28
kutubxona ma’lumotlarini qayta ishlashda yuqori darajadagi tezlik;
ARMdagi shaxsiy kompyuterlarga bo‘lgan texnik talablar va
foydalanuvchilar uchun texnik talablarning pasayishi;
moslashuvchanligi;
samaradorligi: dasturiy ta’minot uchun qo‘shimcha mablag‘
ajratilmaydi, foydalanuvchilar uchun ma’lumot
bazalariga onlayn ega
bo‘lish imkoni yaratilib, kompyuter xotirasi tejaladi (ma’lumotlar va
dasturlar masofaviy serverlarda saqlanadi).
Texnologik masalalarni yechish tashkiliy masalalarni yechishdan
ko‘ra osonroq ekani aniqlandi. Tashkiliy masalalarga quyidagi vazifalar
kiradi:
Axborot-resurs
markazlari
xodimlariga
avtomatlashtirilgan
tizimlar va korporativ tarmoqda ishlash bo‘yicha ta’lim berish;
Korporativ tarmoqda ish jarayonini boshqarish;
Tarmoqning muvaffaqiyatli ishlashi uchun ijrochilar orasida
vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi;
Resurslardan foydalanishda mualliflik huquqi masalalarini hal
qilish.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tashkiliy masalalarni
samarali hal etish
loyihani amalga oshirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Tashkiliy masalalarni yechishda to‘liq matnli elektron resurslardan
foydalanishni ta’minlash hamda elektron nashrlarga oid mualliflik
huquqlariga rioya qilish masalalari muhim o‘rin tutadi.
ARMAT tizimida uchta ish tartibi nazarda tutilgan:
1.
Axborot manbadan erkin foydalanish. Muallif yoki manba egasi
tomonidan mazkur manbadan ochiq foydalanishga imkon yaratish.
2.
Ro‘yxatdan o‘tgach foydalanish imkoni. Muallif yoki manba egasi
tomonidan
dastlabki
ro‘yxatdan o‘tgach, mazkur manbadan
foydalanishga imkon yaratish.
3.
Pullik foydalanish. Axborot manba resursning to‘lovi
amalga
oshirilgach taqdim etiladi.
Yuqorida keltirilgan masalalarni to‘liq hal etilishi ARM korporativ
tarmog‘ining samarali ishlashiga imkon yaratadi.
Bu model quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
kuchli xarakteristikaga ega server yig‘ma elektron kataloglarni
(YEK), ta’lim muassasalari ARMlari elektron kataloglari va to‘liq
matnli ma’lumot bazalarini saqlash uchun o‘rnatiladi;
29
avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi faqat bosh serverda
o‘rnatiladi. Zaruratga ko‘ra ARMlar ma’lumotlarni bosh serverdan
o‘zlarining serverlariga yuklab olishlari mumkin;
ma’lumot bazalarini boshqarish
markazlashgan holda amalga
oshiriladi.
Tarmoq
boshqaruvchilari
(administratorlar)
axborot
xavfsizligini, viruslar xuruji, YEKda ma’lumotlarning takrorlanishini va
boshq. nazorat qiladilar;
har bir ARM mustaqil ravishda o‘zining mutaxassislari tomonidan
tuzilgan, shuningdek, boshqa ARM yoki yig‘ma elektron katalog
markazidan (YEKM) olib elektron kataloglarini tashkil etishi, yurgizishi
mumkin;
Internet, Intranetning yuqori tezligi talab etiladi, chunki ma’lumot
bazalariga bo‘lgan murojaatlar soni juda katta bo‘ladi
bosh serverda har bir ARM uchun axborot uchun xotira muhiti
ajratiladi.
Tarmoq samaradorligi ko‘rsatkichlari quyidagilar:
foydalanuvchilar axborot resurslariga erkin ega bo‘lishni
ta’minlash.
Oliy
ta’lim muassasalari ARM va axborot-kutubxona
muassasalari korporativ tarmog‘ining
YEK orqali qanday axborot
resurslari qaysi kutubxonalarda mavjud, ulardan foydalanish bo‘yicha
sharoitlarning mavjudligi haqida axborot olish mumkin.
Kutubxonalarda elektron kataloglashtirishda takrorlanishlarni
qisqartiradi. Elektron bibliografik yozuvlarni qayta takrorlamay,
yaratilganlarini tarmoq orqali olish mumkin.
Axborot-kutubxona xizmatlarini keng ko‘lamda ta’minlash. Bu
axborot resurslariga masofadan turib to‘liq matnli ma’lumot bazalaridan
foydalanishga imkon yaratish,
hujjatlarni yetkazib berish, ma’lumot
bazalarini statistikasini yuritish kabilar.
Barcha bilim sohalariga oid bibliografik axborotni yetkazib berish
sifatini va tezkorligini oshirish. Bibliografik axborot sifati jiddiy
yaxshilanadi,
chunki,
yozuvlar
bazasiga
ma’lumot
kiritish
markazlashgan holda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan takroriy
tekshiruvlar natijasida amalga oshiriladi.
Axborotni qayerda joylashganidan qat’i nazar foydalanish uchun
imkon yaratish tamoyilini amalga oshiradi. YEK ma’lumot bazalari
Konsorsumning barcha a’zolari uchun ochiq bo‘lib,
har bir ishtirokchi
qayerda joylashganidan qat’i nazar ulardan foydalanish huquqiga ega.
30
Axborot resurlariga ruhsatsiz kirish borasidagi xavfsizlikni
ta’minlash. YEK ma’lumotlar bazasini boshqarish markazlashgan holda
yuqori malakali ma’lumot bazalari va tarmoq administratorlari
tomonidan boshqariladi. Bu orqali yozuvlarni himoyalash, o‘chib
ketishlarini oldini olish, ruxsatsiz kirishlardan saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: