Mavzuning ishlanganlik darajasi. Ta‘lim jarayonining ko‗plab metodlari, shakllari, vositalari
mavjud bo‗lib, ulardan omilkorlik bilan foydalanish to‗g‗risida jahon psixologiyasida ko‗plab
yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar yaratilgan. Insonni aqliy rivojlantirish masalasi kishilik
jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida mutafakkirlar hamda faylasuf, tarixchi, psixolog va
pedagog olimlarning diqqat markazida bo‗lib kelgan. Buni, birinchi navbatda, Sharq allomalari
tomonidan yaratilgan ilmiy-axloqiy asarlarda ko‗rish mumkin. Qomusiy olimlar – Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kaykovus, Mahmud Qoshg‗ariy, Yusuf Xos
Hojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning barkamol insonning aqliy tarbiyasida
ilm-fanning o‗rni haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o‗z dolzarbligini yo‗qotgan emas.
Ilmiy adabiyotlarning kompleks o‗rganilishi va tahlil etilishi shuni ko‗rsatmoqdaki, mazkur
muammo jahon psixologiya fanida XX asr boshlaridan o‗rganilib kelinmoqda. Muammo
masalalari, ayniqsa G‗arb psixologiyasida ayrim olimlar tomonidan chuqur o‗rganilgan, biroq,
O‗zbekiston uchun uning zaruriy, nozik jabhasi ob‘ekt sifatida kam tadqiq etilgan.Shuningdek,
G.Yu.Ayzenk, L.S. Vigotskiy, M.G.Davletshin, D. Dyui, V.M,Karimova, A.N.Markova,
V.S.Merlin, L.M.Mitina, R.S.Nemov, A.Palmar, V.V.Pospeev, E.G‗oziev, A.A.Rean,
I.Ye.Rogov, S.L.Rubinshteyn, Fridman kabi olimlarning tadqiqotlarida o‗quvchilarning aqliy
rivojlanishini tashkil etishning ijtimoiy-psixologik mohiyati asoslab berilgan. J.Piaje,
V.Shtern va boshqalar intellekt hayotning turli sharoitlariga biopsixologik moslashishdir, deb
qaraydilar. J.Piaje tadqiqotlarida bola intellekti sifat jihatidan farq qiluvchi 2 bosqichni o‗z
ichiga oladi. Birinchisi nutqda o‗z ifodasini topsa, ikkinchi bosqichda intellekt o‗ziga xos aqliy
operatsiyalarni amalga oshiradi, bu uning mohiyatini o‗zida ifoda etadi. J.Piajening asarlarida
intellektning rivojlanish dinamikasi, uning psixologik asoslari yaqqol namoyon bo‗ladi. Uning
asosiy tadqiqotlari ―Bola nutqi va tafakkuri‖ (1923), ―Bolada intellektni tug‗ilishi‖ (1936),
―Bolada hukm va xulosa chiqarish‖ (1936), ―Intellekt psixologiyasi‖ (1946) va boshqa
asarlarida o‗z ifodasini topgan. Rus psixologiyasida intellektning yaxlitligi va uning shaxs
bilan bog‗liqligi tomonidan yondashiladi. Xususan, rus psixologlaridan L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari
5
turli yoshdagi odamlar intellektini diagnostika qilish, rivojlanish dinamikasi va psixologik
jihatlarini o‗rganishga xarakat qilganlar. O‗zbekiston Respublikasida intellekt yosh
davrlarining o‗ziga xos jihatlari borasida M.Vohidov, M.Davletshin, E.G‗oziev va boshqalar olib
borgan ilmiy-psixologik ishlarda ko‗zga tashlanadi, ammo o‗quvchi intellektining diagnostikasi,
uni rivojlanish xususiyatlari o‗ziga xosligi juda kam o‗rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |