ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
14
About morphological causation
Abstract.
The article is devoted to the study of the concept of causation in linguistics. It
mainly studies causativeness from a morphological point of view.
Keywords:
causation, causator, derivation, causaoperand, causaoperator, causaderivat,
analytical tool.
Til hodisalarini tadqiq qilar ekanmiz, hali o‘z yechimini kutayotgan talaygina masalalar
borligining guvohi bo‘lamiz.
Bunday muammolardan biri
kauzativlik
tushunchasi hisoblanadi. To‘g‘ri,
tilshunoslarimiz tomonidan
kauzativlik
haqida xususiy tilshunoslik doirasida ham, qiyosiy jihatdan
ham monografik tadqiqot ishlari bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin[1]. Ammo bu haqda o‘zbek tili
materiallari asosida, L.I.Sadullayevaning maqolasidan tashqari, biror bir ilmiy ish yoritilganini
kuzatmadik (Bu maqola ham o‘zbek va ingliz tillari materiali asosida yozilgan) [15]. Kauzativlik
tushunchasi tillarda universal kategoriya sifatida tadqiq qilinadi. Chunki bu tushuncha, u yoki bu
shaklda, barcha tillarda uchrashi, uning faqat ifodalanishi usuli farq qilishi ta’kidlanadi[13,61].
Kauzatsiya lotincha «
causa
» so‘zidan olingan bo‘lib, asosan, «sabab» ma’nosini ifodalaydi[14,94].
Aksariyat ishlarda kauzativlik tushunchasi fe’lning orttirma nisbati bilan bog‘lanib,
uni bir shaxsning
(bajaruvchining) ta’siri bilan boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilgan harakat ekanligi haqida
aytilgan [9,77].
Kauzativlik jahon tilshunosligida morfologik kauzatsiya, analitik kauzatsiya, leksik
kauzatsiya, semantik kauzatsiya kabi turlarga bo‘lib o‘rganilmoqda[20]. Biz ham ushbu maqolada
morfologik kauzatsiya haqida ayrim fikr va mulohazalarimizni aytib o‘tmoqchimiz.
Morfologik kauzatsiya tadqiq qilingan ko‘pgina ishlarda kauzativlikning bu turi maxsus
qo‘shimchalar bilan, ya’ni fe’lning orttirma nisbati shakllari bilan, hosil bo‘lishi nazarda tutiladi. Bu
esa, o‘z navbatida, agglyutinativ xarakterli tillarda yaqqol namoyon bo‘lishi aytiladi hamda misol
tariqasida turk tilida morfologik kauzativlikning shakllanishi ko‘rsatiladi:
imzala – imzala-t, göster –
göster
-
t, icmek – ic-ir-mek
kabi[3,35].
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki,
bizningcha, kauzatsiyani faqat
sabab ma’nosi bilan cheklab qo‘yish joiz emas. Agar kauzativlikda bir shaxsning ta’siri bilan boshqa
shaxs tomonidan bajariladigan harakat mavjudligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, u holda uni maqsad,
shart, natija ma’nolari bilan ham mushtarak ekanligining guvohi bo‘lamiz. Zero, bir shaxsning
(bajaruvchining) ta’siri bilan boshqa shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat orqali faqatgina
sabab ma’nosi ifodalanmaydi. Bu haqda I. A.
Shoroxova fikr bildirar ekan, kauzativlik tushunchasi
«bahona», «asoslash», «undash», «holat», «munosabat», «daraja»
kabi ma’nolarni ifodalashini ham
ta’kidlaydi[21,19]. Shunday ekan, bugungi tilshunoslikda kauzativ ma’noning o‘rganilishi masalasi
izohtalab ko‘rinadi.
Tilshunoslikda kauzativlik grammatik kategoriya sifatida talqin qilingani bois eng avval
grammatik kategoriya tushunchasi nima ekanligiga oydinlik kiritib olishimizga to‘g‘ri keladi.
Grammatik kategoriya umumlashgan grammatik ma’no bo‘lib, u tilning qaysi morfologik tipga
kirishini ko‘rsatadi va o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida, gapda so‘zlarning bog‘lanishida
topadi[10,154]. Bizningcha,
kauzativlik tushunchasi, birinchidan, tillarni biror bir morfologik tipga
(flektiv, amorf, agglyutinativ kabi) kirishini ko‘rsatmaydi. Ikkinchidan, kelishik shakllari kabi
so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga ham xizmat qilmaydi.
Bundan tashqari, grammatik kategoriya tushunchasi grammatik ma’nolarning butun bir
guruhini qamrab oladi. Grammatik kategoriya loaqal ikkita grammatik ma’noni o‘z ichiga oladi.
Masalan, otlarga tegishli birlik va ko‘plik shakllarini qiyoslash mumkin. Bitta grammatik ma’no hech
vaqt grammatik kategoriyaga ega bo‘lmaydi[2,100].
Kauzativlikning grammatik kategoriya sifatida o‘rganilishining asosiy sababi esa, fe’lning
orttirma nisbati shakli bilan bog‘langanligida bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, nisbat tushunchasi fe’lning asosiy
grammatik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Biroq kauzativlik faqatgina nisbat kategoriyasi orqali
ifodalanmaydi. Shuning uchun ham tilshunoslikda kauzativlikning morfologik,
analitik, leksik,
semantik kabi turlari bo‘lib o‘rganilmoqda. Ana shularni hisobga olgan holda, aytishimiz mumkinki,
kauzativlikni grammatik kategoriya deb emas, balki grammatik ma’no ifodalovchi vosita sifatida
talqin qilsh to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki kauzativlikni son, egalik, kelishik, rod kabi kategoriyalar sirasiga
qo‘shib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, kauzativlik semantik nuqtayi nazardan o‘rganilganda esa