Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Об учебнике Иззата Султана «Теория литературы»



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

 
Об учебнике Иззата Султана «Теория литературы»
Аннотация. 
В данной статье проведен анализ учебника Иззата Султана «Теория 
литературы», который был одним из первых учебников узбекского литературоведения и 
опубликован в 1940 году. Каждая часть изучена отдельно и литературные термины 
сопоставлены с терминами учебника поздних изданий.
Ключевые слова:
учебник, теория литературы, литературный вид и жанр, стиль и 
метод, образ, литературный язык, композиция стиха, литературное направление, реализм, 
классицизм, символизм. 
 
About Izzat Sultan's textbook “Theory of literature” 
Abstract. 
In this article is analysed the textbook “Theory of literature” by Izzat Sultan which 
was one of the first textbook on literature and published in 1940. Every chapter was studied and the 
explanations of literary terms are compared. The importance of this book at that time and nowadays 
are clarified.
Keywords:
textbook, theory of literature, literary type and genres, style and method, image, 
literary language, composition of poem, literary stream, realism, classicism, symbolism 
Ma’lumki, bugungi kungacha adabiyot nazariyasi sohasida juda ko‘pab tadqiqotlar yaratildi. 
Adabiyotning umumiy qonuniyatlari, adabiy asar tuzilishi, she’r ilmi, adabiy jarayon haqidagi nazariy 
tushunchalar izohlandi. Adabiyot darsliklari ham yildan yilga yangilanib, zamon talabiga har 
tomonlama javob bera oladigan tarzda o‘quvchilarga havola etilmoqda. Adabiyotning, xususan, 
adabiyot darsliklarining bugungi kundagi taraqqiyotida alohida o‘rin tutadigan ishlardan biri Izzat 
Sultonning “Adabiyot nazariyasi” kitobidir. 


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
61 
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, adabiyot nazariyasi fanidan yaratilgan dastlabki 
darsliklardan biri ham shu kitob hisoblanadi. Bunga qadar Elbekning “Namuna” (1925), A.Fitratning 
“O‘zbek adabiyoti namunalari” (1925) “Adabiyot qoidalari” (1926), A.Sa’diyning “Amaliy ham 
nazariy adabiyot darslari” (1925) kabi kitoblari yaratilgan edi. Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi” 
darsligi o‘rta maktablarga mo‘ljallangan bo‘lib, 1940-yilda O‘zSSR davlat o‘quv-pedagogik nashriyoti 
tomonidan chop etilgan. Kitob olti bobdan iborat bo‘lib, uning mavzu mundarijasi quyidagicha: 1-bob: 
“Kirish”; 2-bob: “Adabiyotda obrazni yuzaga keltirish yo‘llari”; 3-bob: “Badiiy asarning tili”; 4-bob: 
“Adabiy turlar va janrlar”; 5-bob: “Stil va metod”; 6-bob: “She’rning tuzilishi”. 
Mazkur ish ham o‘sha zamon talablari asosida, siyosiy tuzum ta’siri ostida yozilganligining 
guvohi bo‘lamiz. Jumladan, foydalanilgan badiiy adabiyotlarning aksariyati rus yozuvchilarining 
asarlaridir.Yaqqolroq tasavvur qilish uchun quyidagi jadvalni keltiramiz: 
T/r 
Rus yozuvchilari 
O‘zbek yozuvchilari 

Gorkiy
A.Navoiy 

A.S.Pushkin
Niyoziy 

Lev Tolstoy 
Muqimiy 

Nekrasov
Yashin 

Saltikov Shedrin 
Fozil baxshi 

Pyotr Zalomov 

Gogol 

Goldoni

Sholoxov
Ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, ammo ikki ustun nisbati deyarli o‘zgarmaydi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, 1-bob “Kirish” bo‘lib, unda badiiy adabiyotga dunyoni 
o‘zgartirish quroli sifatida qaraladi. Albatta, badiiy adabiyot dunyoni so‘z orqali tasvir etadi, 
adabiyotda hayotning ma’lum voqea-hodisalari, turli insonlarning xarakter xususiyatlari, orzu va 
armonlari aks etadi. O.Sharafiddinov shunday yozadi: “Yozuvchi turmushni, fakt va hodisalarni 
o‘rganadi, ulardan zarur xulosalar chiqaradi. Ana shu xulosalarni jonli obrazlar vositasida ifodalaydi. 
Demak, badiiy adabiyot dunyoni badiiy o‘zlashtirishdan iboratdir”. O‘zlashtirish va o‘zgartirish 
o‘rtasida qanday farq bor? I.Sulton badiiy adabiyotga dunyoni o‘zgartirish quroli sifatida, 
O.Sharafiddinov esa adabiyotga dunyoni o‘zlashtirish vositasi sifatida yondashadi. Shu o‘rinda 
T.Boboyevning fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Badiiy adabiyot, ayni paytda, dunyoni 
o‘zgartirish quroli hamdir. Buyuk yozuvchilar jamiyatning olg‘a intilishiga hamisha yordam 
berganlar”.[1] Shunday ekan, fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, yozuvchilar hayotni badiiy 
o‘zlashtiradilar va dunyoni yaxshilik sari o‘zgartishishga harakat qiladilar.
I.Sulton 1-bobni yakunlar ekan, badiiy adabiyotning xususiyatlariga to‘xtalib o‘tadi va 
quyidagicha xulosalarni bayon etadi: “1) adabiyot –turmushni va kishilarning turmushga munosabatini 
aks etadi; 2) adabiyotning funksiyasi – kishining ongini, ruhini, xarakterini tarbiyalashdir; 3) 
adabiyotning spetsifikasi – obrazliligi va obrazni so‘z orqali yaratishdir”.[2] Darhaqiqat, adabiyotning 
quroli bu – so‘z, ammo hozirgi kunda adabiyotning inson ruhini tarbiyalashdan tashqari yana bir 
qancha vazifalari ham e’tirof etilmoqda. Umuman, badiiy adabiyotning ma’rifiy va estetik ahamiyati 
nihoyatda katta. 
Darslikning 2-bobi “Adabiyotda obrazni yuzaga keltirish yo‘llari” deb nomlanadi. Mazkur 
bobda tema va tematika, badiiy asar g‘oyasi, badiiy ijodning universal usullari (individuallash, 
tipiklash va badiiy to‘qima), obraz tanlash va talqin etish, obrazni tavsiflash, sujet va kompozitsiya 
mavzularini o‘rganish ko‘zda tutiladi. Tema va tematikaga muallif shunday ta’rif beradi: “Badiiy 
asarda turmushni ko‘rsatish uchun yozuvchi tomonidan turnushdan tanlab olingan hodisaga biz 
asarning temasi (mavzusi) deymiz… ma’lum sinf, ma’lum davr adabiyotida yo bo‘lmasa ma’lum 
yozuvchi ijodida uchraydigan temalarning jamiga tematika deyiladi”.[3:14 b.] Izzat Sulton tema 
xususida gapirar ekan, tema asarning yo‘nalishini va mundarijasini ta’minlashda katta rol o‘ynashini, 
lekin ikki yozuvchi tomonidan bir temada yozilgan ikki asar tamoman boshqa-boshqa mundarijaga ega 
bo‘lishi ham mumkinligni ta’kidlab, Navoiy, Gorkiy, Serafimovich kabi yozuvchilar asarlarini misol 
tariqasida keltiradi va tahlil qiladi.
Badiiy asarning g‘oyasi, xuddi mavzudek, asar mazmunida ifodalanadi. Shuning uchun ham 
mavzu va g‘oya bir-biriga bog‘liq tushunchalardir. “Badiiy asarda qo‘yilgan problemaning ma’lum 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish