Ks = Hmo : Rmo
Bu yerda: Ks – moliyaviy oqim samaradorligining
koeffitsienti;
Hmo – davriy koeffitsientga o’zgartirilgan
(korrektirovka qilingan) haqiqatdagi
moliyaviy oqim;
Rmo - rejadagi moliyaviy oqim.
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o’zida aks
ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar,
firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda)
mulkdan foydalanishning holati,
dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.
Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks
ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul
mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar
deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy
oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. Bunday sharoitda
korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’larining o’lchamini aks ettiruvchi sof
moliyaviy oqimning bo’lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy
salohiyatining o’sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini
aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi.
Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o’sishi ular rentabelligi va
investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy
ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan
quyidagi bir necha
ko’rsatkichlar mavjud:
bir ishlovchi to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori;
inflyatsiya darajasi va dinamikasi;
davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);
oltin valyuta zahiralarining miqdori va dinamikasi.
Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat sotsial-iqtisodiy kompleksi
faoliyatining natijasidir. Jahon taraqqiyoti tendentsiyalarining ko’rsatishicha,
hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va
istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to’planishi
(jamg’arilishi) va uni iqtisodiy o’sishning innovatsion-investitsion
strategiyasida
foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi
muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish,
turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy
taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va
istiqboldagi
salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini o’z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning moliyaviy ahvolini
ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy
vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-
kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o’zida davlat
qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo’yicha
kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni
amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to’lovga
qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa subyektlari va soliq organlari
oldida moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi.
To’lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to’lov muddati kelgan
(yoki o’tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o’rtasidagi nisbat demakdir. Sog’lom
ishlayotgan korxonalar uchun to’lovga qobillik koeffitsienti (TQk)
doimo birdan
yuqori (katta) bo’lishi kerak:
Pa
Tqk = --------- 1
Mm
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o’z
aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi va boshqa shu kabi
ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to’lov majburiyatlari va uning
moliyaviy imkoniyatlari o’lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy
88
oqimlar byudjetidir (balansidir). U o’z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan
pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini oladi. Bu
narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining harakatini nazorat qilish, ular
dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet
asosida korxonaning to’lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to’lovga qobilligining
kengaytirilgan
koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o’ng tomoniga
teng yoki undan katta bo’lsa, unda korxona to’lovga qobildir. Agar uning o’ng
tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to’lovga qobil
emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag’larining
tushilmalari va ularning sarflanish yo’nalishlari bo’yicha bir-biri bilan o’zaro
bog’liq bo’lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bo’lib, u
byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to’g’ridan-to’g’ri (bevosita)
va egri
(bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati
ifoda-lanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi
ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi -
korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki,
bu narsa moliyaviy oqimlar
orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiyasi, resurslarning aylanuvchanligi,
xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini ko’zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy
muddatlarda hisoblanadigan
korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik,
choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli
byudjetlarini tuzish korxonaning to’lovga qobillik darajasini oshirishga imkon
beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.