(S) va jamg’armaga (S) taqsimlanishi to’g’risida boradi, shuningdek,
gap qo’shimcha (me’yorli) ortib boruvchi iste’mol to’g’risida ham
boradi. «Asosiy psixologik qonun, – deb yozadi J.M. Keyns, – shundan
iboratki,
kishilar, odat-da, daromadlari ortib borishi bilan o’z iste’molini
ko’paytirish-ga moyildirlar, lekin bunda iste’mol daromad ortgan
darajada oshmaydi».
Bu hol shu narsani bildiradiki, agar daromad o’zgarsa, iste’-mol
ham shu yo’nalishda o’zgaradi, lekin iste’mol o’zgarishi
daromad
o’zgarishi darajasidan past bo’ladi. J.M. Keyns iste’mol o’zgarishi bilan
ushbu o’zgarishni keltirib chiqargan daromad o’zgarishi o’rtasidagi
nisbatni iste’molga bo’lgan me’yorli moyillik deb atadi va uni quyidagi
formula bilan ifodaladi:
MPC =
Y
C
∆
∆
Iste’mol va umumiy daromad o’rtasidagi nisbatni esa, u iste’molga
bo’lgan o’rtacha moyillik deb atadi:
APC =
Y
C
Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, J.M. Keyns o’z
naza-riyasida
iste’molga bo’lgan moyillik tushunchasi bilan birga jam-g’armaga
bo’lgan moyillik tushunchasini ham ilgari surdi. Jam-g’armaga bo’lgan
me’yorli moyillik – bu jamg’arma miqdori o’zgari-shi bilan daromad
o’zgarishi o’rtasidagi nisbatdir:
MPS =
Y
S
∆
∆
Jamg’armaga bo’lgan o’rtacha moyillik esa jamg’armaning umu-
miy daromadga bo’lgan nisbati bilan ifodalanadi:
APS =
Y
S
Bu erda shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, agar umumiy
daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qis-mini
iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg’aradilar.
Shuning uchun
jamg’arma va iste’mol o’zgarishlari yig’indisi daromad o’zgarishiga
teng, ya’ni
Y
S
C
∆
=
∆
+
∆
unda,
1
/
/
=
∆
∆
+
∆
∆
Y
S
Y
C
Masalan, daromad 3 ming so’mga ko’paydi, bunda iste’mol 2100
so’mga, jamg’arma esa 900 so’mga ortdi deylik. Unda MRS = 2100 :
3000 = 0,7, MRS = 900 : 3000 = 0,3. Bu qo’shimcha har bir so’mlik
daromadning 70 tiyini iste’molga, 30 tiyini esa jamg’armaga
25
sarflanayotganini birdiradi.
Daromadlarning ko’payib borishi bilan iste’molning ham,
jamg’armaning ham umumiy miqdori ko’payib boradi, lekin
iste’molning nisbiy hissasi kamayib boradi, jamg’armaning hissasi esa
oshib boradi. Masalan, MRS + MRS = 0, 7 + 0,3 = 1;
bir oz vaqt
o’tgandan keyin 0,6 + 0,4 = 1 keltirib chiqarishi mumkin. J.M. Keyns
daromadlar ko’payib borishi bilan iste’mol xarajat-lari hissasining
nisbatan pasayib borishini inson xatti-hara-katidagi sabablarga bog’lab
tushuntiradi. Bunday sabablar hammasi bo’lib sakkizta – xasislik,
ehtiyotkorlik, tejab-tergab sarflash va b.
Natijada, iste’molga bo’lgan
me’yorli moyillik jamiyatda pasayib boradi. Iste’mol talabi aynan o’sha
me’yorli moyillikka bog’liq. Ko’payib borayotgan jamg’arma
miqdorining investitsiya tovarlariga bo’lgan talabga aylanishi
qiyinlashadi.
Bu aytilganlar shu narsadan dalolat beradiki, J.M. Keyns-ning
tadqiqot metodologiyasida noiqtisodiy omillar - davlat (ishlab
chiqarish
vositalariga va yangi investitsiyalarga bo’lgan iste’mol talabni
rag’batlantiruvchi sifatida) va odamlarning psixologiyasi (xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning o’zaro munosa-batlarini oldindan belgilab
beruvchi sifatida) ham iqtisodiy o’sishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: