18
3.
Elektron kataloglar tashkil eta oladigan, ilmiy-ta’limiy, biznesga
va h.k. oid resurslarni raqamlashtirish, to‘liq ma’lumot bazalari,
multimedia ma’lumot bazalarini shakllantira oladigan yuqori malakali
mutaxassislarning mavjudligi;
4.
Tarmoq va ma’lumot bazalarining vakolatli boshqaruvini tashkil
etish.
Rivojlangan telekommunikatsion tarmoqlar va elektron ma’lumotlar
bazasini shakllantiruvchi dasturiy mahsulotlar konsorsium ishtirokchilari
o‘rtasida yuqori tezlikdagi kanallar orqali ilmiy-ta’limiy
axborotlarni
almashishga imkon yaratadi. Yuqori malakali mutaxassislarning
mavjudligi,
ma’lumot bazalarini, axborotlarni qayta ishlashni
avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqilishi,
axborotni tashuvchi,
tarqatuvchi tashkilotlar bilan ijodiy hamkorlikning mavjudligi,
kutubxonalar, ta’lim muassasalari, ilmiy markazlarning zarur ilmiy-
ta’limiy
axborotlar
bilan
ta’minlanishi
korporativ
tarmoqni
rivojlantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa kerakli bo‘lgan
axborotlarni qidirishga ketadigan vaqtni o‘nlab va yuzlab marotaba
qisqartirish
imkonini berib, raqobatbardosh axborot mahsulotlarini
yaratishga, OTM va kutubxonalar o‘rtasida samarali axborot
almashinuviga imkon yaratib o‘quv materiallarini o‘zlashtirish
samaradoligini oshirishga xizmat qiladi.
Integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi yig‘ma
elektron katalog yaratish, elektron darsliklarning to‘liq matnli ma’lumot
bazalarini yaratish, talaba, o‘qituvchi, ilmiy xodimlarga masofadan
xizmat ko‘rsatish,
elektron kutubxonalarga, respublikada yaratilgan
qimmatli ma’lumot bazalariga, jumladan JARlarga kirish, ulardan
foydalanish imkonini yaratadi. Korporativ tizim
virtual kutubxonalarga
bo‘lgan birinchi qadam hisoblanib, axborot mahsulotlari orqali o‘quv
materialini
samarali
o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Tarmoq
ma’lumotlar uzatishning yuqori tezligini ta’minlash, o‘rnatilgan qoidalar
asosida yangi abonentlarni qo‘shish, mavjud axborotlar xavfsizligini
ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Korporativ axborot tizimlari texnologiyalarini qo‘llash quyidagi
imkoniyatlarni yaratadi:
•
elektron ilmiy-ta’limiy resurslardan samarali foydalanishni
ta’minlash samaradorlikini oshirish (ayniqsa, viloyatlarda), ta’lim
olishning
interaktiv usullarini, jumladan, telekonferensiya va tele-
ma’ruzalar, masofadan ta’lim berish, bilimlarni sinovdan o‘tkazish
tizimini joriy etish;
19
•
xalqaro standart talablariga javob beruvchi ilmiy-ta’limiy to‘liq
ma’lumot bazalarini shakllantirish (elektron darsliklar, dissertatsiyalar,
ilmiy
maqolalar, multimediya (o‘quv, kino, multiplikatsion filmlar,
musiqa asarlari va boshq.);
•
virtual kutubxona rejimida ilmi- ta’limiy resurslarning ma’lumot
bazalari va elektron katalogida onlayn foydalanish imkonini yaratish;
•
axborot-kutubxona muassasalari, OTM elektron kataloglarni
yaratilishini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy,
mehnat va moddiy
resurslarni yaratish bo‘yicha sarf xarajatlarni qisqartirish;
•
ilmiy va ta’lim muassasalarini, hamda davlat va biznes
tashkilotlarini zarur axborot bilan ta’minlash;
•
tarmoq ishtirokchilariga ilmiy-ta’limiy axborotlarni lokal elektron
kataloglarini yaratishning samarali imkoniyatlarini yaratish;
•
bu tizim AKMlarini o‘zaro hamkorligini yaratish, turli xil
tashkilotlarning kutubxona va axborot tarmoqlarini
birlashtirish orqali
respublikada mustahkam axborot-kutubxona infratuzilmasini yaratishga
imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: