HOJIBOBOYI GULFURUSH
Ba yoron gulfurushi mekunam, bo dushmanon xoro,
Muhabbat ham g‘azab du rang chunin bozorho dorad.
Muntazir
Mening qushlarga ishqiboz bir do‘stim bor. O‘tgan juma
bir keksa dastparvar bulbuli o‘lganini eshitib, ko‘nglini
so‘rashga jazm qildim...
Teshikqopqa guzaridan o‘tib hali Qichqiriqqacha yet ma-
gan edim. Bu ko‘chani sukutga ketgan majnuntollar va mah-
madona chinqiriq ariq xiyoboni deb atalsa, yana yaxshiroq
bo‘lardi. Tevarak-atrofi ozoda qilib supurilgan kichkina eshik
oldi. Supachaga supadan ham kichikroq gilamchani yozib,
oldilariga bir savat rang-barang guldastalarni qiyoq o‘tdan
kamar bog‘latib qo‘yib, ikki mo‘ysafid kichik jonon choy-
nakdan jonon piyolaga nilufar bargiday tiniq ko‘k choyni
quyib, suhbatda edilar.
Aniq sanoqlarga hushim yo‘q. Oldida gul savat turgan
birinchi mo‘ysafidning yoshini sakson va oshig‘i bilan tax-
min qila qo‘ydim. Yaqinlashdim, salom berdim, yana bir
necha qadam ta’zim bilan ilgariladim.
182
– To‘xtang, o‘g‘lim, – dedi kulimsirab birinchi mo‘ y-
safid, – ko‘klamingiz muborak bo‘lsin.
– Sizniki ham.
– Rahmat.
Qo‘limga oq bilan to‘qqizilning o‘rtasida, muzikadagi
avjday ko‘tarilib borguvchi necha darajali rang bo‘lsa ham-
masidan to‘plangan bir guldasta tutqazdi. Men taraddudlanib
yonimni kavlay boshladim. Ya’ni, bu gullar sotiladigan deb
o‘ylagan edim. Ikkinchi mo‘ysafid menga qattiqroq tikildi:
– Nima qilmoqchisiz?
– Yo‘q, o‘zim shunchaki...
Birinchi mo‘ysafid kuldi.
– Nima kasbdasiz?
– Shoirman.
– Balli... Men ham Hojiboboyi gulfurush emasman. Bu
gullar o‘z bog‘imning mahsuloti. Katta o‘g‘lim injener,
kichigi harbiyda, qizim bilan kuyovim doktor, o‘zim ekkan
gullarni ta’bimga yoqqan kishiga biror dastadan berish-
ga menga ijozatdir deb o‘ylayman... Pulning hojati yo‘q,
o‘g‘lim. Badaliga juda biror narsa bergingiz kelayotgan
bo‘lsa ayta qoling...
Men Muntazirning yuqoridagi she’rini o‘qib berdim.
1941
OBRO‘
G‘anijonning kelganini o‘tgan kuni eshitgan bo‘lsam
ham, bugungina ko‘rgali ketardim. Tiriklik, deganday, ham-
maning o‘z ishi o‘z boshida. O‘tgan kuni Mirzafarangning
uchast kasida hasharda bo‘ldik (Asli ismi Mirzaahmad aka
bo‘lsa ham Tekstilning mohir to‘quvchilaridan bo‘lgani
uchun do‘stlari hazil-mutoyiba yuzasidan «Mirzafarang»
deb laqab qo‘yganlar. Bu laqabdan uning nafsi koyimay-
di). Kecha bo‘lsa hayit-arafagarchilik deganday, bolalarni
mashinachiga olib bordim, univermagga chiqib, bayram
183
xarajati qilishdik va hokazo... G‘anijonni ko‘rish bugunga
qoldi, xolos.
Bir xil shovoqi, bir qop yong‘oq, shoda but, yarati-
lishidanoq loyi quvnoqlik bilan yo‘g‘rilgan odamlar bo‘ladi.
Bu xillar erkakda ham bo‘ladi, xotinda ham bo‘ladi.
Ana, mening ammam shu zayil odamlardan biri. Bo-
ringki, inqilobgacha ham paranjini «yopindingmi, yopin-
dim» taxlit irimiga boshiga ilgan. Erini esa shariatcha emas,
do‘stlarcha sevgan. Inqilobning bosh kunlarida, xotin-qiz
ozodligi to‘g‘risidagi birinchi gap qulog‘iga chalinar-chalin-
mas, bo‘pti, degan-u banoras paranjini buzib, yakandoz
qilgan. Shu-shu, MOPR bilan «Bolalar do‘sti» znachoklarini
ko‘kragiga taqib, ro‘molini bilinar-bilinmas qiyshiq tang‘ib,
kekkaygancha yashab keladi. U, hamma yerda quvnoq, oilada
erkin, turmushda shod va mehnatda jafokash-u ozod...
G‘anijon shu ammamning o‘rtancha o‘g‘li. Harbiyga
ketgan edi. Kadrga qolipti. Hozir uchuvchilar maktabini
tamom qilish oldida. Otpuskaga kelgan.
Bozor Taxtapulga ko‘chgandan buyon 6-tramvayga
tushib bo‘lmaydi, ko‘chada esa kishi yakka kift bo‘lib yuradi,
odam ko‘p. Shu ko‘chadan ketib borar edim. Ro‘paramdan
bir harbiy yigit chiqib salom berdi.
– Salom, tog‘a.
– Iya, senmisam, G‘anijon? Men seni ko‘rgali ketayotgan
edim.
– Bir-ikki joylarga boradigan ishlarim bor edi, ikki kun-
dan buyon mehmon ustiga mehmon, chiqib bo‘lmadi.
– O‘zing yaxshimisan, uy ichlaring tinchmi?.. – va
hokazo so‘roq-istoqlardan so‘ng u bilan xayrlashdim, u
yo‘liga ketdi, men ham yo‘limda davom qildim. Yigirma
qadamlardan so‘ng juldur-juldur paranji yopingan bir xotin
kelib, barimdan tutdi.
– To‘xta!
– A, kim, nimaga?
– Hovliqma, ammang bo‘laman. – G‘anijonning onasi,
hali aytgan shovoqi kampir.
184
– O‘zi nima gap, paranjingiz nimasi? – Ammam kuldi.
– Obro‘ qidirib yuribman. G‘anijoning, mana, tappa-taq
to‘rt yildan beri harbiyda, men uning yoqasiga taqqan chor
burchaklarini tushunmayman. Xo‘sh, qani dedim, ilming
qayerga borgan ekan, senga ham ko‘cha-ko‘yda birov salom
beradigan bo‘ldimi, yo‘qmi, dedim. Ko‘chaga chiqishini
poylab, nomus bo‘lsa hamki, Asalat achaning paranjisini
so‘rab yopindim... Izma-iz ketayotibman. Necha odam bilan
salom-alik qilganini sanab borayotibman.
– O‘zi qayerga ketayotibdi?
– Sevganining oldiga-da, Shayxantohurga. Besh yildan
buyon andarqat.
– Siz ham Shayxantohurgacha orqasidan borasizmi?
– Boraman.
– Bo‘lmasa, 10-tramvay bilan orqadan aylanib men
ham boraman. Kinoning oldida bir-birimizni kutamiz. Keyin
menga aytasiz.
Ammam o‘g‘lining orqasidan ketdi.
Men oldinroq borib Shayxantohurda uni kutib turdim.
Eng ilgari G‘anijon o‘tib ketdi, o‘zimni panaga olib turdim.
Orqasidan paranji yopingan ammam keldi. Menga yaqin-
lashdi. Men so‘radim:
– Xo‘sh, qalay?
– Bo‘ldi, ishondim. Qirq bitta-yu, yettita.
– Nima qirq bitta-yu, nima yettita?
– Salom-alik-da. Janggohdan shu yergacha qirq bitta
harbiy yigit G‘anijonga oldin salom berdi. Yettita harbiyga
G‘anijon oldin salom berdi. Tuzuk, obro‘yi yaxshi.
Ammam o‘sha yerdayoq paranji-chachvonini taxlab,
qo‘ltiqqa urdi.
– Kechqurun hovliga bor.
Ajralishdik.
Leytenant o‘g‘liga ryadovoy harbiylarning bergan chest-
lari ammam obro‘yining protsentlari ekanini bildim.
185
Do'stlaringiz bilan baham: |