yoki pasaygan. Ba’zi rivojalanayotgan mamlakatlarda ichki jamg’arma
manfiy bo’lgan, ya’ni mamlakat ishlab chiqarishdan ko’ra ko’p iste’mol
qil-gan, demak chetdan keladigan resurslar hisobiga yashagan.
Mutaxassislar g’arb iqtisodiy fani yutuqlariga asoslangan holda
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o’sishini rag’bat-lantirish
bo’yicha amaliy tavsiyalarni va modellarni ishlab chiq-dilar. XX asrning
50-60- yillari keynschilik vakillari nazariya-lari ancha keng tarzda
qo’llanildi.
Davlat investitsiyalari - muvaffaqiyat garovi. Keyns-chilarning
ta’kidlashicha, kam rivojlangan mamlakatlarda
xususiy ixtiyoriy
jamg’armalarning roli juda past. Aholi ishlab topgan daromadlarning
barchasini iste’molga sarflashni afzal ko’radi va deyarli investitsiyani
amalga oshirmaydi. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri industrial
rivojlangan mamlakatlar “ta’si-ri” hisoblanadi. G’arb
hayot tarzining
kirib kelishi isrofgarchi-likka yo’l qo’yish, zeb-ziynat buyumlariga
bo’lgan sarflarni ko’pay-tirishni keltirib chiqardi. Shuning uchun
daromadning oshishi jamg’armaning tez ko’payishiga va demak
investitsiyaning ko’payi-shiga olib kelmagan.
Shu bois, majburiy
jamg’armalarning roli oshib boradi (aholidan olinadigan soliq va har xil
to’lovlarni ko’paytirish hisobiga) va davlat investitsiyalarining
ahamiyati kuchayib boradi. Davlat
aholining pul resurslarini
investitsiyaga yo’naltirish chora-tadbirlarini ko’rishi lozim. Bunday
chora-tadbirlardan biri foiz me’yorining davlat tomonidan tartiblab
turilishi hisoblanadi.
Chunki tadbirkorlar o’z kapitallarini ishlab chiqarish sohasi-dan ko’ra,
tez-tez savdo va moliyaviy sohalarga yo’naltiradilar. Nega? Birinchidan,
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tipik
xol hisoblangan surunkali
inflyatsiya ishlab chiqarish sohasiga kapital qo’yishni foy-dasiz qilib qo’yadi.
Ikkkinchidan, bozor infratuzilmasining va xo’ja-lik qonunchiligining yaxshi
rivojlanmaganligi xususiy tadbirkor-larga savdo, transport,
aloqa sohalarida
monopol mavqeiga erishish va shuning hisobiga monopol yuqori foyda olish
imkonini beradi.
Xususiy sektorni rivojlantirish, keynschilar fikriga ko’ra, bo-zor
infratuzilmasiga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga
davlat kapital
qo’yilmalarini ko’paytirish, investitsion kreditlarni kengay-tirish, foiz stavkasini
pasaytirish, mo’’tadil inflyatsiya va byudjet taqchilligini ta’minlash yo’li bilan
rag’batlantirilishi zarur.
Amerika iqtisodchilari R.Nurske, A.Xirshman
va boshqalar ri-
vojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o’sish modellaridan biri –
77
“keskin sakrash” nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga muvofiq ri-
vojlanayotgan mamlakatlar qoloqlikdan qutilish uchun “kambag’allik
tuzog’ini” uzib tashlashi kerak. Yaratilgan moddiy boyliklar aholi-ning
o’sishi tomonidan “eb tashlanishi” tufayli kelib chiqadigan “kambag’allik
tuzog’ini” quyidagi rasm ko’rinishda ifodalash mumkin.
Жон бошига тўғри келадиган
паст даражадаги даромад
Паст унумдорлик
Аҳолининг тез
ўсиши
Паст даражадаги
жамғарма
Паст даражадаги
талаб
Инсон капиталига бўлган инвестицияларнинг
ва капитал қўйилмаларининг паст даражаси
Do'stlaringiz bilan baham: