FARZANDI SOLIH
Mulla Shoshqol domlaning beshta bo‘yi yetgan, qaddi
barkamol, saydovutday-saydovutday qizlari bo‘lsa ham,
bittagina o‘g‘ilning gadoyi edi. Er-xotin har kech Xudo bir
farzandi solih ato qilishini so‘rar edilar.
«O‘g‘il tug‘ilsa, Zangiotaga qo‘chqor so‘yamiz»,– de-
dilar, bo‘lmadi. «O‘g‘limiz bo‘lsa, oti «Xudoybergan» bo‘l-
sin», – dedilar, bo‘lmadi.
«Bir o‘g‘il farzandi solih ko‘rsat, boshi Bahovaddin balo-
160
gardonga nazr», – dedilar, bo‘lmadi. Axiyri er-xotin Ab dumalik
eshonga qo‘l berdilar. Xotin yetti kecha-kunduz eshonning os-
tonasini supurdi, innaykeyin, eshonning «nafasi» bilan bo‘yida
bo‘lib, to‘qqiz oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz soat deganda, chehrasidan
«nuri imon» balqib turgan bir o‘g‘il – farzand tug‘di. Er-xotin
eshonga hurmatan bolaning ismini «Ostonaqul» qo‘ydilar.
Zamonlar o‘tdi. Mulla Ostonaqul ulg‘aydi. Bola Shoshqol
domladan ko‘ra Abdumalik eshonga o‘xshash, lanj va tor
peshona, yassi bashara, chaman fe’l edi.
Ostonaqul beshta opalari o‘rtasida arzanda edi. Shoshqol
domla o‘g‘lini boshqa ustozga bersa, urib-so‘kishidan cho‘-
chib, o‘zi tarbiya qila boshladi. Mulla Ostonaquldagi zehn
«burroligi» yetti yilda ham «Haftiyak»ning «sassi»sidan nari
o‘tishga yo‘l qo‘ymadi.
Yana yillar o‘tdi. Ostonaqul yigit bo‘ldi. Har otaning
vazifasi bo‘lgani kabi Shoshqol domla o‘z o‘g‘lini bir kasbga
solib qo‘yishi kerak edi. Domla o‘zi mullavachcha bo‘lib,
domla-imom bo‘lib, boyonlarday farog‘atda umrguzaronlik qila
olmagani uchun o‘g‘lini savdogar qilishga niyat qilib qo‘ygan
edi. Opalari, enalari ham mulla Ostonaqulni erkalaganda:
«O‘lmasa, magazinchi bo‘ladi, ko‘pas qal’achi bo‘ladi», deb
taltaytirar edilar. Kunlarning saodatli bir fursatida mulla
Shoshqol domla o‘g‘li Ostonaqulni yoniga chaqirdi.
– O‘g‘lim, – dedi u, – siz ertadan boshlab kasb-korga
tushasiz, men siz uchun mana shu molni xarid qildim. Olib
borib, bozorga soting, tannarxi ikki so‘mdan, siz ikki yarim
so‘m, o‘n bir-o‘n ikki tangadan sotsangiz ham mayli, ozdan
ko‘payadi. Xudo kushoyishingizni bersin, omin olloh-u akbar.
O‘g‘lining qo‘liga to‘rt dona chachvon (chimmat) tutqazdi.
Ostonaqul ertasiga kallayi saharlab yana qaytadan ota-
ona, opalaridan fotiha olib, bozorga jo‘nadi.
U eng avval yarmarkaga chiqdi, undan kapponga kirdi,
undan ot bozoriga, qo‘y bozoriga, xullasi, kirmagan bozori
qolmadi. Vaqt peshindan oqqan bo‘lsa ham, birorta azamat:
«Uka, nima ko‘tarib yuribsan, sotasanmi, qanchadan?» – deb
so‘ramadi. Mulla Ostonaqulning haddan ziyod qorni ochdi.
161
Namozgar haddida bozor kasodligidan arazlab, uyiga qarab
jo‘nadi.
Tole, agar yor bo‘lsa, shisha sandon sindurur,
Agar baxt yor bo‘lmasa, atala dandon sindurur.
Qoq yog‘och bozorning oldiga kelganda, ro‘paradan bitta
oq namat ko‘targan kishi chiqib qoldi. O‘zi cho‘qqisoqol,
qirra burun, ko‘zlari ichiga botgan kishi edi.
— Yaxshi yigit, – dedi, – qo‘ltig‘ingizdagi nima?
— Chimmat.
— Sotasizmi, jonidan?
— Hovva.
— Qanchadan?
— Uch so‘mdan.
— Qani ko‘raylik-chi. – Xaridor har to‘rt chimmatni
birin-birin ko‘rib chiqdi. Mulla Ostonaqulga qaradi: – Endi,
uka, – dedi, – men ham olibsotarman, mana shu qo‘ltig‘imda
ko‘rganingiz namatni sotmoqchi bo‘lib yuribman. Bir necha
xaridor chiqsa ham narxi kelishmadi, sotmadim. Essizki, naqd
pul bo‘lganda hammasini aytganingizga berib olar edim.
Ostonaqul umidsizlandi.
– Namatingizni necha pulga sotmadingiz?
– O‘n to‘rt so‘mga, – dedi-da, xayrlashib keta boshladi.
«Bitta yaxshi namat ellik so‘mga dovur bor, buniki juda
arzon, chimmatga bir amallab ayirbosh qilaman, zoyelik
tortmayman», degan fikr Ostonaqulning miyasidan yashin
tezligida o‘tdi.
– Hoy, aka, – dedi u, – bu yoqqa qarang.
– Nima deysiz?
– Bo‘lmasa chachvon bilan ayirbosh qilamiz.
Ketuvtchi kishi orqasiga qaytdi.
– Unda sizning ikki so‘mingiz yetmaydi-ku, nima qila-
miz? – dedi. Ostonaqul yalindi, yolvordi:
– Bir ko‘rganda uzilishib ketarmiz, – dedi. To‘rt
chachvonni birdan «eng oliy» namatga alishdi. Har ikkovi
yangi buyumni qo‘ltiqlab, yo‘lga tushib jo‘nadilar.
162
Ostonaqulning qadamlari go‘yo o‘ziniki emas edi. U
qanday bo‘lsa ham uyga yetib, bu g‘animatni ota-onalariga
ko‘rsatib xursand qilmoqchi edi. Yo‘1-yo‘lakay qo‘ltig‘ida-
gi namatga qarab, sevinar edi. Ostonaqul mahallaga kirib
borganida bir to‘da kishilar ko‘cha boshida gurunglashib
o‘tirgan ekanlar. Hammalari Ostonaqulga qaradilar.
– Ha, maxzum, bunchalik ildam, yo‘l bo‘lg‘ay,
qo‘ltig‘in gizdagi nima?
– Shunday, bozordan uyga, bu namat.
– Necha pulga oldingiz?
– O‘n ikki so‘m.
– Ne miqdor arzon, bir qo‘lga tushiribsiz-da, maxzum,
qani, bir ko‘raylik-chi.
Ostonaqul faxr va aqllilik ko‘rsatib, qo‘ltig‘idagi namatni
ularga berdi, ular maqtay-maqtay namatning qatini ocha
boshladilar.
Ostonaqul o‘zini unutayozdi. Hammalari ham hayron-
likda qoldilar. Namat allaqaysi bir musofir ko‘p qo‘nadigan
choyxonadan chiqqan eski namat bo‘lib, butun badani tan-
chalar, ustun o‘rinlari uchun ilma-teshik bo‘lgan ekan.
Maxzumi tushmagur olarda ko‘rmay olgan ekan. Ko‘ruv-
chilar ichaklari uzilguncha kuldilar. Mulla Ostonaqulni
mazax qildilar. Tezdan buni bo‘yincha bozoriga eltib sot-
mog‘ini maslahat berdilar. Ostonaqulning butun umidlari
bir pul bo‘lib, bo‘yincha bozoriga qarab jo‘nadi.
Bo‘yincha bozorida namatga qayrilib qaraguvchi topilma-
di. Eng oxiri, Ostonaqul bir bo‘yinchachiga yalinib-yolvorib,
namatni bitta ich bo‘vinchaga alishdi va uyga qarab jo‘nadi.
Yo‘lda Ostonaqulning juda xo‘rligi kelib ketdi. Ko‘zidan
milt-milt yoshini oqizib, eshikka keldi. Ichkariga kirishga
qo‘rqib, darvoza yonidagi supachada bo‘yinchani bo‘yniga
ilib, yig‘lab o‘tirdi. O‘g‘li – mulla Ostonaqulning bunchalik
kech qolganidan xavotir olgan Shoshqol domla ko‘chadan
xabar olish uchun chiqdi. Qarasa, yo‘lakda bo‘ynida bo‘yin-
cha o‘g‘ilcha yig‘lab o‘tiradi.
– Bahay, o‘g‘il?
163
Ostonaqul butun bo‘lgan voqeani so‘zladi. Shoshqol
domlaning ko‘zi qinidan chiqib ketayozdi. Tutdi – so‘kdi,
tutdi – so‘kdi. Bo‘yinchani qo‘liga olib:
– Keltirgan bo‘yinchang hech bo‘lmasa otniki ham emas,
eshak bo‘yincha, kichikligini qara, xo‘tik, – deb g‘azab qildi.
Ertasiga «farzandi solih»ni o‘z orqasiga solib yetaklab,
bir juvozkashga shogird berib keldi.
1930
Do'stlaringiz bilan baham: |