N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

3.3. Bosh miya xaritasi
Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar 
vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas 
Uillis (1621-1675) qo’l urgan edi. Nemis vrachi Frants Gall (1758-1828) 
miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan 
psixikaning xossalarini joylashtirdi.
Barcha sezgi organlari katta yarim sharlar po’stlog’ida o’zlarining ta’sir 
doiralariga egadirlar. Masalan, inson miyasining ensa bo’limida ko’rish doirasi, 
chakka bo’limida - eshitish, hid bilish doirasi esa miyaning bir necha bo’limlari 
bo’ylab tarqalgan. Miya po’stlog’ida, shuningdek, assotsiatsiya bilan bog’liq 
maydonlar 
ham 
mavjud, 
ularda 
his-tuyg’u 
organlarining 
birlamchi 
maydonlaridan keluvchi axborot analizi va sintezi amalga oshiriladi. Oddiy 
harakat reaktsiyalari orqa miya tomonidan boshqariladi, murakkabroq harakatlar 
(yurish, yugurish) esa miya va miyacha tomonidan muvofiqlashtiriladi.
XIX asraing o’rtalaridayoq frantsiyalik olim Pol Broka va nemis psixiatri 
Karl Vemike inson miyasining chap yarim sharida nutqqa tegishli bo’lgan ikki 
sohani aniqladilar. Broka doirasining zararlanishida (pastki peshona burmasi 
orqa tomonining uchdan bir qismida) bemoming nutqi izdan chiqadi (talafluzi), 
yesli je zatronuta zona Vemike doirasi zarar ko’rganida esa (tepa chakka 
burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida), bemor gapira oladi, lekin nutqi 
mazmunsiz, ma’nosiz bo’lib qoladi.
Neyropsixologiyaning hozirgi zamon qarashlari (A.R. Luriya)ga binoan 
inson miyasining tuzilishi uchta asosiy bo’limdan iborat: I - bosh miya 
po’stlog’i yuqori qavatlarining faoliyatini saqlab turuvchi quwat bo’limi 
(miyaning yuqori bo’limlarida joylashgan); II - axborotni qabul qilish, qayta 
ishlash va saqlash bo’limi (ikkala yarim sharlaming tepa, ensa va chakka 
bo’limlarini o’z ichiga oladi); III - faoliyatni oldindan belgilash, boshqarish va 
nazorat qilishni ta’minlovchi bo’lim (po’stloqning peshona bo’limlari).
Birinchi bo’lim vazifalarining zararlanishida diqqat barqarorligi yo’qolib, 
loqaydlik, uyquchilik paydo bo’ladi. Ikkinchi bo’lim faoliyatining buzilishi 
sezgirlik (teri va propriotseptiv)ning yo’qolishiga sabab bo’ladi, harakatlaming 
aniqligi buziladi va h.k. Uchinchi bo’limning zararlanishi xulq-atvor 
nuqsonlariga, harakatlar sohasidagi o’zgarishlarga olib keladi.
47


Bosh miyasining tuzilishiga tegishli ko’plab farazlar, kontseptsiyalar va 
tajriba ma’lumotlari mavjud. Akademik P.K. Anoxinning taxminlariga ko’ra, 
peshona po’stlog’ining faoliyati miyaning alohida vazifalari - xotira, qabul 
qilish, motivatsiyalar, hissiyotlar bilan bog’liq bo’lmasdan, ulaming 
qo’shilishini amalga oshiradi, xolos. Amerikalik neyropsixolog K. Pribram 
fikricha, peshona po’stlog’i motivatsiyalar (ochlik, tashnalik, jinsiy ehtiyoj) ni 
tashqi rag’batlar bilan taqqoslaydi, va bu taqqoslash asosida niyatlar yoki 
istalgan oqibatlami hisobga olgan holda harakatlar dasturini tuzib chiqadi. 
Polshalik tadqiqotchi Yu. Konorskiy oldinga qaratilgan po’stloqning turli 
bo’limlari turlicha vazifalami, jumladan, fazoviy yoki vaqtincha xotira, tirik 
mavjudot yoki jonsiz jismning izidan borish kabi vazifalami bajarishiga amin 
bo’lgan edi. Hozirda miya termografiyasi bo’yicha o’tkazilgan oxirgi 
tadqiqotlarga asoslangan holda ishonch bilan peshona po’stlog’ida inson tashqi 
muhitning taxminiy obrazi bilan real vaziyat bilan taqqoslash sodir bo’ladi, deb 
tasdiqlash mumkin. Agar miyaning bu bo’limi zarar ko’rgan (o’sma, jarohat, 
yallig’lanish) bo’lsa, tashqi muhitni real holda qabul qilish va o’zini baholash 
izdan chiqadi.
Ma’lumki, chap yarim sharining vazifasini verbal-belgili axborot bilan 
ishlash: o’qish, hisoblash tashkil etadi. O’ng yarim sharining vazifasi esa -
obrazlar bilan ish ko’rish, fazoda harakatni aniqlash va shu kabilar hisoblanadi. 
Chap yarim shari «mantiq»ni, o’ngi - «ijodiy jarayon»ni nazorat qiladi; chap 
yarim shari tananing o’ng tomonini, o’ngi - chap tomonini boshqaradi.
Miya yarim sharlarining vazifalarini ko’rgazmali tarzda quyidagicha 
tasvirlash mumkin (3.1 jadval).
3.1 Jadval
Vazifalari
Chap yarim sharlar
O’ng yarim sharlar
1. Xronologik tartib
1. Joriy vaqt
2. Ismlar, so’zlar, timsollami eslab 
qolish
2. Tasvirlami, aniq voqealami eslab 
qolish, odamlami yuzlaridan tanish
3. Xarita, chizmalami o’qish
3. Aniq fazoni qabul qilish
4. Nutqning faolligi, ma’noga nisbatan 
sezgirlik
4. Hissiy holatni qabul qilish
5. Olamni quvnoq, yengil holda ko’rish 5. Olamni qora ranglarda ko’rish
6. To’laligicha qabul qilish
6. Yaxlit, obrazli qabul qilish
Emotsional markazlar, shuningdek, inson miyasida ham aniqlangan. 
Miyaning bir xil nuqtalari ta’sirlantirilganda sinaluvchilarda juda yoqimli hislar, 
boshqalari ta’sirlantirilganda esa cho’chish, xavotir va, hatto, dahshat hislari
48


yuzaga kelgan. Garchi sinaluvchilar bu hissiyotlar tadqiqotchi tomonidan sun’iy 
ravishda chaqirilganini tushunib yetsalar ham, ularga bu hissiyotlar real voqelik 
bo’lib tuyuladi.
Miya inson organizmi barcha hujayralarining to’rtdan uch qismini tashkil 
etadi. U organlarga yetkaziluvchi axborotlar o’tadigan neyronlaming 
to’plamlaridan iborat.
Voyaga yetgan odamning miya og’irligi 1100 dan 2000 grammgacha 
bo’ladi. 20 yoshdan boshlab 60 yoshgacha bo’lgan vaqt orlig’ida har bir individ 
uchun miya og’irligi va hajmi o’z doimiyligini yo’qotmaydi. Ammo aqliy 
qobliyat bosh miyaning kattaligi bilan aniqlanmaydi. Miya o’lchamlari va tana 
umumiy og’irligi o’rtasidagi nisbat muhim ahamiyatga egadir: kashalotning 
bosh miyasi 9 kg og’irlikka ega, lekin bu tana og’irligining atigi 0,02% ini 
tashkil etadi; fil miyasi 5 kg og’irlikka ega, lekin bu og’irlik umumiy 
massasining 0,1% ini tashkil etadi, shuning uchun iilda misli ko’ritmagan 
qobiliyatlar ko’zga tashlanmaydi; inson miyasining og’irligi tanasi umumiy 
massasining 2% ini tashkil etadi.
Miya 15 yoshgacha o’sadi va 15 yoshdan 25 yoshgacha esa jadal faoliyat 
yuritadi. 45 yoshdan keyin uning ish qobiliyati neyronlaming nobud bo’lishi 
hisobiga pasayadi. Agar 
20 yoshda neyronlaming nobud bo’lish tezligi 
sutkasiga 10000 hujayrani tashkil etsa, 
40 yoshda - bu ko’rsatkich 50000 
hujayraga, 90 yoshda esa — 100 ming hujayraga yetadi. SHunga ko’ra, qarishda 
bosh miya og’irligi kamayadi (90 yoshlarda 1,1 kggacha).
Bosh miya po’stlog’i hududining yirik bo’linmalari - qadimgi 
(paleokorteks), eski (arxikorteks), yangi (neokorteks) va oraliq po’stloqdan 
iborat. Inson miyasidagi yangi po’stloqning yuzasi 95,6% ni, eski - 2,2% ni, 
qadimgi - 0,6% ni va oraliq - 1,6% ni tashkil etadi. Miya po’stlog’i - davomli 
evolyutsion rivojlanishning mahsuli bo’lib, bu jarayonda baliqlarda hid bilish 
analizatorining rivojlanishi munosabati bilan birlamchi qadimgi po’stloq yuzaga 
keladi. Hayvonlaming quruqlikka chiqishi bilan eski va yangi po’stloq qismlari 
jadal rivojlana boshlaydi. Evolyutsiya jarayonida yangi po’stloqning assotsiativ 
doiralari boshqalarga nisbatan ko’proq o’zgarishlarga uchrab, kattalashadi
birlamchi, sensor maydonlar esa nisbiy kattaligi bo’yicha kichrayadi.
Berklidagi Kalifomiya universiteti gistologi Merian Daymondning 
tadqiqotlariga ko’ra, mashhur fizik olim Albert Eynshteynning miyasi asab 
hujayralarining soni va o’lchamlari bo’yicha oddiy odamning miyasidan farq 
qilmaydi. Lekin ong faoliyatining yuqori shakllarini boshqaruvchi po’stloqning 
assotsiativ sohasida nerv to’qimasining yordamchi elementlari -neyrogliya 
hujayralarining juda ko’p miqdori aniqlandi.
49


Yangi po’stloqning o’sishi eski va qadimgi qismlarining miyaning pastki 
va o’rta yuzalariga surilib borishiga sabab bo’ladi.
Odam bosh miyasi yarim sharlarining po’stlog’i doiralarga bo’linadi. 
Hissiy va harakatiantiruvchi doiralar mavjud. Hissiy doira ko’rish, eshitish, ta’m 
va hid bilish, shuningdek, teri-mushak doiralariga bo’linadi. His-tuyg’u 
organlari, teri, ichki organlardan chiqqan impulslar hissiy doiralarga o’tkaziladi. 
Hissiy doiralar neyronlarining ta’sirlanishidan sezgilar paydo bo’ladi.
Rochester Universiteti tibbiy maktabining vrachlari bosh miyaning hazil- 
mutoyiba hissiyotini, bundan tashqari, ijtimoiy va hissiy baholash, rejalashtirish 
vazifasini boshqaruvchi qismini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. U peshona 
qismining pastki bo’limlarida joylashgan.
Yaqinda amerikalik tadqiqotchilar miyada kechadigan jarayonlaming inson 
idroki darajasiga ta’sirini ochib berishga erishdilar. Olimlarda oddiy bolalar va 
IQ darajasi o’rtachadan yuqori bo’lgan bolalaming miya tuzilishidagi tafovut 
qiziqish uyg’otdi. Miya salomatligi Milliy instituti (Merilend) ilmiy xodimi 
Filipp Shau va hamkasblari 307 ta bolaning miya rivojlanishini kuzatdilar. 
Maxsus testlar yordamida ulaming idrok koeffitsientini aniqladilar va natijalar 
bo’yicha uch guruhga ajratdilar. Bir necha yillar mobaynida, 6 yoshdan 19 
yoshgacha muntazam ravishda bosh miyaning yadroviy-magnit-rezonans 
tomografiyasini o’tkazib bordilar. YaMR-tomografiyasi - bu ichki organlami 
tekshirishning maxsus metodi bo’lib, har xil turdagi hujayra va to’qimalardagi 
molekulalar magnit xossalari tafovutlarining kompyuter tahliliga asoslangan, 
buning uchun hujayra va to’qimalar kuchli magnit maydoniga joylashtiriladi.
Natijalami ishlab chiqib, tadqiqotchilar, turli guruhlardagi bolalar 
miyalarining xususiyatlari bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Xotira kabi 
yuqori darajadagi vazifalami nazorat qiluvchi miya ustki qavatining qalinligi 
«aqlli» bolalarda qolganlariga qaraganda ancha kechroq kamaya boshlar ekan. 
Miya po’stlog’i o’rtacha 9 yoshdan boshlab, idrok darajasi yuqori bo’lgan 
bolalarda esa 11 yoshda «sayozlasha» boshlaydi. Eng katta tafovut miya 
po’stlog’ining rejalar tuzish va mulohaza yuritishga mas’ul peshona oldi 
qismlarida kuzatiladi. Lekin vaqt o’tishi bilan bu tafovut yo’qolib, 19 yoshlarga 
yetganda barcha odamlaming miya po’stlog’i bir xil qalinlikda bo’ladi.
Miya faoliyatini tushunib yetishning mohiyati neyronlar o’rtasidagi ko’p 
sonli aloqaning mavjudligidir. Miya, yangi sifat - odam psixikasining paydo 
bo’lishiga xizmat qiluvchi neyronlar o’rtasidagi juda ko’p miqdordagi bir 
soniyali o’zaro ta’sirlar mavjud bo’lgan tizimdir.
Miyaga qon juda ko’p miqdorda yetkazib beriladi. Miyadagi qon 
aylanishining buzilishi natijasida keksa odamlarda aqliy zaiflik rivojlanib, asab 
tizimining faoliyati sustlashadi.
50


TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O’Z - O’ZINI 
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Psixikaning moddiy asosi nima?
2. Asab tizimi qanday tuzilgan?
3. Bosh va orqa miya qanday vazifalami bajaradi?
4. Refleks nima?
5. Retseptorlaming ahamiyati nimadan iborat?
6. Analizator qanday tuzilishga ega? Qanday analizatorlar mavjud?
7. Miya turii bo’limlarining qanday xususiyatlarini bilasiz?
1. What is the material base of psychics?
2. What is the structure of the nervous system?
3. What are the functions of the brain and the spinal cord?

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish