1
Иминов Т. К.
Ўзбекистон Республикаси Олий таълим тизимини ислоҳ қилиш бўйича
меъёрий ҳужжатлар. – Тошкент, 1999. – Б. 23.
PEDAGOGIKA
2015, 6-son
62
О‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda kо‘ra bilish va uni
tasavvur etish uchun bо‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda
о‘qituvchi bо‘lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga
ega, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun
о‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyati, talabalarning imkoniyati va
ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Darsning texnologik xaritasini qay kо‘rinishda tuzish о‘qituvchining
tajribasi, qо‘ygan maqsadi va individual xususiyatiga bog‘liq. Texnologik xarita
qanday tuzilgan bо‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bо‘lishi
hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini
tashkil etishning texnologiyasi tо‘liq о‘z ifodasini topgan bо‘lishi kerak.
Texnologik xaritaning tuzilishi о‘qituvchining darsni kengaytirilgan konspektini
yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda
о‘qituvchi va talaba faoliyatining barcha qirralari о‘z aksini topadi
1
.
Kasb ta’limi metodikasi fanidan о‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarning
loyihalashtirilgan texnologik xaritasini havola qilamiz. Unda о‘qitishning
kognitiv yoki о‘qish maqsadi (talaba nima biladi va tushunadi), psixomotorli
maqsadlar (nima qiladi), hayajonli (affektiv) yoki emotsional-qimmatli
maqsadlaridan (nima his qiladi) foydalanamiz.
Kognitiv maqsadda talaba:
kasb ta’limi sohasi bо‘yicha adabiyotlardan foydalana oladi;
kasb ta’limi metodikasi fanidan texnik matnni tushunadi;
kasb ta’limi metodikasi fanidan texnik atamalarni tasniflaydi;
maxsus fanlarning amaliy yо‘naltiruvchi maqsadini о‘rganadi.
Psixomotorli maqsadlar
(nima qiladi)da talaba:
kasb ta’limi metodikasi fanidan ma’ruza, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlari bо‘yicha nazorat savollari tuzadi;
fanning mazmuni bо‘yicha termin va tushunchalarni ajratadi va ularning
mazmunlarini fan dasturida keltirilgan adabiyotlardan foydalanib tahlil qiladi;
tanlangan atama va tushunchalar bо‘yicha savol-javob tuzadi;
boshqa talabalar tomonidan о‘qilgan atama va savol-javoblarni
tо‘ldiradi;
1
Muslimov N. A.
va boshq. Mehnat ta’limini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston
Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. – B. 320.
Do'stlaringiz bilan baham: |