Tayanch so’zlar
pul oboroti;
naqd pul oboroti;
naqdsiz pul oboroti;
to’lov oboroti;
tovar operatsiyalari;
tovarsiz operatsiyalari;
hisob-kitob;
memorial order;
inkasso topshirig’i;
akkreditiv;
to’lov talabnomasi;
to’lov topshiriqnomasi;
veksel;
chek;
pul muomalasi;
pul massasi;
pul agregatlari;
hujjatlar aylanishi;
plastik kartochkalar;
elektron pullar.
49
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1. Pul oboroti deganda nimani tushunasiz?
2. Naqd pul oboroti nima va uning o’ziga xos xususiyatlari?
3. Naqd pulsiz pul oboroti va uni ishlatish ko’lami?
4. Elektron pul tizimining mazmuni va uning ahamiyati.
5. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning alohida shakllariga tavsif bering?
6. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillarini sanab o’ting?
7. Pul muomalasi qonuni nima?
8. Pul massasi va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
9. Pul agregatlariga izoh bering?
10. Pul muomalasini barqarorlashtirish yo’llari nimalardan iborat?
50
IV BOB. INFLYATSIYA VA PUL MUOMALASINI
BARQARORLASHTIRISHNING USULLARI
1-§. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari
Inflyatsiya lotincha «inflatio» so’zidan olingan bo’lib «ish», «bo’rtish»,
«ko’pchish» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab
iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda
xavfli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan.
Tarix haqiqatda ham bu so’zning har tomonlama xavfli ekanligini ko’rsatdi.
Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining
o’sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya
so’zining iqtisodiy o’girtmasi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning
bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi.
Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o’sishiga,
qoniqtirilmagan, lekin qisman to’lanishi mumkin bo’lgan talablarning vujudga
kelishga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi.
Inflyatsiya so’zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy
shtatlari o’rtasida fuqarola urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450
mln. grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo’llanila boshlagan.
Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar
tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat
xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog’liq. Masalan, Angliyada
kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada -
frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida namoyon bo’lgan.
Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo’lib, muomaladagi
pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta
qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko’rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni
bo’lmasdan, tarixan mavjud bo’lgan jarayondir.
51
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma’lum
xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Yoozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr
inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik
bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar
chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab
chiqarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan yoki bu ko’rsatkichlar kamayib
ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy
yo’llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada
muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib
ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya’ni,
xaqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan.
Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda
namoyon bo’lgan. Yoozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga
ega bo’lib xo’jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan
tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib, sifati ham
o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya:
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining
buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX
asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab
chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi.
Yoozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi
natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga
ketadigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va
shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida
vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg’arma va iste’mol
o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi
muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi
nomutanosibliklardan iboratdir.
52
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va
tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Inflyatsiyaning
ichki
omillari monetar-pul siyosati bilan va xo’jalik faoliyati
bilan bog’liq turlariga bo’linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu
xo’jalikdagi va iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka
hukmronlikka yo’l qo’yish, iqtisodning tsiklik rivojlanishi, investitsiyalashda
nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit
siyosatining notug’ri olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq
omillarga davlat moliyasi sohasidagi krizislar; davlat byudjetning defitsiti, davlat
qarzlarining o’sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda
avtomatizmga yo’l qo’yish va boshqalar kiradi.
Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom
ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa
davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zahiralari bilan bo’ladigan
noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi
disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to’xtovsiz
o’sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul biriligining
qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
1.
Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida
pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
2.
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
3.
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba’zi bir iqtisodchilarimizning
1
fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar
baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o’sgan taqdirda ham ayrim
tovarlar bahosi barqaror bo’lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan.
1
Kembell R., Makkonel, Stenli L. Bryu «Ekonomiks» M.: 1993 g. s. 163
Jo’raev T.T., Jo’raev A.D. «Pul kapital va xazina mollari bozori. Moliya, kredit-bank tizimi va davlatning soliq
siyosati» T.: 1994 y.
53
Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi
mumkin.
Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur’atlarda
bo’lmasdan, sakrab turadigan bo’lishi mumkin. Lekin, ba’zi tovarlar bahosining
tushishi yoki barqaror bo’lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to’liq
ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste’moli uchun
zarur bo’lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma’lum davrda barqaror ushlab turish
mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir
oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to’g’risida
gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi
tushunchalarini to’g’ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba’zi
tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi
oshishi inflyatsiya bo’lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo’lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |