Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

Ta’limda 24/7 imkoniyati
: SI ga asoslangan ta’limiy vositalar o‘rganuvchilarga 
istalgan vaqtda va istalgan joyda ta’lim olish imkoniyatini beradi. Har bir o‘rganuvchi 
o‘zi uchun maqbul vaqtda ta’lim oladi va bu orqali mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasi 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
52 
yaxshi shakllanadi. Bundan tashqari, SIga asoslangan onlayn ta’lim platformalari 
butun dunyoning ta’limiy markazlaridan biri sifatida turli xil harajatlarning oldini oladi. 
Bu inson qardini ulug‘laydi va moliyaviy notenglikning ta’limga salbiy tasirini nol 
darajaga tushuradi. 
O‘qituvchilar uchun sun'iy intellektning afzalliklari 
Bugungi kunda o‘qituvchilar ta’lim berish jarayonini doimiy takomillashtirib boorish 
orqali insoniyat taraqiyoti uchun bemisil xissa qo‘shmoqda. Ammo yetuk o‘qituvchi 
individual yondashuv asosida o‘qitish, jarayonlarni ma’lum tartibga solish orqali tadqiqot olib 
borish shuningdek, kasbiy rivojlanish uchun yangi bilimlarni egalashga ko‘proq vaqt ajratishi 
lozim. Bu yetarlicha fidoyilik bilan ko‘p vaqt talab etadi. Biroq o‘qitish jarayonining vaqt 
taqsimoti o‘qituvchining istaklariga qarshi o‘laroq o‘quvchilarga ko‘proq bog‘liq. Bu 
o‘qituvchining rejali faoliyatidagi mahsuldorlikning yomonlashuvi bilan yakunlanadi. SI esa 
aynan o‘qituvchining rejali faoliyatini tartibga solishda beriladigan vazifalarni 
avtomatlashtirish, o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish va bu orqali ehtimoliy vaqt yo‘qtishlarini 
minimallashtirish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, yuqori ta'lim jarayonini sifatli 
tashkil etish, talabchan akkreditatsiya va kuchli raqobatda ustunlikga erishish o‘qituvchilar 
uchun qiyinchilik tug‘diradi. Bu esa o‘qituvchilarning malakasini doimiy oshirib borishni 
talab qiladi. [2, 41-bet]Bu jarayon quyidagicha amalga oshishi mumkun: 
Individuallashtirish: SI o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tizimli tahlil qilish orqali 
o‘qituvchilarga qaysi darslarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqida aniq ma’lumot 
berishi mumkin. Bu tahlil o‘qituvchilarga barcha talabalar uchun eng yaxshi o‘quv 
dasturi va unga mos mavzularni yaratishga imkon beradi. O‘quvchilar imkoniyatlarini 
oldindan taxmin qilish orqali dars jarayonini eng maqbul metod va usullar orqali tashkil 
qilish, tushintirish jarayonini tahlil natijalariga hamohang tarzda olib borish 
imkoniyatini SI pedagogga taqdim etadi.
Savollarga javob berish : Ta’lim jarayonini raqamlashtirish ta’lim maskanidagi 
bilimlarning elektron manbasini shakllantirish bilan uzviy bog‘liq. Bu jarayon 
rivojlangan mamlakatlar o‘quv jarayonida keng qo‘llanilamoqda. Bu kabi elektron 
ma’lumotlar SIning chatbot xususiyati orqali o‘qituvchi aralashuvisiz o‘quvchilarning 
turli xil savollariga avtomatik javob berishi ularning darsdan tashqari faoliyatini 
manitoring qilishi va o‘quvchilarning zaif nuqtalarini rivojlantirish uchun individual 
ishlashi mumkun. Bu o‘qituvchining darsdan tashqari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishiga 
yordam beradi.
Avtomatlashtirilgan nazorat: SI ta’lim jarayoni bilan bog‘liq turli ma’muriy ishlarni 
tashkil etishi, hujjatlarni tahlil qilishi, o‘quv jarayonini mobillashtirishi, o‘quv faoliyati 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
53 
bilan bog‘liq savollarga javob berishi mumkin. Bundan tashqari avtomatlashgan 
nazorat talabalarning o‘quv faoliyatini soatma-soat tahlil qilishga va bu haqida talabalar 
uchun eslatmalar qoldirish orqali ularning bilim olish samaradorlik ko‘rsatkichlarini 
doimiy kuzatib borish imkonini beradi. Ananaviy ta’limning o‘qitish yondashuvini 
samarali tashkil etishi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini soatma-soat kundalikda tahlil 
qilishi bilan uzviy bog‘liq [1, 4-bet] Biroq, avtomatlashtirish vositalari muammoli 
jarayonlarda mustaqil yondashuvni cheklashi va o‘quvchi faoliyatidagi har qanday 
xatoni uning psixalogik xususiyatlarini inobatga olmasdan tenglik tamoyili asosida 
baholashi individual yondashuvdagi shaxsiyat va qurilma o‘rtasidagi katta farqni 
ko‘rsatadi. Ammo Unversal SI yaratilishi bu ko‘lamdagi har qanday muammoga izchil 
yechimlarni taqdim etadi. 
Sun'iy intellektni ta'limda qo‘llashning afzalliklari bilan bir qatorda muammolari 
ham mavjud. Bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
SI texnologiyasining narxi ta’lim jarayoni narxini oshirishi mumkun. Bu 
ta’limdagi notenglikni yangi bosqichi bilan yakunlash xafini vujudga keltiradi.
 
Kiberhujumlarga qarshi ehtimoliy zaiflik. Bu bevosita ta’lim platformasidagi 
judda katta ma’lumotlar bilan bog‘liq. Katta hajmdagi ma’lumotlarni SI 
texnologiyasi qayta ishlash jarayonida ehtimoliy hujumlarga qarshi himoyani 
yo‘qotishi mumkin. Bu esa shaxsiy axborotlarning ommaga oshkor bo‘lishi va 
ta’lim muassasasining tizimli faoliyatining buzulishi bilan yakun topadi.
 
Moslashuvchanlik yani mobillik xususiyatining yetarli emasligi. Bu ta’limda 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan robototexnikaning o‘quvchilar bilan individual 
yondashuvda o‘zining salbiy tasirini ko‘rsatadi.
 
Xulosa qilib aytganda ta’lim jarayonini tashkil etishning kelajagi bevosita SI 
texnologiyalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va bu jarayonlarni muvofiqlashtirish, 
fanlar kesimida yangi bilimlarni qisqa vaqt ichida ta’lim jarayoniga kiritish, o‘quv 
jarayonini individuallashtirish, vaqt kesimida yuqori samaradorlikka erishish va 
ta’limdagi notenglikka yangi yechimlarni taqdim etishi bilan ahamiyatli ekanligini 
takdilash lozim. Bundan tashqari yoshlarni yangi paydo bo‘laytogan kasblarga 
yo‘naltirishda evalutsion yo‘lni inkor etgan holda SI asosidagi revalutsion yo‘llarni 
qo‘llash orqali qisqa vaqt ichida raqobatdosh kadrlarni tayyorlash imkoniyatiga ham 
ega bo‘lish mumkin. Ammo SI texnologiyasining bosqichma-bosqich rivojlanish 
tendensiyasi bir vaqtda undan kutulayotgan natijalarning to‘laqonli amalga 
oshmasligiga sabab bo‘lishi mumkun. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish