45
QR-kodi nima?
Bugungi kunda
QR
kodlari ko‘pchilik uchun allaqachon oddiy
narsaga aylangan, lekin ko‘pchilik aslida u haqida
tushunchaga ega emas, lekin kunda oq fonda sirli qora
kvadratchalar bilan tasvirlar reklama afishasi yoki plakatining
burchagida, paketlarda, jurnal sahifalarida va hatto biznes
kartalarida, tovarlar etiketkalarida, kommunal to‘lovlar
kvitansiyalarida yoki saytlar sahifalarida ham ko‘radilar.
Xo‘sh, bu belgi nima va u nima uchun kerak? Mana shu
QRkoddir. QR kod mazmun mohiyatiga asosan ingliz tilidan
olingan
bo‘lib
―
Quick
Response
‖
so‘zlarining
qisqartirmasidir. Uning mazmuni
“tezkor javob”
ma‘nosini
beradi.
46
QR
kod
1994-yilda
Yaponiyaning
―Denso Vave‖ kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan ikki o‘lchovli shtrix kodi (matris kodi). 2953
baytlik ma‘lumotni bitta kichkina kvadratga, ya‘ni 7089 ta raqam yoki
4296 ta harf (A4 formatidagi 1-2 sahifa), 1817 iyeroglif joylashtirish imkonini
beradi.
QR kod qo‘llanishining asosiy tamoyili shundaki, u giperhavola tarzida ishlay
oladi. Bu birdaniga ko‘p ma‘lumot haqida xabar berish zarur bo‘lgan
holatlarda yoki uni soddalashtirish kerak bo‘lganda juda qulay vosita
sanaladi.QR kod electron ma‘lumotlar uzatish prinsipiga asoslanadi. Bu,
ayniqsa, ko‘p miqdordagi axborotni uzatish yoki undan foydalanishni
soddalashtirishda qo‘l keladi. QR kod surati mahsulot yoki xizmatni tanlash
jarayonini yengillashtirishga yordam beradi, axir qadoq yoki reklama
plakatidagi mana shu kichik kvadratchada 4296 tagacha belgi sig`diriladi. U
aloqa jarayonini optimallashtirishga ham xizmat qiladi, masalan, aksariyat
holatlarda tashrif qog`ozidagi nishonchada birgina tugmani bosish bilan
kontaktlaringiz ro‘yxatiga qo‘shiladigan telefon raqami shifrlangan bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, QR kodlar yordamida havoladan o‘tish, electron
xat, SMS yuborish, manzil joylashuvini bilish va boshqa ko‘plab amallarni
bajarish mumkin.
47
Poytaxtga tashrif buyuruvchi xorijiy hamda mahalliy sayyohlarga qulayliklar yaratish
maqsadida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan
diqqatga sazovor turizm maskanlariga QR kodlar o‘rnatilmoqda. Jumladan, QR kodlar
Abulqosim Shayx madrasasi, Suzuk ota majmuasi, Iso payg`ambarning Muqaddas
yuragi bosh cherkovi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri, San‘at
muzeyi, O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Toshkent teleminorasi, Amaliy san‘at
muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent hayvonot bog`i hamda Ikuo
Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyiga o‘rnatildi. Ushbu QR kodlar
tashrif buyuruvchilarga telefondagi dastur orqali QR kod o‘rnatilgan ob‘ekt va boshqa
turistik infratuzilma ob‘ektlari haqida ingliz, rus hamda o‘zbek tillarida ma‘lumot olish
imkonini beradi.
https://goqr.me/
48
QR kodlar dunyodagi eng ko‘p quyidagi formatlarda tarqalgan:
Internet-manzil
(QR kodlari Internet resurslari bilanbog`lanishni o‘z ichiga
oladi. Kodni o‘qish foydalanuvchini kerakli saytga yo‘naltiradi. brauzerning
manzil satrida ko‘plab belgilarni diqqat bilan kiritish zarurligini bartaraf etadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |