Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Хalqaro savdo
.
561
oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi;
4) eksportni ixtiyoriy cheklash.
Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo to‘siq-
larining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari o‘zla-rining
ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
Savdoda Yuzaga Kelishi Mumkin Bo’lgan To’siqlar Va Subsidiyalar.
Hukumatni erkin savdoga aralashuvini asosan to’rtta vositalari bor:
aksiz soliqlari yoki bojlari deyiladi. Himoya tariflari ichki mahsulot ishlab
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qiladi. Ular import qilingan tovarlar
narxlarida ko’tarilishga sababchi bo’ladigan erkin savdoga to’sqinlik qiladi,
shu bilan ular ichki tovarlarga bo’lgan talabni o’zgartiradi. Import qilingan
tufliga solingan aksiz soliq,
misol uchun, ichki bozorda sotilayotgan tufli
iste’molchilarini ko’proq jalb etadi;
import kontingentlari import qilinishi mumkin bo’lgan ma’lum turdagi
mahsulotlarni umumiy miqdori yoki sonidir. Kontingent to’lib bo’lgandan
keyin o’sha mahsulotning keyingi importlari bo’gib
qo’yiladi.
Import
kontingentlari sekin harakat qilayotgan xalqaro savdodagi
tariflarga qaraganda
samaraliroqdir. Tariff yordamida, mahsulot ko’p miqdorda import
qilinishi
mumkin bo’ladi; import kontingenti bilan, lekin, barcha importlar kontingentlar
to’lgandan keyin birdagina ta’qiqlanadi;
tarifsiz to’siqlar. Tarifsiz to’siqlarga malol keladigan litsenziyalashtirish shart-
sharoitlari, mahsulot sifatiga taa’luqli sababsiz me’yorlar, yoki shunchaki
bojxona tekshiruvidagi byurokratik rasmiyatchiliklarni o’z ichiga oladi. Ba’zi
mamlakatlar xorijiy tovarlarni importchilariga litsenziyalarni
olish kerakligini
talab qiladi va keyin bo’lsa, talab etilgan litsenziyalarni miqdorini cheklab
qo’yadi. Garchi ko’p mamlakatlar potensial zararli hasharotlarni kirib kelishini
oldini olish uchun import qilingan qishloq ho’jalik mahsulotlarini diqqat bilan
nazoratdan o’tkazsada, ba’zi mamlakatlar importlarni olib kirmaslik uchun
uzundan-uzoq nazorat ishlarini olib boradilar;
eksport subsidiyalari eksport tovarlarini ichki bozorda
ishlab chiqaruvchilar
uchun hukumat to’lovlarini tashkil etadi. Ishlab chiqarish narxlarini qisqartirish
orqali, subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarga past narxlarda sotish imkoniyatini
beradi va shunday qilib, dunyo bozorlarida ko’proq
eksportlarni sotishga
yordamlashadi. Ikkita misol keltiramiz: Ba’zi Yevropa hukumatlari savdo
samalyotlarini ishlab chiqaruvchi Yevropa firmasini,
samalyot sanoatlarini va
Amerikaning
Boeing
kompaniyasi
bilan
raqobatlashuvchi Airbus
kompaniyasini subsidiyalashtirgan. AQSh va boshqa mamlakatlar mahalliy
fermerlarni ichki oziq-ovqat ta’minotini ko’tarish uchun moliyalashtiradi.
Bunday moliyalashtirish oziq-ovqatning bozor narxini
pasaytiradi va qishloq
ho’jalik mahsulotlarining eksport narxlarini sun’iy ravishda pasaytiradi.
Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to‘siqlarini
kiritishdan oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo‘qotish
hisoblanadi
1
.
1
Campbell R. McConnell, Stanley L. Economics : principles, problems, and policies. Brue.– 17th ed.p. 2010 94-95 pg