13
turbina agregati va Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr
stansiyasining 6 MVt quvvatli ikkita turbinasi ishga tushirildi.
Elektr stansiyalarining qurilshi
va sanoat korxonalarining
rivojlanishi magistral elektr tarmoqlarini qurish zaruratini keltirib
chiqardi. Qodir GES ining ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o‘zida
Respublikada birinchi bo‘lib undan Toshkent shahriga elektr
energiyasini uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki zanjirli liniya
foydalanishga topshirildi.
1939–1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy
DRESini
Andijon shahri bilan, Tavoqsoy GESini Chirchiq shahri bilan
bog‘ladi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Toshkent shahri atrofini bog‘lovchi
35 kV kuchlanishli halqasimon havo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy
sanoat hududini elektr energiya bilan ta’minlash uchun katta quvvatli
«Severnaya» podstansiyasi qurildi.
1943-yilda Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125
ming kVt
quvvatli Farhod GESi kimyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan
yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. O‘zbekiston va qo‘shni
respublikalarning 700 ming gektardan ortiqroq yerlarini o‘zlashtirishga
imkon beruvchi suv to‘g‘onlari qurildi.
Angren ko‘mir havzasini o‘zlashtirilishi ikkita issiqlik elektr
stansiyasi – 600 ming kVt quvvatli Angren IES va Olmaliq issiqlik
elektr markazi (IEM)ni qurishga asos bo‘ldi.
1972-yil Sirdaryo IESida O‘rta Osiyoda birinchi eng katta kritik
parametrlarda (bug‘ bosimi 240 atm., harorati 545
0
C) ishlovchi 300
ming kVt quvvatli energetika bloki ishga tushirildi. Hozirgi paytda
Sirdaryo IESda 10 ta shunday quvvatli bloklar ishlamoqda.
Hozirgi paytga kelib o‘rnatilgan
uskunalar quvvatlarining
yig‘indisi 12,0 mln. kVtdan ortiqroq bo‘lgan 37 issiqlik va gidroelektr
stansiyalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika tizimi asosini yirik
elektr stansiyalari, shu jumladan, Sirdaryo (3,0 mln. kVt),
Yangi-Angren
(2,1 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt)
issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi (1.3-rasm). Ushbu elektr
stansiyalarda birlik quvvati 150 – 300 ming kVt bo‘lgan 30 dan ortiq
zamonaviy energetika bloklari o‘rnatilgan. Birlik quvvati Markaziy
Osiyoda eng katta 800 ming kVt bo‘lgan Tollimarjon issiqlik elektr
stansiyasi mustaqillik
yillarida ishga tushirilib, uni yanada kengaytirish
ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda
14
ishlayotgan issiqlik elektr stansiyalari va ularning o‘rnatilgan quvvatlari
haqida ma’lumotlar 1.2- jadvalda keltirilgan.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud elektr
stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati:
12472,2
MVt
shu
jumladan:
Issiqlik
elektr
stansiyalari:
10619,0
MVt
Gidroelektr
stansiyalar:
1419,7
MVt
Blok-stansiyalar:
433,5
MVt
O‘zR energetika tizimida hozirgi davrda
mavjud elektr stansiyalari
o‘rnatilgan quvvatlarining tuzilmasi 1.4- rasmda tasvirlangan.
1.4- rasm. O‘zbekiston Respublikasida mavjud elektr stansiyalari
o‘rnatilgan quvvatlarining tuzilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: