54
2-§. Inflyatsiyaning turlari va toifalari
Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o’sib borishiga
qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo’lib qaraladi:
sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o’rtacha yillik o’sishi 5-10% dan oshmaydi.
Inflyatsiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, mamlakat
iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4% atrofida ham bo’lishi
mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni
rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Pulning qiymati
barqarorligidagi o’zgarish sezilmasligi mumkin.
shiddatli inflyatsiya. Baholarning o’rta yillik o’sishi 10-100% (ba’zida 200%
gacha) bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda
ko’proq uchraydi.
giperinflyatsiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200% dan oshib ketadi. Bu
inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u
iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq. Yoozirgi davrda XVF
baholar oyiga 50% dan oshgan vaqtda bu giperinflyatsiya deb qabul qilgan.
Giperinflyatsiya davrida baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish haqi
o’rtasidagi farq juda yuqori bo’ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi,
korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo’jalik faoliyati, bozor faoliyatida
naturallashtirish avj oladi.
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko’rsatish
mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’liq inflyatsiya (taklif
inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi
. Inflyatsiyaning bu an’naviy turi talab oshib ketganda
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la qondira olmaydi,
taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o’sadi. Kam miqdordagi
tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi.
Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat.
a)harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodning militarlashuvi.
55
Yoarbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq
bo’lgan jarayonlar muomalaga keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili
hisoblanadi.
b) davlat qarzlarning o’sishi va byudjet defitsitining mavjudligi.
Byudjet defitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish
yo’li bilan qoplanadi. Bu o’z navbatida qo’shimcha muomala vositalari bo’lishiga,
qo’shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O’zbekistonda byudjeti defitsitini
qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli
majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda.
v) Xalq ho’jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan
bog’liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni
oshiradi.
g) Chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga
almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan
chet el valyutaning qadri oshadi.
d) Xalq xo’jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash
ham oborotga qo’shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishiga olib keladi.
Shunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning o’sishi natijasida baholar
o’sishi bilan namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiyasi.
Bu inflyatsiyaning sabablari quydagilar bo’lishi mumkin:
a) har xil jarayonlar va tarkibiy o’zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining
pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Umuman
xalq xo’jaligi bo’yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, tovarlar bo’yicha taklif
qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo’ladi ishlab chiqarishga nisbatan kam
mehnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug’iladi. Natijada tovar va
xizmatlarga bo’lgan baho oshib boradi.
56
v) aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, tovarlar
bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k. bu zanjir uzluksiz
davom qilish mumkin.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G’arb
mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi qilib chakana baholarning
o’zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma’lum davrda baholar ikki marta oshsa, pul
ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar o’sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan
aniqlanadigan baholar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning
boshlang’ich nuqtasi qilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar
o’zgarishi, o’rtacha yillik o’sishi sur’ati hisoblanishi mumkin.
Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yig’indisi, ya’ni,
tovarlar bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy
bahosi, ya’ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi
fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin.
Baholar indeksini hisoblashda iste’mol tovarlar bahosining indeksi katta
axamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga
imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis yildagi baholar indeksiga
nisbatan oshishi - inflyatsiya - «Baholar darajasining oshishi» dan, baholar
indeksining kamayishi-deflyatsiya-«Baholar darajasining kamayishi» dan dalolat
beradi.
Aytaylik bazis davr 1990 yil bo’lsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va
1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki
250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 so’m turgan bo’lsa, 1997 yilda shu
tovar 350 so’m turadi.
joriy (1997) yilda bozor savati
=
joriy (1997) yilda
х
100
bazis yilda aynan bozor savat bahosi
(masalan 1990 yil)
Baholar indeksini
57
Iste’mol tovarlar bahosi indeksidan tashqari ba’zi guruh tovarlar va xizmatlar
masalan, kiyim, oyoq kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va boshqalar bo’yicha
baholar indekslarini hisoblash mumkin.
Baholar indeksiga asoslanib inflyatsiya sur’atlarini aniqlash mumkin. Buning
uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, bazis davr
baholar indeksiga bo’lamiz. Masalan, 1990 yilda ist’emol tovarlarning baho indeksi
110, 1997 yilda 140 bo’lsa, 1997 yilda inflyatsiya sur’ti quyidagicha aniqlanadi:
Demak, 1997 yilda inflyatsiyaning o’sish sur’atlari taxminan 27,3% teng bo’ladi.
Inflyatsiyaning o’sish sur’atlari to’g’risida gapirganda, uning rivojlanishini son
jihatdan aniqlanishning boshqa yo’li ham mavjud. Buning usul «70 lar qoidasi» deb
ataladi. Agar har yili inflyatsiya darajasi ma’lum bo’lsa, baholar ikki karra oshishi
uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun «70» ni har yilgi
inflyatsiya darajasiga bo’lish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5%
bo’lsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar har yillik
inflyatsiyasi darajasi 20% bo’lsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra oshishi
kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflyatsiyaning
o’sishi sur’atlari yuqori, (har kuni, oyda o’zgarib boradigan) bo’lsa, qulay
hisoblanmaydi «70 lar qoidasi» aholi jamg’armalarining, real yoki milliy mahsulot
hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to’g’ri aniqlab berishga
imkon beradi.
Pulning qadrsizlanish darajasi alohida olingan mamlakatda har xil bo’lishi
mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va u tez o’tishi,
iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va
«davolash» ham ko’proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 - 1984 yillarda
baholar o’sishi sur’atlarni oladigan bo’lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan
(Germaniya), 71% (Jazoir) gacha bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan
140 - 110
х
100 = 27,27%
110
=
Inflyatsiya sur’ati
58
(Yoindiston), 153% ga (Argentina) etgan. Inflyatsiyaning namoyon bo’lishi har bir
mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy xo’jalik faoliyatiga va
xususiyatiga, milliy an’nalariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish
xususiyatlariga bog’liq.
Rivojlangan
mamlakatlarda
inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini
hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari - Argentina,
Braziliya, Peru kabilar kiradi. Bu davlatlarga surunkali davlat byudjeti defitsiti,
iqtisodiy muvozanatning yo’qligi asosiy va oborot fondlar qiymatining doimo
indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib
borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet defitsitini emissiya yo’li bilan
moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga etishi
kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |