68
3
Konfidensial
axborotlar
Axborotning
tarqalishi bozorda
katta yo‘qotishlarga
olib keladi
Aniq moliyaviy
ma’lumotlar, rejalar,
loyihalar, mijozlar
haqidagi to‘liq
ma’lumotlar, avvalgi va
joriy loyihalarda etik
normalarni buzilishi
haqidagi ma’lumotlar
4
Maxfiy
axborotlar
Axborotning
tarqilishi
kompaniyaning
moliyaviy inqirozga
olib keladi
(yuzaga keluvchi
holatlarga bog‘liq)
Bugungi kunda ixtiyoriy mamlakatning milliy xavfsizligining
asosiy tashkil
etuvchi qismi uning axborot xavfsizligi bilan xarakterlanadi. Axborot xavfsizligini
ta’minlash muammolari ommaviy axborot texnologiyalarining qog‘ozsiz
avtomatlashtirilgan boshqaruv asoslariga o‘tishi munosabati bilan murakkablashib
va konseptual muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Interaktiv xizmatlar axborot resurslarini konfidensiallik darajasini toifalashdan
ko‘zlangan maqsad – elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslarining
konfidensialligini ximoya qilish vositalari,
usullari, uslubiyatlari va zamonaviy
texnologiyalarini tizimli tahlil etish va muqobillarini tanlash, amalda joriy etishdan
iborat.
Qo‘yilgan maqsadga erishish masalalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.
Axborot xavfsizligini asosiy tashkil etuvchilar tarkibini aniqlash;
2.
Konfidensial toifasiga kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan ma’lumotlar
tarkibini aniqlash;
3.
Konfidensial ma’lumotlarning chiqishi va tarqalishi kanallari va keng tarqalgan
xurujlarini aniqlash;
4.
Konfidensial xujjatlarni qayta ishlash texnologik tizimini o‘rganish;
5.
Konfidensial ma’lumotlarni hismoyalash vositalari va usullarini o‘rganish;
6.
Konfidensial ma’lumotlar bilan ish yuritishning meyoriy-huquqiy bazasini tahlil
qilish;
7.
SHaxsning konfidensial xujjatlar bilan ishlash
tartibini va tashkilotning
konfidensial xarakterga ega bo‘lgan ma’lumotlarga murojaat etish xavfsizlik
siyosatini o‘rganish;
8.
Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslarini konfidensialligini
ta’minlash tizimga baho berish va takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish.
Interaktiv xizmatlar axborot resurslarini konfidensiallik
darajasini toifalash
jarayonida quyidagi tadqiqot usullaridan foydalanish mumkin: anglash usullari
(ifodalash, tahlil, kuzatish, so‘rov o‘tkazish); umumilmiy usullar (mavzu bo‘yicha
69
chop etilgan ishlanmalarni tahlili), shuningdek tashkilotning xujjatlarini tahlil etish
kabi xujjat yuritish usullari.
Konfidensiallikni ta’minlashning meyoriy-huquqiy bazasi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga asosolanadi. Konstitutsiyaning tegishli moddalarida
shaxsning, oilaning sirlari, xat yozishmalari, telefon muloqotlar, pochta, telegraf va
boshqa ma’lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi. Bu turdagi ma’lumotlarga ega
bo‘lish faqar sud qarorlari bilan amalga oshiriladi. Konstitutsiyada shaxsning
shaxsiy hayotiga bog‘liq ma’lumotlarni uning roziligisiz yig‘ish, saqlash,
foydalanish va tarqatish qatiyan man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik
kodeksida ham konfidensial
ma’lumotlar bilan murojaat qilishda yuzaga keladigan munosabatlarni
muvofiqlashtiruvchi meyorlar o‘z o‘rnini topgan. Fuqarolik kodeksida
ma’lumotlarning konfidensialligi shaxsiy mulkka ham taaluqli.
Konfidensial ma’lumotlar xizmat va tijorat sirlariga bog‘liq
holda toifalanishi
mumkin. Bunday ma’lumotlar haqiqiy yoki qiymati yuzasidan kuchga ega
bo‘lganligi uchun uchinchi shasxga noma’lum bo‘ladi. SHuningdek bunday
ma’lumotlarga erkin murojaat etishga qonuniy ruxsat yo‘q va ma’lumot egasi uning
konfidensialligini saqlash uchun himoya choralarini ko‘radi.
Respublikada konfidensial ma’lumotga ega bo‘lgan
xujjatlarni saqlash, ro‘yxatga
olish, foydalanishning yagona tartibini belgilovchi meyoriy-huquqiy dalolatnoma
mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: