bog‘langan narsalardan birining madad beruvchi, ikkinchisining madad
oluvchi ekanligini bilib olishga imkon beradi (masalan, butun va qism,
mato va ip)57.
Vaysheshikada bilishning ikki turi: hissiy bilish va xulosalash
farqlanadi.
Sankxya
Qadimgi Hindistonda ilk bor shakllangan falsafiy
sistemalar (darshanlar)dan biri hisoblanadi. “Sankxya’" so‘zi sanskrit
tilidan olingan bo‘lib, o ‘zbek tiliga o‘girilganda “hisoblovchi”, “sanab
chiquvchi” degan m a’noni beradi. Bunday
nom berilishiga sabab
shundaki, mazkur ta’limot o 'z oldiga borliqni uning asosiy obyektlari va
ulami bilish vositalarini to‘g‘ri anglash, tushunishni maqsad qilib
qo‘ygan. Sankxyaning asoschisi, mashhur hind donishmandi Kopiladir.
Sankxya dualistik ta’limot deb baholanib, unga bir qancha
yondashishlar mavjud. Xususan, klassik sankxya, teistik sankxya va
materialistik sankxyalar farq qilinadi58
Sankxya dualizmi unda borliqning ikkita boshlang‘ich asosi — tabiat
va ruhning o ‘zaro uyg‘un holda mavjudligini ta’kidlashda ko‘rinadi.
Prakriti - bu tabiat, tabiiylik. Purusha esa
inson zoti ibtidosi, aniqrog'i,
inson joni, ruhi bo‘lib, u allaqanday dunyoviy ruh sifatida talqin etiladi
(bu vedalardagi purusha emas).
Sankxyada tabiat yoki materiyaning mavjudligi 24 ta kategoriya
orqali ko‘rsatiladi.
Sattva, radjas
va
lamas
uchta sifat bo‘lib, ularning
belgilari xotirjamlik, lazzat va azobda namoyon bo‘ladi. Bu uchta
sifatdan ong (
buddxi
) paydo bo‘lib, u buyuk (
maxcit
) deb ham ataladi.
Undan o ‘z-o‘zini anglash (
axamkara
) vujudga keladi; o ‘z navbatida,
undan yana o‘n olti sifat kelib chiqadi. Ular teri sezgisi
(sparsha),
ta’m
(rasana),
ko‘rish (
chakshu
), hid
(gxrana)
va
eshitish
(shrotra)
a’zolari
bo‘lib, bilish vositalari hisoblanadi. Shuningdek, beshta harakat a’zosi:
ajratib chiqarish, tug‘dirish, nutq, qo'llar va oyoqlar, aql hamda beshta
tanmatraiar
mavjud. Tanmatra nozik, idrok etilmaydigan beshta
boshlang‘ich element (
bxuta
) bo‘lib, ular mos idrok turlarining asosini
tashkil etadi. Shakl
(rupa)
dan - yorug‘lik, ta’mdan - suv,
hiddan - yer,
tovushdan - makon, teri sezgisidan - havo kelib chaqadi; shunga
o ‘xshash beshta
lanmatradun
beshta boshlang‘ich element vujudga
keladi.
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, upanishadlarda ta’kidlangan
hissiyot va tashqi stixiyalar muvofiqligi sankxyada dag‘al, moddiy
57 А н тология м ировой ф илософ ии. В 4
- y
т
т
.
Т. I ., Ч. I . —М .: М ысль, 1969. С. 150.
58 Ч аны ш ев А .Н . К урс лекц и й по древней ф илософии. -С .8 7 -9 1 .
48
boshlang‘ich elementlar (
bxuta
) va nozik mohiyatlar
{tanmatr
)ni
tushuntirish uchun qo‘llaniladi. Shunday qilib, qayd etilgan yigirma to‘rt
kategoriya materiyani tavsiflash bilan bog‘liq. Yigirma beshinchi
kategoriya —
purusha
faol bo' Imagan, gunsiz,
lazzatlanuvchi va hissiy
mushohada etuvchi, mangu ong bilan birga bo‘lgan dunyoviy ruhni ifoda
etadi.
Sankxyada materiya va ong, tabiat va ruh o ‘rtasidagi aloqa qadimgi
hind rivoyatidagi ko‘r va cho‘loq munosabatiga qiyos qilinadi: ko‘r
cho‘loqni opichlaydi, cho‘loq esa unga yo‘l ko‘rsatadi. Buning m a’nosi
shundaki, purusha (sof ruh) o‘z holicha harakatlana olmaydi, faol emas;
u prakriti (materiya) faolligi tufayli harakatga keladi. Purusha bilimi
yordamida prakriti ta’siridan ozod bo‘ladi. Sankxya bilishning uchta
vositasini tan oladi: idrok, xulosalash, va guvohlik berish.
Yuqorida bildirilgan fikrlar darshanlarga
mifologiyaning kuchli
ta’siri bo‘lganini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: