Maqsad
- inson faoliyati so’nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo’lib,
ehtiyojlami amalga oshirilishi.
Aim is expressed as the final result of the human activity, fulfilment of the need.
Motiv
- harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Motive is causing an action.
5.1. Faoliyatning psixologik
Odamning asosiy xususiyatlaridan bin
xususiyatlari
uning
mehnat
qilish
qobiliyatidir,
mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo’lib
hisoblanadi.
Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan
edi. SHuningdek, u L.S.
Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R.
Luriya, A.V. Zaporojets, P.Ya. Galperin va boshqa ko’pchilik ruhshunoslaming
asarlarida yoritib berilgan.
Faoliyat - bu sub’ektning olam bilan o’zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi
tizimi. Bunday o’zaro ta’sir jarayonida psixik tasviming yuzaga kelishi va uning
ob’ektda
ifodalanishi,
shuningdek,
sub’ektning
voqelik
bilan
o’z
munosabatlarini ro’yobga chiqarishi sodir bo’ladi. Faoliyatning istalgan oddiy
akti sub’ekt faolligining ifodalanish shakli bo’lib
hisoblanadi, bu esa, har bir
faoliyatning undovchi sabablarga ega bo’lishi va ma’lum natijalarga erishishga
yo’naltirilishini bildiradi.
Shunday qilib,
faoliyatni odarnga xos bo’lgan, ong tomonidan
boshqariladigan, ehtiyojlami qondlrishda yuzaga keladigan, lashqi olam va
insonni bilish, shuningdek, ularni o ’zgartirishga qaratilgan faollik sifatida
ta ’riflash mumkin.
Faoliyat
predmetiilik
va
sub’ektiilik
xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti
deb, u bevosita shug’ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish
faoliyatining predmeti bo’lib, har xil turdagi
axborotlar xizmat qiladi, o’quv
faoliyatining predmeti - bilim, malaka va ko’nikmalar, mehnat faoliyatining
predmeti - yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti
bo’lib odam, individ hisoblanadi.
Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari,
ushbu tushuncha bilan
faoliyat vositalari va natijalari ham bog’liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam
uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalami bajarishda
foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo’lib, moddiy yoki
ma’naviy xususiyatga ega bo’lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.
Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
- faollikning ichki motivga ega shaklidir;
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy
yoki har tomonlama yetuk
mahsulotning yaratilishi;
82
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o’zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo’ladi,
faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o’zida insoniy bilimlar va
malakalarni mujassamlashtiradi.
Faoliyat nazariyasi to’laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishiarida, xususan,
«Faoliyat. Ong. Shaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.
Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to’liq
tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.
Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U
bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. Yuqoridan
quyiga harakatlanib, ularni
nomlab chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: