ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 66
palitrasiga kirmaydigan) rang nomi hosil qilinadi). Bunga qanoat hosil qilish uchun har qanday
kompyuterning matnni yoki satrni bo‘yash funktsiyasidagi ranglar palitrasiga yoki quyidagi 1 va 2-
rasmlardagi ranglarga ko‘z tashlash yetarli. 12 ta “nomli” rangni va uning yonidagi oltiburchakli
palitradagi 138 ta rangdan ayirsangiz kompyuterning bo‘yash servisidagi 126 rangning nomi hozircha
inglizchada yo‘q ekanligi maʼlum bo‘ladi.
Rasm 1
Rasm 2
Til qachonki konsept uchun muqim bir lisoniy muqobil yaratgandagina va u tilda mustahkam
o‘rnashganidagina konseptlardan biri yoki bir nechtasi OLM unsurlari qatoriga qo‘shilishi mumkin. Y.
Vaysgerberning so‘zlari bilan aytganda, «ona tili barcha til egalari uchun yaroqli vositalarni ishlab
chiqish yo‘li bilan muloqot uchun zamin hozirlaydi. Dunyo haqidagi tasavvur va tafakkur tarzi tilda
doimo ro‘y berib turadigan dunyoni aks ettirish, mazkur til jamoasida ushbu tilning o‘zi uchun maxsus
vositalar bilan dunyoni bilish jarayonlari mahsulidir »[2]. Lisoniy birlikning birinchi atributsiyasi
bo‘lmish fonetik-akustik tuzilma (so‘zning fonetik qobig‘i) faqat o‘sha tilning vositalari (tovushlari)
va qoidalari yordamida ifodalanishi zarur, bu esa OLM unsuri bo‘lishning birlamchi shartidir.
Аks
holda esa hech qanday til belgisi kommunikativ tizimga mustahkam o‘rnashmaydi, u vaqti bilan
nutqiy isteʼmoldan chiqib ketadi. Bu holat aslida Ferdinand de Sossyur «anglatuvchining liniyali
xarakteri» deb atagan tamoyil bo‘lib, fikrni ifodalovchi tovush komplekslarining bir ketma-ketlikda
yotishi va bu ketma-ketlik liniya (chiziq)dan iborat ekanligini ko‘rsatadi. F.de Sossyur alohida qayd
etadiki, «mazkur tamoyil asosiy va uning natijalari behisobdir. Unga tilning barcha mexanizmlari
bog‘liqdir»[7]. Binobarin, til
birligining (so‘zning) maʼno tomoniga har doim tushuncha «yuki»
ortilgan bo‘ladi va u til sistemasida har narsaning tashkilotchisi bo‘lgan mazmundan ajralmasdir,
chunki, til kabi ikkilamchi ideal tizimlar borliqdagi moddiy va nomoddiy tizimlarning
«moddiylashgan», shartli belgilangan belgilar tizimi shaklidagi ko‘rinishidir[6].
Bu o‘rinda, ayniqsa, konseptlar va til birliklari (so‘z, leksema)ning hamda konseptosfera va
OLM komponentlarining o‘zaro munosabatlari xususida to‘xtalganda Ch.Pirs tarafidan taʼriflangan
“belgi belgini vujudga keltiradi” degan semiotikaning asosiy qonuni xususida to‘xtalib o‘tish lozim.
Ch.Pirsning taʼkidlashicha, maʼlum til belgisining mazmuni-mohiyati boshqa lisoniy belgining
(belgilar zanjirining) yordamida ochib beriladi va uni
ng maʼnosidagi taraqqiyot faqat shu shaklda yuz
beradi. Bu esa semiotik jarayonlarning ham xuddi hayotdagi kabi aylana-halqa shaklidadir (...Belgi
kimni va nimanidir qaysidir munosabatlarda va qaysi bir nom ostida ifodalaydi. U biror kishiga
yo‘naltirilgan
bo‘ladi va u kishining tafakkurida shunga mos yoki yanada rivojlangan (maʼnosi
kengaygan, konkretlashgan) belgi yaratadi....)[10]. U yoki bu konseptning til belgisiga tomon “siljishi”
ana shu qonuniyat tufayli yuz beradi, deb taxmin qilish mumkin, zero til geterogen tizimdir, uning bir
unsuri shakl va mazmun jihatidan faqatgina ikkinchi bir unsurdan yasaladi yoki vujudga keltiriladi.
Binobarin, til olamni maxsus belgilar tizimi orqali ifodalagani uchun olamning lisoniy
manzarasining ko‘lami dunyoning konseptual manzarasiga ko‘ra ancha tordir. Quyidagi jadvalda
konsept va til belgisi (birligi) orasidagi farqlardan o‘rtaga chiquvchi OKM va OLM hamda ular
o‘rtasidagi farqlarni bayon qilib berishga harakat qildik:
Jadval
Olamning konseptual Olamning lisoniy manzarasining asosiy Farqlar va ularning