sari, kinetik energiya
potentsial energiyaga aylana boradi.
Biz kundalik turmushda doimo bir turdagi
energiyaning boshqa turdagi
energiyaga aylanishiga duch kelamiz. Masalan, metall parmalaganda parma
qiziydi—mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi, elektr toki
motorni harakatga keltiradi—elektr energiyasi mexanik energiyaga aylanadi,
ko'mir yoqilganda kkiyoviy energiya issiqlik va yorag‛lik energiyasiga aylanadi va
hokazo. Ammo bunda bir turdagi energiyaning qancha
miqdorda ikkinchi turdagi
energiyaga aylanganini bila olmaymiz.
Buni bilishda bizga termodinamika yordam beradi. Termodinamika grekcha
«termo» va «dinamis», ya'ni «issiqlik» hamda «kuch» so'zlaridan olingan bo'lib,
ma'nosi issiqlik bilan bog‛liq bo'lgan kuchlar (energiya) to'g‛risidagi fan demakdir.
Bu fan turli xil energiyalarni va ularning o'zgarishini o'rganadi.
Termodinamika turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turiga va
sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o'tishini, shuningdek, berilgan sharoitda
jarayonlarning o'z-o'zicha borish yo'nalishi va chegarasini o'rganadigan fandir.
Termodinamika fan sifatida o'tgan asrning birinchi yarmida paydo bo'ldi va
issiqlik jarayonlari hamda bug‛ mashinalarining ishini o'rganish natijasida rivoj
topdi.
Kimyoviy termodinamika qonunlarini chuqur bilish turli kimyoviy
jarayonlarni biz istagan yo'nalishda olib borish imkonini beradi. Masalan,
azotni
biriktirish muammosi bilan ko'pgina olimlar shug‛ullangan, ya'ni NH
3
olish
reaksiyasi ko'p vaqtgacha amalga oshmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: