ko‘prik,
kirish, o‘tish, chiqish
kabi so‘zlar gimnastikada ana shunday
terminlardan hisoblanadi. Ko‘pincha terminlar so‘zlarning, masalan,
past-baland
(bruslar),
balandga-uzoqqa
(sakrash) singari o‘zaro
birikishidan ham yasaladi.
Osilish, tayanish, tebranish, o‘tirish
va shu kabi ayrim so‘zlar
termin sifatida qo‘llaniladi. Statik holatlarni bildiradigan terminlar,
masalan,
tayanish, bilaklarga tayanish, qo‘ltiqlarga tayanish;
kuraklarda turish, kallada turish, qo‘llarda turish
kabilarda tayanch
1
Саримсоков Х. Инглиз ва ўзбек тилларида спорт терминларининг чоғиштирма тадқиқи.
Филол.фанл.б. фалсафа докт (PhD) дисс. Автореф. Тошкент – 2020
41
sharti hisobga olinadi,
osilish, burchakli osilish, bukilib osilish, egilib
osilish
singarilarda esa gavda holati (uning bo‘g‘inlarini bir-biriga
nisbatan qanday turishini) hisobga olib yasaladi.
Tebranish mashqlarining terminlari muayyan harakatlantiruvchi
faoliyat xususiyatlarini hisobga olib yasaladi. Masalan,
bilaklarga
tayanib turib oldinga siltanib ko‘tarish, qaddini rostlab siltanib
ko‘tarilish, oyoqni juftlab yoki bitta oyoqda ko‘tarilish
va hokazo.
Sakrash
va
sakrab tushish
terminlari sport gimnastikasida
gavdaning havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan,
oyoqlarni
yig‘ib
sakrash,
oyoqlarni kerib sakrash, to‘ntarilish
;
badiiy
gimnastikada gavda bilan oyoqlar holatiga qarab belgilanadi:
yopiq
sakrash, ochiq sakrash, odimlab sakrash, sapchish, tayanib dumbaloq
oshish, tashlanib sakrash, siltanib sakrash, chir aylanib sakrash
va
hokazolar.
Sport sohasining terminologik tizimi yuzasidan o‘tkazilgan
tadqiqotlar tahlili natijasida shuni aytish mumkinki, soha terminlaridan
tashqari, termin-neologizm (terminologik neologizm)lar ham mavjud
bo‘lishi tabiiy. Binobarin, ingliz tilida ma’lum bir sport sohasiga oid
termin o‘zbek tili iste’molida ilk marta qo‘llanilsa yoki qo‘llanilish
ehtimoli yuqori bo‘lsa, bu jarayon, albatta, termin neologizm bilan
bog‘liq hodisa hisoblanadi. Bunday terminlar qay darajada ommabop
bo‘lishi ular mavjud bo‘lgan sohaning rivoji bilan chambarchas bog‘liq,
sportga oid leksik birliklarni nominatsiya tamoyillariga ko‘ra, quyidagi
shaklda tasniflash va guruhlashtirish samarali hisoblanadi:
1.
Sport sohasida narsa yoki obyektni ifodalovchi birliklar:
belbog‘,
kartochka, hushtak, lappak, yadro, chana.
2.
Sport sohasida “shaxs” yoxud “ishtirokchi”ni ifodalovchi
birliklar:
hakam, himoyachi, xokkeychi, muxlis, sekundant, murabbiy
.
3.
Sport sohasida “harakat”ni ifodalovchi birliklar:
tepmoq,
to‘smoq, hujum qilmoq, egmoq, olqishlamoq, tanaffus qilmoq.
4.
Sport sohasida “o‘rin-joy”ni ifodalovchi birliklar:
maydon, kort,
qarorgoh (lager), stadion, velotrek, suv havzasi (basseyn).
42
5.
Sport sohasida sport o‘yinlarini ifodalovchi birliklar:
kurash,
boks, yugurish, suzish, qilichbozlik, tog‘ chang‘isi, dengiz poygasi
.
6.
Sport sohasida aralash turdagi birliklar:
muzsaroy, sport vaqti,
sport gigiyenasi, VAR (video assistant refere) tizimi.
Yuqoridagilar
asosida
aytish
mumkinki,
yurtimizda
sport
terminlarining shakllanishi kecha yoki bugun yuz bergan emas, balki
VIII-IX asrlardan oldin ham ular umumiste’mol leksemalari sifatida
qo‘llanilgan
1
.
Shuningdek, o‘zbek tilidagi
kurash, yonbosh
kabi sport terminlari
bir qator xorijiy tillarga o‘zlashgani va faol qo‘llanilayotganligi
tilimizning sport sohasi bo‘yicha jahonda ham o‘z nufuziga ega
bo‘layotganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |