15-BILET 1. Shosh haqida
ma‟lumot bering.
Shosh (Choch, Binkat) tarixiy viloyatining markaziy shaqri (9 — 12asrlar).
Harobasi hozirgi Toshkentiiit eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10-
asr tarixiy maʼdumotlariga koʻra, B.ning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan
boʻlib, koʻhandiz (ark), shahriston (madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi
xorij) rabodlardan tashkil topgan.
Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi boʻlib,
ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda oʻrda,
zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3
darvozasi boʻlgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo doʻkonlari
joylashgan. Ichki rabodning ayrim maʼlumotlarga koʻra 8 ta,
yana boshqa
maʼlumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi boʻlib, unda asosan bozorlar joylashgan.
Tashqi rabodda 7 ta darvoza boʻlib, paxsa, guvala va xom gʻishtdan qurilgan uy-
joylar joylashgan. B. obodonligi va bahavoligi bilan sharkda shuxrat qozongan.
Shahardan koʻplab suv tarmoklari oʻtgan, koʻchalariga tosh yotqizilgan. Tashqi
rabodda bogʻ va tokzorlar koʻp boʻlgan.
2.
Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring.
Mo‗g‗ul qabilalari orasidagi o‗zaro
urushlarda, XIII asrning boshlarida
Temuchin(1155-1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi
qurultoyda u ulug‘ xon debe‘lon qilinadi. Bosh
shomon butun xalq oldida
Temuchinga Chingizxon unvonini beradi.Chingizxon so‘zi ―kuchli‖, ―qudratli‖,
―toza‖ ma‘nolarini bildiradi. Mamlakatni
markazlashtirish maqsadida Chiungizxon Qoraqurum qal‘asini o‘z davlatining
poytaxtigaaylantiradi. Chingizxon tez orada janubiy Sibirda yashagan ko‘pgina
xalqlarni bo‘ysundiradi.Ular qatorida buryatlar, yoqutlar, qirg‘izlar va boshqalar
bor edi. Chiungizxon 1211-yildaShimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi.
Mamlakatni batammom istilo qilinishi ining vorislaridavrida tugaydi. Yettisuv va
Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yili
boshlangan bosqinlar,xorazmshohlar
davlatiga
1219-1221-yillarda
yoyildi.
Afg‘oniston,
Sharqiy
Eron
egallanib,Kavkaz orqali 1223-yilda Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi
bo‘yida qipchoqlarningittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo‘shini
mag‘lub etiladi. 1224-yildaChingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji,
Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslargabo‘lib, taqsimlab beradi. O‘qtoyni taxt vorisi
etib tayinlaydi.
3.
“Karavella” atamasiga izoh bering.
Karavella - yelkanli kema turi, Evropada, ayniqsa Portugaliya va Ispaniyada, XV
asrning ikkinchi yarmi - XVII asr boshlarida keng tarqalgan. Katta geografik
kashfiyotlar davri boshlangan birinchi va eng mashhur kemalardan biri.