shaxsi
namoyon
bo’ladi va bir vaqtning o’zida faoliyat uning
shaxsini shakllantiradi.
Faoliyat
atrof-olamni,
shuningdek,
insonning
o’zini
bilishga
v
o’zgartirishga qaratilgan ongli faollikdir. Lekin bu faollik ta’lim va tarbiya
ta’siri ostida rivojlanish davomida asta-sekir^ maqsadga yo’naltirilgan ongli
faoliyat shakllariga ega bo’ladi.
^
Yosh bolaning bunday faolligi aw al
impulsli hulq-atvor
xususiyatiga ega
bo’ladi. Hayotining dastlabki kunlarida bolafting hulq-atvori sodda tug’ma -
mudofaviy, ozuqaviy, labirintii (tebratganda tinchlanish) va keyinchalik esa -
yo’nalishli-tadqiqiy reaktsiyalar bilan cheklanadi. Ulaming asosida bir yil
davomida
tadqiqiy hulq-atvor
rivojlanadi. Bir yoshda o’qitish va taqlid qilish
ta’sirida
amaliy hulq-atvor
shakllana boshlaydi. Uning yordamida bola
narsalardan foydalanishning insoniy usullarini va ulaming ijtimoiy amaliyotdagi
ahamiyatini o’zlashtiradi (krovatiga uxlash uchun yotish, ovqatni qoshiq bilan
98
yeyish, koptok bilan o’ynash, qalam bilan rasm chizish). Faoilikning ushbu
shakllari bilan birlikda bolaning o’z ehtiyojlari va istaklarini qondirishga
erishishda, ijtimoiy talablar va ma’lumotlami o’zlashtirishda ko’mak beruvchi -
kommunikativ hulq-atvor
rivojlanadi. Avval bu hulq-atvor nutqqacha bo’lgan
shakllarda namoyon bo’ladi (qichqiriq, mimika, imo-ishora). So’ngra bola
faollik bilan insoniy muloqot, o’zaro ta’sir va axborot almashinuvining bosh
vositasi -
nutqiy hulq*atvomi
o’zlashtira boshlaydi. Nutqni egallash tasvirlami
buyum va harakatlardan ajratish, ahamiyatli holatlarni bo’rttirib ko’rsatish,
ulami qayd etish va hulq-atvomi boshqarishda ular bilan amallarni bajarish
uchun hal qiluvchi dastlabki shart-sharoitlami yaratadi.
Shunday qilib, faoliyat - bu inson bilan atrofidagi olam o’rtasidagi real
aloqa o’matiladigan voqelikka bo’lgan faol munosabat shakli. Inson faoliyatda
o’zining ichki xossalarini ochib borib va tadbiq etib, buyumlarga nisbatan
su b ’ekt,
odamlarga nisbatan esa
shaxs
sifatida namoyon bo’ladi.
5.5.
Faoliyatning asosiy
Hozirgi zamon kish,sl faoliyatning har xil
turlari
turlari bilan shug’ullanadi. Faoliyat turlari
shunchalik
ko’pki,
ulaming
hammasini
tasavvur qilib ham, ta’riflab ham bo’lmaydi, chunki barcha faoliyat turlari inson
ehtiyojlari bilan bog’liqdir, ehtiyojlaming ko’p qismi esa odamlarning
individual xususiyatlari tomonidan belgilanadi.
Shunday bo’lsada, barcha insonlarga xos bo’lgan faoliyatning asosiy
turlarini ajratish va umumlashtirish mumkin. Ular hamma odamlarga xos
bo’lgan umumiy ehtiyojlarga mos keladi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, ularga har
bir odam rivojlanish jarayonida muqarrar ravishda boshidan o’tkazadigan
ijtimoiy faollik turlarini kiritishimiz mumkin. Bunday faoliyat turlari bo’lib
muloqot, o’yin, o’quv va mehnat hisoblanadi.
Muloqot
o’zaro munosabatda bo’lgan odamlar o’rtasida axborot
almashinuvga,
aloqalar, ular orasida bir-birini
tushunish va ochiq
munosabatlami o’matishga yo’naltirilgan faoliyat turi sifatida o’rganiladi.
Ushbu tushuncha «Muloqot» mavzusida batafsil ko’rib chiqiladi.
O ’yin
(bolalarda) - yosh bolalar tomonidan kattalaming harakatlarini va
ular o’rtasidagi munosabatlami ijro etishdan iborat bo’lib, atrofdagi voqelikni
bilishga yo’naltirilgan faoliyat turi. Aytish mumkinki, o’yin - bu faoliyatning
alohida turi bo’lib, uning natijasida biror-bir moddiy yoki har tomonlama
mukammal mahsulot ishlab
chiqarilmaydi.
O’yinlar ko’p holatlarda
ko’ngilocharlik xususiyatiga ega bo’lib, dam olish maqsadi ko’zlangan bo’ladi.
O’yinlaming bir necha xillari mavjud: ularga individual va guruhli, jismli va
syujetli, rolli va qoidali o’yinlar kiradi. Individual o’yinlar - bu o’yin bilan bir
kishi mashg’ul bo’lgan faoliyat turi, guruhlilar - bir nechta individni o’z ichiga
99
oladi. Jismli o’yinlar o’yin faoliyatiga u yoki bu jismni kiritish bilan bog’liq,
syujetlilar ma’lum stsenariy bo’yicha uni asosiy izchillikda ochib beradilar.
Rolli o’yinlarda ma’lum rol bilan chegaralangan inson hulq-atvori, qoidali
o’yinlarda esa ishtirokchilaming hulq-atvor qoidalari tizimi asosida boshqarish
joiz bo’ladi. O’yinlaming aralash xillari ham bo’ladi: ularga jismli-rolli, syujetli-
rolli, syujetli qoidali o’yinlar va h.k. O’yinlar insonlar hayotida katta ahamiyatga
ega. Xususan, bolalar uchun o’yinlar afzalligiga ko’ra, rivojiantiruvchi
ahamiyatga ega. Kattalarda esa o’yin faoliyatning yetakchi turi bo’lib
hisoblanmasada, bevosita muloqot va dam olish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Faoliyatning keyingi turi - bu o’qish.
O ’qish
inson tomonidan bilim,
malaka va ko’nikmalami egallash maqsadiga ega bo’lgan faoliyat turi
hisoblanadi. Ta’lim olish tashkil etilgan bo’lishi mumkin va bu jarayon maxsus
o’qitish muassasalarida amalga oshiriladi. U tashkil etilmagan taqdirda, boshqa
faoliyat turlari ichida qo’shimcha natija sifatida yo’l-yo’lakay o’tkazilishi
mumkin. Kattalarda ta’lim olish ma’lumotini mustaqil holda oshirish
xususiyatiga ega bo’lishi mumkin. O’quv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari
individ ruhiy rivojlanishining vositasi bo’lib xizmat qilishidan iborat.
Inson faoliyati tizimida
mehnat
alohida o’rin tutadi. Mehnat - insonning
o’z ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni qayta tuzish va o’zgartirishga,
moddiy va ma’naviy qadriyatlami yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq
faoliyati. Inson qilgan mehnati evaziga hozirgi zamon jamiyatini qurdi, moddiy
va ma’naviy madaniyat buyumlarini yaratdi, turmush sharoitlarini shu darajada
o’zgartirdiki, bu bilan o’zi uchun keyingi chegaralanmagan taraqqiyot
istiqbollarini ochib berdi.
Shunday qilib, inson faoliyati - o’ta murakkab va ko’plab ko’rinishlarga
ega bo’lgan hodisa. Faoliyatni amalga oshirishda inson tuzilmasining barcha:
fiziologik, ruhiy va ijtimoiy tarkibiy qismlari qatnashadi.
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O’Z - O ’ZINI
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Faoliyat nima?
2. Faoliyatning psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Faoliyatning tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida gapirib bering.
4. «Interiorizatsiya» va «eksteriorizatsiya» nima?
5. «Ehtiyoj» va «motiv» nima? Ehtiyojlaming qaysi turlarini bilasiz?
6. Harakatning qanday tarkibiy qismlarini ajratish mumkin?
7. Ko’nikma va malakalami
faoliyatning tarkibiy qismlari sifatida
ta’riflang.
8. Faoliyatning asosiy turlari haqida gapirib bering.
100
1.
What is activity?
2.
What are the psychological characteristics of the activity?
3.
Tell about the structure of the activity and its structural parts.
4.
What are “the interiorization” and “the exteriorization”?
5.
What are “the need” and “the motive”? What kinds of the need do you
know?
6.
What structural parts of the action can be differed?
7.
Define the ability and the skill as structural parts of the action.
8.
Tell about the main kinds of the action.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO’YXATI:
1. Bemshteyn N.A. Ocherki po fiziologii dvijeniy i fiziologii aktivnosti. -
M , 1966.
2. Gippenreyter Yu.B. Vvedenie v оЬщиуи psixologiyu. - M., 2005.
3. Davletshin M.G., To’ychieva S.M. Umumiy psixologiya. - Toshkent,
Do'stlaringiz bilan baham: |