405
6.
Saqlash:
a) bog’lovchi baza, so’m
b) portlarda, ming so’m
25000
15000
26300
15005
+1300
+5
105
100
7.
Me’yor chegarasidagi tovarlar
kamomadi, so’m
7350
2800
24500
38
8.
Vositachi firmalar uchun komission
rag’batlantirish
126000
13700
+11000
108
*Ko’rsatkichlar,
shartli
Bunday tahlilni eksport bo’yicha alohida so’mlarda va chet el valyutasida o’tkazish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Mutloq va nisbiy o’zgarishlar tahlili auditorga qaysi modda bo’yicha
muhim o’zgarishlar bo’lganligini aniqlashga imkon beradi.
Eksport tovarlari bo’yicha ustama xarajatlar miqdorining mutloq oshishi quyidagi
o’zgarishlar oqibatida ro’y berishi mumkin:
-
tashishning olisligi;
-
tashilayotgan yuk miqdori;
-
bir tonna tashilayotgan yukning o’rtacha qiymati va hokazo.
Ustama xarajatlarning moddalari bo’yicha o’zgarishlarni bilgan holda auditor qaysi moddani
chuqurroq tekshirishi kerakligini aniqlab oladi. Shu bilan birga shuni nazarda tutish kerakki, eksport
muomalalarini amalga oshirish jarayonida boshqa xarajatlar ham vujudga kelishi mumkin, ya’ni
ular qatoriga xaridorlar, transport-ekspeditorlik va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan jarimalar,
penya,
neustoykalar kirib, iqtisodiy mazmuniga ko’ra ular eksport bo’yicha noishlab chiqarish
xarajatlari tarkibiga kiradi va 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilib, soliqqa
tortiladigan bazaga qaytarib qo’shiladi.
Ustama xarajatlarni tekshirganda auditor moddalar tarkibiga ham e’tibor berishi kerak. Biz
ko’rsatgan misolda 1 tonna eksportga jo’natilgan tovarga to’g’ri keladigan temir yo’l tarifi
kamaygan, lekin mutloq «temir yo’l tarifi» moddasi 14000 ming so’mga oshgan. Audit tadbirlarini
o’tkazish (har
bir yozuvga isbot topish, hujjatlar mavjudligi, ularning mazmuni) auditorga shu
modda bo’yicha «temir yo’lga» to’langan 10950 ming so’m miqdorida asoslanmagan jarimalar
borligini aniqlash imkonini berdi. Auditor bu borada soliqqa tortish bazasiga qo’shilishi kerak
bo’lgan summani qayta ko’rib chiqishi kerak bo’ladi va kerakli maslahatlar berishi zarur.
O’zbekiston Respublikasi «Boj tarifi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq O’zbekiston
Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona rejalari
doirasida bojxona nazorati
ostida O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki undan
vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet elda investitsiya
sohasidagi hamkorlik ob’ektlarini qurish uchun butlovchi buyumlar tarkibida olib chiqiladigan
tovarlarga;
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan davlat
ehtiyojlari uchun eksportga
ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga;
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalarning chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga,
shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi buyurtmalarda nazarda
tutilgan hollarda shunday korxonalar olib chiqib ketadigan o’zlari ishlab chiqargan tovarlarning
ayrim turlariga nisbatan ilgari to’langan
bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida
hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yo’l qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 avgustdagi PF-1831-sonli «Xorijiy
sarmoyalari bo’lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag’batlantirishga oid
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga binoan - o’zi ishlab chiqargan mahsulotga
eksport boj to’lovlari bekor qilingan. Eksport ichki bozordagi narxlardan pastroq narxlarda amalga
406
oshirilgan taqdirda ular uchun soliqqa tortiladigan baza eksport mahsulotini sotishning amaldagi
narxidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.
Auditor o’zida ishlab chiqargan mahsulotini haqiqatda shunday ekanligini aniqlashi zarur
bo’ladi. Buning uchun bunday mahsulot quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- korxonada shunday faoliyat bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi kerak;
- moddiy va moliyaviy resurslar sifatida shaxsiy aylanma mablag’lari
va asosiy vositalardan
foydalanish, ilg’or texnologiyani ishlatish va bular, albatta, auditor tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Imtiyozlar berishda quyidagi investitsiyalar hisobga olinadi:
- chet el investorlarining korxona nizom kapitaliga qilgan ulushi;
- chet el kreditlari, ya’ni korxonaga kapital qo’yilma sifatida berilsa;
- mahsulot ishlab chiqarish loyihasi bo’yicha korxona
tomonidan mazkur loyihaga
reinvestitsiya qilinadigan foyda.
Kapital qo’yilmalar qoplanish davrini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: