1-mavzu: Filtrlar hisoblash Reja


B holatida kanallar 9 orqali  bo’shliq 11 ga bosim ostida suv uzatiladi.  Natijada egiluvchan elastik diafragma  G



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana03.07.2022
Hajmi1,06 Mb.
#738288
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Filtrlar hisoblash Reja

B
holatida kanallar 9 orqali 
bo’shliq 11 ga bosim ostida suv uzatiladi. 
Natijada egiluvchan elastik diafragma 
G
yordamida cho’kma siqiladi. Undan keyin, 

holatda plitalar suriladi va hosil bo’lgan 
tirqishlardan cho’kma to’kiladi 
Barabanli vakuum - filtr. Bu turdagi filtrlar 
kontsentratsiyasi 50 500 kg/m
3
bo’lgan suspenziyalarni uzluksiz ravishda ajratish 
uchun ishlatiladi (3.22-rasm). Qattiq zarrachalar kristall, atorf va kolloid tuzilishga 
ega bo’lishi mumkin. Filtr ish unumdorligi qattiq zarrachalar tuzilishiga bog’liq va 
yuqorida keltirilgan ketma - ketlikda pasayib boradi. 
Filtrning asosiy qismi gorizontal baraban bo’lib, u elektr yuritkich 
yordamida asta - sekin aylantiriladi. Odatda uning 0,3...0,4 qismi suspenziyali 
tog’oraga tushib turadi. Tog’ora ichida silkinib turuvchi aralashtirgich suspenziya 
tarkibini bir xil bo’lishini ta’minlaydi, ya’ni uning tarkibidgi Baraban ikkita 
silindrdan tuzilgan bo’ladi. 
Tashqi silindr elaksimon bo’lib, uning ustiga sim to’r tortilgan. 
Sim to’rning usti esa, filtr to’qima bilan 
qoplangan. 
Barabanning 
filtrlovchi 
to’siqlaridan filtrat vakuum ostida so’rib 
olinadi. Filtrning ustida suspenziyadagi qattiq 
zarrachalar cho’kma qatlamini hosil qiladi. Bu 
cho’kma pichoq yordamida barabanning ustki 
qismidan uzluksiz ravishda kesib olinadi. 
Barabanning ichki qismi to’siqlar yordamida 
alohida sektorlarga bo’lingan. Bu cho’kma 
pichoq yordamida barabanning ustki qismidan 
uzluksiz ravishda kesib olinadi. Barabanning 
ichki qismi to’siqlar yordamida alohida 
sektorlarga bo’lingan.
Bu turdagi filtrlarning ishchi yuzasi 5... 
150 m
3
bo’ladi. Kamchiliklari: filtrlash yuzasi 
katta bo’lgani uchun ko’p joy egallaydi; filtrning narxi qimmat bo’ladi. 
Diskli filtr. Bu filtrlar mayin dispers suspenziyalarni ajratish uchun mo’ljallangan 
bo’lib, qo’shimcha moddalar o’tirindi qatlami bilan bosim ostida ishlaydi. 


Isitadigan g’ilofli vertikal idish ko’rinishiga ega bo’lgan diskli filtrlarda ishchi 
bosim -0,5 MPa, g’ilof ichidagi bosim esa - 0,3 MPa. Filtr ichida g’ovak o’q 6 
bo’lib unga metalldan yasalgan teshikli disk filtr element 7 lar o’rnatilgan (3.23-
rasm). Disklar, o’z navbatida, polipropilen yoki boshqa filtr to’qima bilan 
qoplanib, halqasimon qisqichlar yordamida mahkamlanadi. Diskli filtrlarda qisman 
quritilgan cho’kmani markazdan qochma kuch yordamida to’kish imkoniyati bor. 
Filtrlovchi disklar o’rnatilgan ichi bo’sh o’q elektr yoki gidravlik yuritkich 
yordamida aylantiriladi. O’qning aylanish chastotasi 250 min-1 bo’lib, teflon 
salnik yordamida zichlanadi. 
Filtrlashdan avval suspenzatorda qo’shimcha moddalardan suspenziya 
tayyorlanadi va filtrlovchi elementlarga o’girindi cho’kma hosil qilinadi. 
Buning uchun, filtrlovchi elementlarda 15...30 mm qalinlikda o’tirindi cho’kma 
paydo bo’lmaguncha, nasos yordamida tayyor suspenziya uzatiladi. 
Filtrat filtrlovchi diskdan o’tib, g`ovak o’qdagi 
teshiklar orqali ichi bo’sh o’qga tushadi va 
filtrdan suspenzatorga chiqariladi. Xuddi shu 
yo’sinda 
suspenziya 
filtrlanadi. 
Jarayon 
tugagandan so’ng, cho’kma yuviladi va havo 
yordamida qisman quritiladi. 
Lentali filtr. Bu filtr rom, uzatuvchi 1 va 
taranglovchi 6 barabanlardan, hamda ikki 
baraban orasiga tortilgap teshikli, cheksiz 
uzunlikdagi rezina lenta 4 dan tarkib topgan 
(3.24-rasm). 
Teshikli rezina lenta ostida vakuum kamera 3 bo’lib, u pastki qismi bilan filtrat 8 
va yuvuvchi suyuqlik chiqarish kollektorlari 9 bilan ulangan. Hosil qilinayotgan 
vakuum hisobiga lenta vakuum — kameraning tepa qismiga yopishib turadi. 
Filtr to’qima esa, taranglovchi g’ildirakchalar 7 yordamida cheksiz rezina lentaga 
siqib qo’yiladi. 
Filtrlovchi sentrifugalar davriy va uzluksiz ishlaydigan bo’lib, o’qining joylashiga 
qarab vertikal va gorizontal bo’ladi. Jarayon mobaynida hosil bo’ladigan 
cho’kmani to’kishiga qarab qo’lda to’kadigan, gravitatsion, markazdan qochma va 
uzlukli to’kadigan sentrifutalarga bo’linadi. 
Davriy ishlaydigan filtrlovchi sentrifugada suspenziya baraban tepasidan 
yuklanadi (3.25-rasm). Suspenziya yuklangandan so’ng baraban harakatga 
keltiriladi, ya’ni aylantirib boshlanadi. Markazdan qochma kuch ta’sirida 
suspenziya baraban devoriga uloqtiriladi. Suyuq dispersion faza filtr to’siq orqali 
o’tadi, cho’kma esa unda ushlanib qoladi. Filtrlash sikli tugaganda so’ng, cho’kma 
qopqoq 3 orqali qo’l yordamida olib tashlanadi. 
CHo’kmani o’zi to’kadigan sentrifugada cho’kma gravitatsion kuch ta’sirida 
qurilmadan chiqarib yuboriladi (3.26-rasm). 
Filtr to’qimaga nov 5 dan suspenziya uzatiladi. Filtrat vakuum ostida 
kameralarga va kollektor orqali yig’gichga yuboriladi. Hosil bo’lgan cho’kmaga 
purkagich 2 dan yuvuvchi suv beriladi va kameralarga so’rib olinib, so’ng 
kollektor 9 orqali yig’gich 10 ga chiqariladi. 


Uzatuichi barabanda filtr to’qima rezina lentadan ajraydi va yo’naltiruvchi 
g’ildirakchani aylanib o’tadi. SHunda, cho’kma filtr to’qimadan sirpanib tushadi 
va cho’kma yig’gichga to’kiladi. Filtr to’qima ikkita g’ildirakcha 7 lar orasidan 
o’tguncha yuviladi, quritiladi va tozalanadi. 
Odatda bunday sentrifugalar teshikli baraban o’rnatilgan vertikal o’qli qilib 
yasaladi. Baraban kichik chastota bilan aylanganda suspenziya yuklovchi diskka 
beriladi. Barabanning pastki qismi konussimon shaklda bo’lib. konuslik burchagi 
cho’kmaning tabiiy qiyalik burchagidan ortiq qilinadi. Filtrlash sikli tamom 
bo’lganda va baraban to’liq to’xtaganidan so’ng og’irlik kuchi ta’sirida cho’kma 
baraban devoridan sirpanib tushadi va qurilma tubidagi shtutser orqali chiqariladi. 
Uzluksiz ishlaydigan, markazdan qochma kuch ta’sirida cho’kmani 
to’kadigan sentrifuga konussimon teshikli baraban va uning ichida aylanuvchi 
shneklardan tarkib topgan. SHnekning aylanish tezligi barabannikidan ozgina kam 
bo’ladi. SHnek aylanishi davrida uning o’ramlari barabanda o’tirib qolgan 
cho’kmani pastga olib tushadi. CHo’kmani to’kish markazdan qochma kuch 
ta’sirida amalga oshiriladi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, markazdan qochma 
kuch ta’sirida to’kish paytida cho’kma maydalanmaydi va yaxlitligi buzilmaydi. 
Filtrlash jarayonini intensivlash 
Xalq xo’jaligida turli sanoatlar tayyor mahsulotining salmog’i ortib borishi 
va yuqori gidravlik qarshilikka ega cho’kmalarning turi, miqdorining ko’payishi, 
filtrlar ish unumdorligini oshirishni taqozo etadi. 
Bu muammoni hal etish uchun filtrlarning filtrlash yuzasi va jarayon 
tezligini oshirish yo’llari bilan erishish maqsadga muvofikdir. Hozirgi kunda 


barabanli vakuum - filtrlarning yuzasi 140 m
2
, disklilarniki 300 m
2
, lentali 
filtrlarniki 25 m
2
gacha yetkazilgan. 
Suspenziyalar ajratishda optimal sharoitlarni yaratish uchun konstruktiv, 
texnologik va fizik - kimyoviy usullardan foydalaniladi. 
Konstruktiv 
guruh 
usullariga 
kuyidagilar 
kiradi: 
filtrlash 
jarayonini 
avtomatlashtirish; reversiv (cho’kma qalinligi kam bo’lganda), dinamik (cho’kma 
uzluksiz yuvilib turiladigan hollarda), turli tarkibli (silindrik yuzalarda egrilik 
radiusi kichik cho’kma qatlamlari hosil bo’lganda) va tebranma filtrlash. 
Texnologik guruh usullariga quyidagilar kiradi: cho’kma qatlami, bosimlar 
farqi, suspenziya kontsentratsiyalarining optimal qiymatlarini, hamda uning 
tarkibidagi qattiq zarrachalarni oldingan mayin va dag’al dispers fraktsiyalarga 
dastlabki klassifikatsiyalash. 
Fizik kimyoviy guruh usullariga ega kuyidagilar kiradi: cho’kma solishtirma 
qarshiligini kamaytirish maqsadida suspenziyaga fizik - kimyoviy ta’sir etish. 
Ushbu tadbirlarni suspenziya olish jarayonida yoki undan keyin ham o’tkazish 
mumkin. 
Birinchi holatda suspenziya hosil qilishda tegishli sharoitlarni (temperatura, 
kontsentratsiya va boshqalar) amalga oshirish maqsadida qattiq zarrachalar 
o’lchamini kattalashtirish, kristallik zarrachalar (atorf zarrachalar o’rniga) olish 
imkoniyati va kolloid, yopishqoq aralashma hosil bo’lish oldini olish mumkin. 
Natijada ayrim suspenziya cho’kmalarining solishtirma qarshiligi 10 va undan 
ortiq marta pasaytirilishi mumkin. 
Ikkinchi holatda, ya’ni suspenziyaga agregirlovchi yoki qo’shimcha moddalar 
qo’shish, suspenziya solishtirma qarshiligini keskin kamayishga olib keladi. 
Filtrlarni hisoblash 
Suspenziyalarni filtrlash jarayoniga ko’pgina omillar ta’sir etganligi sababli 
filtrlarni hisoblash juda murakkab masaladir. SHuning uchun, quyida keltirilgan 
hisoblash sxemalari bir qator tahminlar va suspenziyalarni ajratish qonuniyatlarini 
soddalashtirishlar asosida ishlab chiqilgan. 
SHunday tahminlardan biri, og’irlik kuchi ta’sirida qattiq zarrachalar 
cho’kmaydi deb, faraz qilinadi. Amaliyotda zarrachalar cho’kmasligi uchun 
suspenziya aralashtirilib turiladi. 
Hisoblashlarda esa tajriba yo’li bilan topilgan filtr to’siq va cho’kma gidravlik 
qarshiliklarining o’rtacha qiymati ishlatiladi. 
Uzluksiz ishlaydigan filtrlar hisobi. Boshlang’ich ma’lumotlarda filtr ish 
unumdorligi berilgan bo’ladi. Undan tashqari, filtrlash yuzasi berilishi mumkin 
yoki qabul qilinadi. Demak, yuqorida ko’rsatilgan parametrlar ma’lum bo’lsa, 
ya’ni filtrning berilgan yuzasi bo’yicha filtrlar soni, filtrat miqdori va filtrlash 
jarayoni davomiyligi aniqlanadi. 
Barabanli vakuum filtrni (filtr to’siq gidravlik qarshiligini hisobga olmaymiz) 
hisoblashning umumiy ketma - ketligini ko’rib chiqamiz. 1. Filtr qurilmaga eng 
yuqori ish unumdorlik ta’minlash uchun cho’kma qatlam qalinligining ruxsat 
etilgan eng kichik qiymati qabul qilinadi. 


Masalan, barabanli vakuum - filtr uchun tahminan 5 mm (cho’kma 
xossalariga qarab) deb, qabul
qilinsa bo’ladi. 2. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish