ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo’yicha noto’g’ri
eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillar ma’lumdir.
Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib yetmagan
bo’lsa, unutish tezroq ro’y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli
bo’lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog’lanmagan bo’lsa, unutish
shunchalik tez sodirbo’ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o’zlashtirishdagi
qiyinchiliklar darajasiga bog’liq: material hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, yoki uni
idrok qilish qiyinchilik tug’dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo’ladi. Unutish
jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri -
proaktiv tormozlanish,
va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri -
retroaktiv
tormozlanishdn.
Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga
oshirilsa yoki keyingi
faoliyat avvalgi faoliyat bilan o’xshash bo’lsa, shuningdek, keyingi faoliyat
avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi.
Ko’rsatib o’tilgan qonuniyatni maktabdagi o’quv
ishlarini tashkil etishda
hisobga olish zarur.
Unutish
jarayonini
tezlashtiruvchi
boshqa
muhim
omil
yosh
ko’rsatkichidir. Yosh o’tishi bilan xotira ko’pchilik vazifalarining izdan chiqishi
kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish
tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida,
kuchli psixik va
mexanik
shikastlanishlarda,
aqliy
va
jismoniy
toliqishda,
tashqi
seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo’ladi. Xotira buzilishlariga:
amneziya
(xotiraning yo’qolishi),
retrograd amneziya
(kasallikdan avvalgi voqeaga
nisbatan xotiraning buzilishi) va
anterograd amneziya
(kasallikdan so’ng sodir
bo’lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O’ta toliqishda
paramneziya
-
xotira aldanishi hodisasi ro’y beradi. So’zlami eslashda xatolikka yo’l qo’yish
kontaminatsiya
(«ahamiyatga ega») deyiladi.
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko’rib
chiqishga
o’tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda
olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga
bog’liqligi namoyon bo’ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy
mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko’ra,
harakat, emotsional, obrazli va so’z-mantiqiy xotiralarga bo’linadi;
- faoliyat maqsadiga ko’ra - ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo’linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko’ra -
qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo’linadi.
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko’ra tasniflanishini birinchi
marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan.
Faoliyat turlarida psixik
faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu
faoliyatlaming har biri harakatlar va ulaming mahsuloti bo’lgan faoliyat, sezgi,
obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o’rtasidagi
farqlami aniqlashga muvaffaq bo’ldi.
Xotira turlarining mana shu to’rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: