11-mavzu. Moddaning agregat holati reja


Moddalarning agregat holati



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana06.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#750485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
11-maruza (1)

Moddalarning agregat holati
. Tabiatdagi barcha moddalar sharoitga qarab 
turli holatda—qattiq, suyuq, gaz va plazma holatida bo'ladi. Bu holatlar moddaning 
agregat holati deyiladi. Moddaning agregat holati uni tashkil etuvchi zarrachalar 
orasidagi masofaga va bu zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchining katta-


kichikligiga qarab aniqlanadi. Moddaning agregat holatiga tashqi sharoit bosim va 
temperatura katta ta'sir ko'rsatadi. Bosim va temperatura o'zgarganda moddani 
tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi masofa o'zgarib, natijada modda asta-sekin bir 
agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o'tishi mumkin. Masalan, temir 1535°C 
ga qadar qattiq holatda bo'ladi, 1535°C da suyuq holatga o'tadi, qaynash 
temperaturasidan yuqori temperaturaga qadar qizdirilganda esa bug‛ga aylanadi
ya'ni gaz holatiga o'tadi.
Gaz holatidagi havoni kompressorlarda yuqori bosimda va past 
temperaturagacha sovitish yo'li bilan suyuq holatga o'tkazish mumkin. Kimyo 
zavodlarida ana shu yo'l bilan havodan azot va kislorod ajratib olinadi.
Suv normal atmosfera bosimida 0°C ga qadar qattiq holatda (muz), 0°C 
bilan 100°C orasida suyuq holatda va 100°C dan yuqori temperaturada gaz 
holatida bo'ladi.
Ba'zi moddalar tashqi sharoit har qancha o'zgartirilganda ham agregat 
holatini o'zgartirmaydi. Masalan, kalsiy karbonat (CaCO
3
) asosan qattiq holatda 
bo'lib, uni suyuq holatga ham, gaz holatiga ham o'tkazib bo'lmaydi, chunki u 
qizdirilganda suyuqlanmasdan va bug‛lanmasdan to'g‛ridan-to'g‛ri kalsiy oksid 
bilan uglerod (IV)-oksidga ajraladi. Moddalarning agregat holati o'zgarganda 
xossalari ham qisman o'zgaradi. Shuning uchun moddaning qanday sharoitda qaysi 
agregat holatda bo'lishini bilish katta ahamiyatga ega.
Moddaning agregat holati zarrachalarining harakatlanish xarakteri bilan bir-
biridan farq qiladi. Zarrachalarning eng tartibsiz harakati plazma holatidagi 
moddalarda bo'ladi. Plazma juda yuqori temperaturalarda hosil bo'ladi, bunda 
modda molekula yoki atomlarning ionlari va elektronlar aralashmasiga aylanadi. 
Plazmaning o'ziga xos xususiyati shundaki, u umuman elektroneytraldir (musbat 
zaryadlar soni manfiy zaryadlar soniga teng). Plazmani ko'pincha zaryadlarining 
ichki taqsimlanishi jixatidan bir jinsli neytral deb bo'lmaydi. Shuning uchun unda 
zaryadlarning tebranma harakati vujudga kelib, natijada plazma elektromagnit 
tebranishlar manbaiga aylanadi. Yuqori temperaturaga ega ko'p kosmik jismlarda 
modda plazma holatida bo'ladi, plazma termoyadro jarayonlarini o'rganish paytida 
laboratoriya qurilmalarida ham hosil qilinadi.
Moddalarning agregat holatini o'rganishni biz gaz holatini o'rganishdan 
boshlaymiz.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish