Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Speier, C., Valacich, J., Vessey, I. (2007). The Influence of Task Interruption on 
Individual Decision Making. Decision Sciences, 20(2), 337–360.
2. Students named the main problems of online learning. They lack communication 
with teachers and the technique fails. (2020). - URL: 
https://www.rbc.ru/society/19/08/2020/5f3bbdae9a7947d167de1a41
 
3. COVID-19 and Higher Education: Education and Science as a Vaccine for the 
Pandemic. (2020). – URL: https://www.un.org/en/academic-impact/covid-19-and-
higher-education-education-and-science-vaccine-pandemic, 2020.
4. Distance learning in extreme conditions. (2020). - URL: 
https://academia.interfax.ru/ru/analytics/research/4491/
 
“UNIVERSITET – ISH BERUVCHI” TIZIMIDA TALABALARNI 
AMALIYOTGA MOSLASHTIRISH 
Mamatov Dilmurad Normuradovich. 
AdJU universiteti, e-mail: mamatovdil@gmail.com 
Annotasiya:
Ushbu maqolada talabalarni raqobatbardosh bo‘lishlari, ish bilan to‘liq 
ta’minlanishlari uchun oliy ta’lim tizimida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish 
uchun xorijiy ilmiy adabiyotlar taxlili asosida o‘quv jarayonida qilinadigan ishlar 
yoritilingan. 
Kalit so‘zlar: 
raqobatbardosh, kadr, amaliyot, taxlil, ta’lim tizimi, iqtisodiyot,kasb-
hunar. 
Jamiyat va davlatning zamonaviy rivojlanishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, 
bandlik sohasidagi dinamik o‘zgaruvchan vaziyat, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
sohalarda talab qilinadigan bir qator kasblar nufuzining pasayishi, moslashish 
jarayonlarining murakkabligi bilan tavsiflanadi. Ish beruvchilarning ortib borayotgan 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
58 
talablariga muvofiq, zamonaviy mehnat bozori sharoitida yosh mutaxassislar 
raqobatbardosh bo‘lishlarini xozirgi kun zamon talablaridan biri desak mubolag’a 
bo‘lmaydi. Kasb-hunar ta'limi tizimi o‘zining ijtimoiy ahamiyati va mehnat bozoriga ta'sir 
ko‘rsatish imkoniyati bilan bevosita davlat tuzilmasi bilan bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti 
oliy ta’limning yangilangan paradigmasini shakllantirishni belgilab beradi, bu “oliy ta’lim 
muassasasi – ish beruvchi” tizimida hamkorlikning yangi shakllarini izlash asosida 
bitiruvchilarni kasbiy tayyorlash sifatini dolzarblashtiradi. [1, 6-b] 
Talabalarni bo‘lajak kasbiy faoliyatga amaliyotga yo‘naltirilgan moslashtirish 
muammosini hal qilish bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida eng muhimlaridan 
biridir: bo‘lajak mutaxassis qanday moslashishi, tashkilot/muassasadagi ishining birinchi 
bosqichi shaxsiy va kasbiy rivojlanish istagi va hayotdan qoniqish hissi qanday o‘tishini 
aniqlaydi. 
O‘rganilayotgan muammoning ahamiyati shundaki O‘zbekiston Respublikasida 
2030 yilgacha bo‘lgan ta'lim milliy doktrinasida, oliy ma’lumotli insonlar sonini 60% ga 
oshirish bilan birga raqobatbardosh amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lg’usi kadrlarni 
etishtirish ham yotadi. [2, 158-159 b] 
XXI asr raqamli avlod asrida aynan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakasi 
qisman bo‘lsada shakllangan kadrlarni universitetda taxsil olish jarayonida ta’limni 
amaliyot bilan bog’langan holda olib borilishi xozirgi davrda innovatsion rivojlanish 
strategiyasida, O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
kontseptsiyasi talablariga javob beradi.
Yosh avlodda innovatsion iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikma 
va moslashuvchan xulq-atvor modellarini shakllantirish, iqtisodiy savodxonlik sohasida, 
kasbiy sohada yangi texnologiyalarni bilishda doimiy takomillashtirishni ta’minlashga 
qaratilgan. Yuqoridagi hujjatlarda ta’lim tizimi faoliyati uchun yangi shart-sharoitlar 
ochib berilgan, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish maqsadida mehnat bozorining barcha 
ishtirokchilariga mas’uliyat yuklangan. 
Biroq amaliyotda “Universitet – ish beruvchi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik doirasida 
talabalarni o‘z bo‘lajak kasbiga amaliyotga yo‘naltirilgan moslashtirishga yetarlicha 
e’tibor berilmayapti. Talabalarning so‘rovnomasi va suhbatlari natijalari shuni 
ta'kidlashga imkon beradiki, talabalarning atigi 47 foizi kelajakdagi kasbi haqida umumiy 
tasavvurga ega; 53% unga befarq; asosiysi ular uchun oliy ma'lumot olish; 36% talab ball 
to‘plash uchungina o‘qiydi. Talabalarning 25% ota-onalari tomonidan aniqlangan nufuzli 
kasbni tanlagan; abituriyentlarning 13 % shartnoma narxining arzonligi, ota-onalari yoki 
yashash joyiga yaqinligi, ya'ni universitetda o‘qishni tugatganligi, talabalarning deyarli 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
59 
yarmi o‘zini kasbiy o‘zini namoyon qilish motivlari bilan emas, balki hayot bilan 
boshqariladi. [3, 1525-b] 
O‘rganish davomida talabalarning o‘z kelajak kasbiga samarali amaliyotga 
yo‘naltirilgan moslashuvini shakllantirish va rivojlantirishga mehnat bozorida universitet 
va ish beruvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarning yo‘qligi kabi sabablar salbiy 
ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi. Oliy o‘quv yurtlari va korxonalar o‘rtasidagi 
munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli bitiruvchilarning ishga 
joylashishida yordam ko‘rsatilmaganligi; abituriyentlar va talabalar bilan mutaxassislikka 
kirish bo‘yicha tartibsiz va tushunarsiz ish olib borish; ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati va 
universitet tomonidan taklif qilinadigan o‘rinlar soni va mehnat bozorining real talablari 
o‘rtasidagi nomuvofiqlik; talabalarning maxsus tayyorgarligi yo‘qligi; mehnat bozorini 
rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalarini va ish beruvchilarning talablarini o‘rganish 
to‘liq tushuntirilmasligiga sabab bo‘ladi. 
Ushbu muammolarni hal qilish universitetning o‘quv jarayonida talabalarning 
amaliyotga yo‘naltirilgan moslashuvi hodisasini nazariy tushunishni talab qiladi. 
Tadqiqot muammosini ilmiy jihatdan ishlab chiqish darajasini aniqlashda 
muammoni hal qilishga yordam beradigan ilmiy adabiyotlar taxlili asosida murakkab 
shartlar shakllantirildi:
- kasb-hunar ta'limi sohasidagi qoidalar va muammolar, shuningdek, kasbiy moslashuv; 
- kasbiy moslashuv nazariyalari; 
- zamonaviy mehnat bozori sharoitida talabalarning kasbiy moslashuvini 
modellashtirish kompetensiyasiga asoslangan yondashuv; 
- ta'lim muhitining elementi sifatida ko‘rib chiqiladigan va muammolarni aniqlashga va 
talabalarning kasbiy motivatsiyasini oshirishga qaratilgan "universitet - ish beruvchi" 
tizimidagi o‘zaro munosabatlarning nazariy jihatlarining faoliyati; 
- oliy ta’limning estetik, falsafiy va umumiy madaniy muammolari. 
Shu bilan birga, talabalarning "universitet - ish beruvchi" tizimidagi o‘zaro aloqa 
imkoniyatlaridan foydalangan holda amaliyotga yo‘naltirilgan moslashuvi muammosini 
yaxlit tushunishga bag'ishlangan tadqiqotlar mavjud emas. Psixologik-pedagogika 
fanlarida “universitet-ish beruvchi” tizimidagi o‘zaro aloqa imkoniyatlari yetarli darajada 
o‘rganilmagan, bu esa o‘rganilayotgan hodisaning ilmiy rivojlanishi uchun old shart-
sharoitlarni yaratadi.[4, 598-b] 
Talabalarning "universitet - ish beruvchi" tizimida amaliyotga yo‘naltirilgan 
moslashuv jarayoni samarali bo‘ladi, agar quyidagilar amalga oshirilsa: 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
60 
1. Ilmiy-nazariy darajada “amaliyotga yo‘naltirilgan moslashuv” ta’rifiga aniqlik 
kiritilsa, tarkibiy qismlarning mazmuni (kognitiv, motivatsion, refleksiv-faollik va 
shaxsiy), samaradorlikni baholash mezonlari (optimal, maqbul, past) ishlab chiqilsa, 
oʻzaro hamkorlik shakllari belgilansa, shuningdek, “universitet – ish beruvchi” o‘zaro 
hamkorligi tizimi ishlab chiqilsa; 
2. Ilmiy-uslubiy darajada asoslangan va amalga oshirilgan-Maqsadli, uslubiy, 
mazmuniy, tashkiliy-texnologik, diagnostika va samarali bloklardan iborat “universitet – 
ish beruvchi” tizimida talabalarning amaliyotga yo‘naltirilgan moslashuvini shakllantirish 
modeli doirasida tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar: 
- “universitet – ish beruvchi” tizimida o‘zaro hamkorlik va bir-birini to‘ldirish 
shakllarini kengaytirish; 
- “Universitet talabalarini mehnat bozoriga muvaffaqiyatli moslashtirish” mualliflik 
dasturi ishlab chiqish va uni o‘quv jarayoniga tatbiq etish; 
- yosh mutaxassislarni kasbiy tayyorlash sifatini oshirish omili sifatida talabalarni 
amaliyotga yo‘naltirilgan moslashtirishning mualliflik kursini o‘tkazish uchun 
o‘qituvchilar va mutaxassis-ish beruvchilarning kasbiy tayyorgarligi amalga oshirish; 
- mualliflik dasturi doirasida universitet talabalarining amaliyotga yo‘naltirilgan 
moslashuvi samaradorligini baholash uchun asoslangan diagnostika vositalari qo‘llanilsa. 
Demak yuqoridagilardan xulosa qilgan jolda zamon talabi bo‘lmish raqobatbardosh 
kadrlarni tayyorlash uchun adabiyotlar taxlili asosida ko‘rsatil o‘tilingan ta’lim tizimida 
qilishini kerak bo‘lgan zaruriyatlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq holda xar bir oliy 
ta’lim tizimi o‘z kadrlarini ish bilan ta’minlash jarayonlarini oldindan xal qilgan bo‘ladi 
desak mubolaga’a bo‘lmaydi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish