emotsional holatni barqarorlashtirish vositalarining boyitilgan zahirasi mavjud,
bularga nerv-muskul relaksatsiyasining turli usullari, nafas olish mashqlari,
autogen mashqlar, meditatsiya, yoga va boshqalar kiradi.
Hissiyotlar inson hayotida o’ta muhim o’rin egallaydi, ular inson organizmi
hayotiy faoliyati, salomatligi,
kayfiyati, jismoniy holati, ichki organlari va
boshqalarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Taniqli shifokor M.I. Astvatsaturovning
yozishicha, yurak ko’p holatlarda qo’rqinch, jigar - g’azab, oshqozonning
befarqlik va tushkunlikdan zarar ko’radi. Emotsional kechinmalar holatida qon
aylanish o’zgaradi: yurak urishi tezlashadi yoki sekinlashadi,
qon-tomirlarining
tonusi o’zgaradi, qon bosimi ko’tariladi yoki tushib ketadi. Natijada bir xil
emotsional kechinmalarda odam qizarib ketadi, boshqalarida - oqaradi.
Emotsional kechinmalaming xilma-xilligi avvalambor, odamlarning
kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan odamlarda
faqat qandaydir o’ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislami yuzaga
keltiradi.
Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham
kuchli hissiyotlarga sabab bo’lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham
kayfiyatlarini ko’tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin.
Odamlar
o’rtasida hissiyotlaming
ifodalanishining
chuqurligi
va
barqarorligi bo’yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni
hissiyotlar o’rab olib, o’zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar
yuzaki xususiyatga ega bo’lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o’tib
ketadi. Odamlarda affekt va ehtiroslar ifodalanishidagi
farqlar yaqqol namoyon
bo’ladi. Bunda nomutanosib, o’zi va hulq-atvori nazorati yo’qotilgan, affekt va
ehtiroslarga beriluvchan, masalan, g’azab, jazava, xavotirga tushadigan
odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, aksincha, doimo o’zini tuta biladi,
o’z hislarini, ongini nazorat qiladi.
Odamlar o’rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar
ulaming faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir etuvchi
xususiyatga ega,
harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o’zgarishlarga
sabab bo’lmaydigan hisning o’zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin
shakli insonning ko’ngilchanligida ifodalanadi.
Shunday qilib, hissiyot va hislaming namoyon bo’lishidagi farqlar ma’lum
odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi.
Oniomaniya va shopogolizm bilan bog’liq bo’lgan yana bir muammoni
ko’rib chiqamiz.
Oniomaniya
(do’konlarga bog’liqlik) - xarid qilishga bo’lgan
miyaga o’mashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda,
vasvasa holatlarida kuzatiladi. Bunday bog’liqlik zamonaviy tilda -
shopogolizm
deb ataladi.
286
Xarid qilishga bo’lgan nosog’lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm,
XX asrda aniqlangan o’ziga xos kasatlikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib,
olimlar unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga
ko’ra, oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%)
aziyat chekadilar. AQSHda 55 min.
odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15
min. surunkali shopogoliklardir.
Agar aw al oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida
supermarket va do’konlami kezishgan bo’lsa, endilikda ular Internet, TV-do’kon
yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali
oxirigacha aniqlanmagan. Olimlaming taxminlariga ko’ra, shopogolizm odam
organizmiga
inson
kayflyatini
boshqaradigan
serotonin
gormonining
yetishmovchiligi bilan bog’liq. Ba’zilar mahsulotlami sovg’alar qabul qilishni
yoqtirganlari sababidan buyurtma qiladilar. Yoki, ayol oiladagi muammolardan
o’zini yupatish uchun yangi xarid bilan o’zini xursand qiladi. Sabablar turlicha
bo’lishi muiiikin, oqibatlari esa yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm,
olimlar fikriga ko’ra, ichkiiikbozlik kabi jiddiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: