yuqori qismidagi uchlari esa orqaga qaytarib buklanadi.
Natijada
“Lola” shakli hosil bo‘ladi. Lolaning bandini boshqa qog‘ozni silindir
shaklida o ‘rab, uni lolaning pastki puflangan qismiga kiritib qo‘yish
bilan tugallash mumkin. Bu bandga lolaning bargini, g‘unchasini ham
yopishtirib qo'yish mumkin.
M aktabda muqovalash ishlari. Kitobni qoMda muqovalashga
aloqador barcha amaliy ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
qo‘lidan bemalol keladi. Muqova ishlarini bajarishda o‘quvchilar
qog‘oz va kartonga ishlov berish (egish, qirqish), kartonga qog‘oz
yopishtirish, ayrim-ayrim varaqlarni yopishtirish kabi malakalarini
mustahkamlaydilar. Ular kitobga muqova qilish usullarini o ‘rganib,
egallab
borar ekanlar, poligrafiya sanoatining tarmoqlaridan biri ha-
qida bilim olib, muqovasozlik ishining asoslari bilan tanishadilar.
Muqova ishlash ishiga aloqador kasblar bilan tanishadilar.
Bundan
tashqari bolalarga kitobga muhabbat, unga nisbatan tartiblilik bilan
munosabatda boiish singdiriladi. Muqova
yasash ishlarini bajarish
jarayonidagi muqovani bezashda bolalardagi badiiy did, o ‘lcham olish,
qirqish va egish ishlarida aniqlik va tartiblilik rivojlanadi. Kitoblami
tuzatishda ularni ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatiladi.
K itoblarni tuzatish. Zararlangan sahifalami tiklash, yirtilgan
joylarni yelimlash, hoshiyalarni mustahkamlash, to‘g‘rilash va sahifa
burchaklarini tiklash, chiqib ketgan sahifalami mustahkamlash, yamoq
solishdan iboratdir. Kitobni ta’mirlash ishlarida odatda un kleysteridan
foydalaniladi. Sahifa yirtilgan bo‘Isa, yirtilgan joylarning
cheti nam
tampon bilan to‘g‘rilanadi, so‘ngrayelim surtib, yirtiq bo‘ylab o‘ng va
chap tomonidan shaffof qog‘oz tasmasi qo‘yiladi. Kitob sahifalarining
buralib ketgan, ammo hali pishiq bo‘lgan uchlari nam tampon bi
lan to‘g ‘rilanadi va so‘ngra og‘ir buyum bilan bostirib qo‘yiladi.
Siyqalanib ketgan burchaklar ikkala tomondan mustahkamlanadi.
Sahifaning yopishmagan qismi yamoq solib toMdiriladi. Kitobni
boshqa muqovaga qo‘shib, metall bilan mustahkamlanadi. Shundan
keyin blokni muqova ichiga qo‘yib,
muqova yopiladi va blokning
joylashishi tekshiriladi. Blokning ustki yoki pastki qismi chetlari teng
oraliqda, taxminan 3 mm muqova ichiga kirib turishi kerak. Muqovani
old tomonini pastga qilib qo‘yib ochiladi va orqa tomondagi forzats
qismiga yelim
surtiladi va muqova yopiladi, bu operatsiya old
tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.
0 ‘qituvchi buyumni namoyish qilar ekan,
uni tayyorlash uchun
qanday material va asboblar kerakligini aniqlaydi. Kerakli material
o ‘lchami, ishni bajarish tartibi o‘quvchilar bilan birgalikda belgilanadi.
0 ‘zlariga tanish ishlami o‘quvchilar mustaqil, tanish bo‘lmaganlarini
o‘qituvchining tushuntirish va ko‘rsatmasi asosida bajaradilar. 0 ‘quv-
chilar faoliyatini faollashtirish maqsadida ular materialni oMchash va
hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari asosida mustaqil
bajarganlari ma’qul.
0 ‘qituvchi barcha vazifalar bilan bir qatorda sanitariya-gigiena,
xavfsizlik texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: