Muomala vositasi funktsiyasi
. Muomala vositasi funktsiyasida pul yordamida
tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Bu funktsiyani bajarish uchun naqd
pul bo’lishi lozim. Bu funktsiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlash-barter
usuliga chek qo’yiladi. Tarixiy taraqqiyot ko’rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk
bosqichlarida barter qilishlar mehnat mahsulini ayirbosh qilishining yagona yo’li
bo’lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo’lganki, A tovar egasi, B tovarni
sotib olish uchun, nafaqat B tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur
bo’lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo’lib, yuzlab
tovarlarni muomalaga jalb qilgan holda ko’zlagan maqsadga erishish mumkin
bo’lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natijasida barter usuli tovar
ayirboshlashning usuli sifati o’z ahamiyatini yo’qotdi. Lekin, shuni ta’kidlash
kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo’llanilib
kelmoqda.
19
Tovar defitsiti, inflyatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va
iqtisodiy barqarorlikning yo’qligi sharoitida barter bo’yicha tovarlar harakatini
amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
Pulning muomala vositasi funktsiyasida tovar qo’ldan qo’lga o’tadi va
muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o’tadi. Pul va tovarning harakati
(T-P-T) qisqa vaqt ichida tugallanadi.
Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar-pul va pul-tovar) o’tib
turishi pulning muomala vositasi funktsiyasining asosini tashkil qiladi.
Shuning uchun ham bu funktsiyani bajarishda naqd pul bo’lishi, u barqaror,
sifati yuqori bo’lishi kerak.
O’zbekistonda muomala vositasi funktsiyasini Markaziy bank tomonidan
chiqarilgan qog’oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan
naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to’lashning vaqtiga, aholining
bankdan qarzga mablag’lar olish imkoniyatiga va boshqalar omillarga bog’liq.
Savdo-sotiq hajmining ko’pligi va ish haqining tez-tez to’lab turilishi muomalaga
ko’p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko’proq kredit olish imkoniyatiga
ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish
kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo’jalik, kichik korxona, fermer
xo’jaliklarining ko’payishi muomala vositasiga bo’lgan talabni kamaytiradi.
Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala xarajatlarining barter
xarajatlariga nisbatan ancha past bo’lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi
funktsiyasi uning boshqa funktsiyalaridan o’zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Muomala vositasi funktsiyasining xususiyatlari sifatida qo’yidagilarni keltirish
mumkin:
- bu funktsiyani real, naqd pullar bajaradi;
- tovar va pul bir-biriga qarma qarshi, bir traektoriyaga harakat qiladi;
- tovar va pul xarakati bir vaqtda yuzaga keladi;
- tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o’rtasidagi munosabat tugallanadi va
tomonlar tovarga yoki pulga ega bo’ladilar;
20
- pul muomala vositasi bo’lishi uchun avvalom bor qiymat o’lchovi bo’lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |