Mavzu yuzasidan topshiriq
. Quyida keltirilgan Qarorlarning asosiy
yo’nalishlarini ko’rsatib, jadvalni to’ldiring.
O’zbеkiston
Rеspublikasi
Prеzidеntining «2017-
2021 yillarda
maktabgacha ta'lim
tizimini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi
2016 yil 29 dеkabrdagi
PQ-2707-sonli
Qarorining asosiy
yo’nalishlari
O’zbеkiston Rеspublikasi
Prеzidеntining
«Maktabgacha ta'lim
tizimini tubdan
takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi,
2017 yil 9 sеntyabrdagi
PQ-3261-son Qarorining
asosiy yo’nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim
tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish
Konsepsiyaning asosiy
yo’nalishlari
58
IV BOB. BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA
Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiyaning maqsad va vazifalari
Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya
— bolalar huquqi to‘g‘risidagi
xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la
va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda bir
ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari
deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud
bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon
qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi
bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan.Bola
59
huquqlari toʻgʻrisida konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun
teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya
qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat.
Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi birmuncha erta
belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola
hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari yig‘indisidan iborat. U bolalar o‘zining
axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa
narsalardan tashqari sog‘lig‘i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega
bo‘lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan
taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga ko’ra, bola o‘zining kamol
topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa
uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi.
Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish
bilan bog’liq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek
huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi,
bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota-onaning birinchi
darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi.
5
Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan
hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa
eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining
ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati
nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari
toʻgʻrisida konvensiya 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston
Respublikasi 1992 yil 9 dek.da qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki
unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari
qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston
5
Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya. YUNISEF, 1993 yil
60
Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza
1997 yilda tayyorlandi.
Ushbu Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga
xos bo‘lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat
va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganini hisobga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomida insonning asosiy
huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini
tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash
borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib, Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari
to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur xujjatlarda ko‘rsatib
qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki
boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi
yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’iy
nazar, ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida
bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini
eslatib, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning
barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sibulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari
uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga
erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga
ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama
uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat
va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda
mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida
e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik,
tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana
shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva
deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan
61
qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida
xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek,
ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan
shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof
etilganligini e’tiborga olib, Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek,
“bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus
ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan
keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga
olib, Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi
va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish
hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov
yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda
holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish
to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda
nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida
e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un
ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari
muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda,
jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini
yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib,
quyidagilar haqida kelishib oldilar.
Amaldagi Konvensiya bir qancha jihatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchidan, Konvensiyada ilk bor bola tushunchasi huquq subyekti sifatida
tan olingan. Bu huquq subyektiga bolalardan tashqari, voyaga yetmaganlar ham
kiradi.
62
Ikkinchidan,
Konvensiya
voyaga
yetmaganlarning
xalqaro huquqiy
maqomini shakllantirdi. Shunga koʻra, bolaning huquq va erkinlik doirasi
kengaytirildi.
Uchinchidan, ushbu hujjatda shafqatsiz qiynoq va qurolli toʻqnashuvlar
qurboni boʻlgan, shuningdek, qonunni buzgan va muomalaga layoqatsiz
bolalarning yuridik himoyasi nazarda tutilgan.
Toʻrtinchidan, unda bolalarni baʼzi bir salbiy hodisalar (giyohvand¬lik va
ruhiy taʼsir etuvchi moddalarni noqonuniy isteʼmol qilish, bolalarni sotish va
gʻayriqonuniy maqsadlarga jalb etib, ulardan foydalanish) kabi taʼsirlardan himoya
qilish masalalari ham alohida qayd etilgan.
Beshinchidan, bola yoki oʻsmir huquqlarini himoya qilishda kamsitmaslik
tamoyili eʼtirof etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga 1992-
yilda qoʻshilgan va unda koʻrsatilganidek bolalarning barcha huquqlarini hurmat
qilish, taʼminlash va himoya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan.
Yangi Oʻzbekistondagi huquqiy islohotlar 2016-yilda aynan “Yoshlarga oid
davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun imzolanishi bilan boshlandi.
Mamlakatimizda bolalar va yoshlar faoliyatiga doir jami 40 dan ortiq qonun
va qonunosti hujjatlari asosida bolalar va yoshlarning maʼnaviy, intellektual,
jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashishning huquqiy
mexanizmi yaratilgan.
Sohadagi islohotlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida mamlakatimizda
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola
huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy qilindi hamda uning huzurida Bola
huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik kengashi tuzildi.
63
Bola huquqlari boʻyicha vakil BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi
konvensiyasini bajarish strategiyasi va bola huquqlari masalalari boʻyicha boshqa
hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Shuningdek,
aholi oʻrtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari
boʻyicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga koʻmaklashish kabi
koʻpgina muhim vazifalarni amalga oshiradi
Bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy
jihatdan himoya qilish boʻyicha juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tegishli huquqiy baza
shakllangan desak hech mubolagʻa boʻlmaydi. Jumladan, Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat
kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini
himoya qilishga oid normalar oʻz ifodasini topgan.
Shuni taʼkidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasida qabul
qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun Oʻzbekiston xalqaro huquqiy
normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻlida katta ishlarni
amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga,
shuningdek ularning himoyasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada 4 ta asosiy yoʻnalish belgilangan
boʻlib, bular yashash, rivojlanish, himoyalanish hamda bolalarning oʻzlariga
bevosita tegishli qaror qabul qilinishida qatnashish huquqlarini taʼminlashni oʻz
ichiga oladi.
Mazkur yoʻnalishlarda qayd etilgan talablarning barchasiga amal qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan
mustahkamlangan. Xususan, bosh qomusimizda ota-onalar oʻz farzandlarini
voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashi, davlat va jamiyat yetim bolalarni
va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va
64
oʻqitishni taʼminlashi, farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik
holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi hamda onalik va bolalik davlat
tomonidan muhofaza qilinishi, shuningdek, har kim bilim olish huquqiga egaligi,
bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, belgilab qoʻyilgan.
Konvensiya talablari hamda Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda qator
qonunlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy asos yana-da mustahkamlandi.
Xususan, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat
siyosati toʻgʻrisida”, “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili
(OMBUDSMAN) toʻgʻrisida”, “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash
hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar
toʻgʻrisida”, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”, “Bola huquqlarining
qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonunlarda bola huquqlarining kafolatlari taʼminlanishi bilan bogʻliq
munosabatlar ishtirokchilari va ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks
etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |