33
keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalar o‘z mazmuniga
ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga ega. Muassasalar o‘rtasida keng
tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat,
imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o‘rnatish
haqidagi shartnomalarni
ko‘rsatish mumkin. Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakliga
ko‘ra qonunga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi
shartnomaning qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda
tuzgan yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka
olib keladi. Shartnomalar og‘zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial
idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo‘lishi mumkin.
Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar
o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak
hujjat aksar hollarda
mehnat bitimi deb ataladi.
Farmoyish
- muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning
rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan
hujjatdir. Odatda farmoyishlar amal qilish muddati cheklangan bo‘lib,
bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga
taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni xuddi
buyruqdagi kabi zaruriy
qismlardan tarkib topadi faqat uning asos (kirish) qismida
“BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA ETAMAN”, “RUXSAT
BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Buyruq – mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va
kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Buyruq uchun
qog‘oz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qog‘ozga tayyorlanadi. Mohiyat
– e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi:
asosiy faoliyatga oid va
kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni
tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga
solishda qo‘llaniladi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan
ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi,
bularning ijrosi yuzasidan
aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati
tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish,
rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish,
kredit ajratish, mahsulot sotish
faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyati, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish
34
va ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish
yuritiladi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu
kabilarni tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy
buyruqlar ham asosiy
faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Buyruqqa tegishli imzolar
qo‘yilib, u blankaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi.
Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan
tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi
(kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish)
qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos
qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami,
sanasi
yoziladi). Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan
yoziladi “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng
ikki nuqta qo‘yilib yangi satrda farmoyishlar beriladi. Farmoyishlarda
odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qilish kimga
yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: