2. KO’KALAMZOR MAYDONLARNING O’RNI VA AHAMIYaTI.
Yashil daraxtzorlar shaharlar va aholi punktlarida mikroiqlimni shakllanishiga
ta’sir ko’rsatadi. Mehnat qilish va dam olish qulay bo’lishi uchun havoning harorati
14-30
0
S atrofida janubiy rayonlarda, va 12-26
0
S o’rtacha iqlimli rayonlarda,
shamolning tezligi 0,5-3 m/s, xavoninng nisbiy namligi 30-70%. Noqulay
sharoitlarga qo’yidagilar xarakterlidir: janubiy rayonlarda xavoning harorati 30
0
S
dan yuqori, o’rtacha iqlimli rayonlarda 26
0
S dan yuqori yoki shamolning tezligi 1,5
m/s da 30-35
0
S, va m/s da 25
0
, 3,5 m/s da 15
0
S, shamolning tezligi 0,5 m/sdan past
va yuqori haroratlarda 3m/s dan yu qori va manfiy haroratlarda 5 m/s dan yu qori,
nisbiy namlik 30% dan past va 70% dan yu qori.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
19
O’zbekistonning shaharlaridagi asfalt, temir-beton, gisht, granit, mramor,
temir tunuka, shifer va bosh qalar mikroiqlimning shakllanishida yetakchi rolni
bajaradi. Yozning issiq kunlarida ustki qismi ochiq bo’lgan tuproqning, qumning,
asfaltning, betonning, tomlar, devorlarning janubiy tomonlari havoning harorati 35-
40
0
S bo’lganda 70-80
0
S gacha isib ketadi (Kuzmichev, Pechenisin, 1979).
Kunduz kuni tuproqning ustki qismi isib ketib quyosh botganda xam o’zidan
issiqliq chiqarib turadi. Yashil daraxtzorlarning radiasiya haroratini pasaytirishdagi
axamiyati kattadir.
Daraxtlarning barglari o’ziga xos issiqliq xususiyatiga ega. Ular har hil
turlarda xar hil darajada issiqlikni qaytarish o’ziga qabul qilishga qodirdir. Yosh
eman daraxtzori quyosh radiasiyasining 96,8% ni ushlab qoladi, qaragayzor - 96,
qora qaragay, terak, eman turlaridan iborat bo’lgan aralash o’rmon 97-98%.
Daraxtlarning haroratdan himoya qilish funksiyasi bundan yaqqol ko’rinib turibdi.
O’zbekistonda havo yoz faslida chang ko’pligi bilan farq qiladi. Yashil
daraxtzorlar shahar ko’chalaridagi havoni almashtirib, harakat qilishiga yordam
beradi, ularni tozalaydi. To’liq, o’ rmonzor havoni changdan to’liq tozalaydi, zararli
mikroorganizmlarning sonini 40-45% ga kamaytiradi.
Shovqinga qarshi kurashda qalin joylashgan baland daraxtlar katta yordam
beradi. Bargli daraxtlar shovqinning 25% o’ziga singdirib, 75%ni qaytaradi.
Daraxtlarning 10m dan kam bo’lmasligi kerak va ular xar hil turlardan tuzilishi
kerak.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
20
Do'stlaringiz bilan baham: |