Gidroekologiya


Oqava suvlarni tozalash uchun ishlatiladigan tindirgichlar



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/84
Sana03.07.2022
Hajmi1,23 Mb.
#736321
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
gidroekologiya

 
Oqava suvlarni tozalash uchun ishlatiladigan tindirgichlar 
 
Oqava suvlarni tindirishdan asosiy maqsad undagi osilma moddalarni ushlab qolish va cho’kma hosil 
qilishdir. 
Cho’kma xo’jalik chiqindi suvlarini tindirish yo’li bilan ajratib olinadi.Cho’kmalar nordon reaksiya 
beruvchi, tez chiriydigan, noxush hid tarqatadigan moddadir. U o’z tarkibida ko’p miqdorda patogen kasallik 
tarqatuvchi mikroorganizmlar va gelmint tuxumlarini ushlaydi. 
O’simlik va hayvonlarning organik moddalari yangi cho’kmalarda o’zining hujayra tuzilishini saqlaydi va 
namlikni ushlaydi, shuning uchun ham cho’kmaning qurishiga halal beradi. 
Sanitariya xodimlarining vazifasi chiqindi suv tarkibidagi cho’kmani zararsiz holatga keltirish bo’lib qoldi. 
Cho’kmada achish jarayonining bo’lishi uning salbiy xususiyatlari yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda uning colloid 
tuzilishi parchalanadi, namligi yo’qolib, hajmi ancha kamayadi, noxush hidlar ham kamayadi. Nordon reaksiya 
ishqorli reaksiyaga o’tadi, patogen mikroorganizmlar va gelmint tuxumlari o’ladi.
Sanitariya xodimlarining vazifasi cho’kmaning achishi uchun sharoit yaratishdir. 
Chiqindi suvlarni tindirishga mo’ljallangan hovuzlar ikki guruhga bo’linadi: 
·
faqat osilma moddalarni tindirishga mo’ljallangan tindirgichlar; 
·
osilma moddalarni ushlashga va cho’kmani qayta ishlashga mo’ljallangan tindirgichlar. 
Birinchi guruhga gorizontal, tik, radial tindirgichlarni kiritish mumkin. Bularning hammasi ish jarayonini 
pasaytirib, undagi osilma moddalarni cho’ktiradi. 


Gorizontal tindirgichlarning tagi qiya bo’lib, bir tomoni chuqurroq qilib quriladi, chunki suvdagi 
cho’kmalar qiya tomonga qarab harakatlanadi. Cho’kma bo’shliqda yig’ilganda suv harakati natijasida loyqalanib 
ketmaydi. Tindirgichning chuqurligi 1,5-2 metr, unda suv harakati sekundiga 7 mm.ga pasayadi. 
Tik tindirgichlar. Bu tindirgichlar konus shaklida tuzilgan bo’lib, chiqindi suvlar unga markaziy 
qaytargichli trubalardan kirib, tindirgichni to’ldiradi. Qaytargichlarning asosiy vazifasi suv harakati tezligini 
pasaytirish, suv harakatini hamma tomonga tindirgich kengligi bo’ylab tarqatishdir. Suv harakati tezligi sekundiga 
0,7 mm.ga teng. Tindirgichning chuqurligi 7-9 metr bo’lib, eni 10 metr. Ikkala tindirgichda ham suvning tindirilish 
vaqti 1,5 soatga teng. 
Cho’kmalar trubalar orqali chiqariladi. Trubalar tindirgichning tag tomoniga o’rnatilgan bo’lib, nasos bilan 
yoki suyuqlik ostidagi bosim ta’sirida tortib olinadi, cho’kma esa trubalar yordamida metantenk inshootiga 
yuboriladi. 
Radial tindirgichlar chiqindi suvlar hajmi sutkasiga 20000 m
3
.ga yetganda tavsiya qilinadi. Bunday 
tindirgichlar suv tarkibida osilma moddalar ko’payganda uni cho’ktirishga mo’ljallangan. Radial tindirgichlar doira 
shaklida bo’lib, tag tomoni markazga qiya qilib qurilgan. U diametri 16-40 metr, chuqurligi o’rtacha 2-2,5 metr 
bo’lgan hovuz. Cho’kmalar markazga qarab kuraklar bilan quriladi va moslamalar yordamida nasos bilan tortib 
olinadi. Suvning harakat tezligi sekundiga 7 mm.ga teng, suvning tindirgichda bo’lish vaqti 1,5 soat. 
Ikkinchi guruhdagi tindirgichlarga septik va ikki yarusli tindirgichlar kiradi. Bunday tindirgichlarda 
cho’kmalarning achish jarayoni oxiriga yetadi, chunki u katta hajmli bo’ladi. Ikkala tindirgichda osilma 
moddalarning cho’kishi gorizontal tindirgichlarnikiga o’xshash bo’ladi, lekin tindirgichlarning tuzilishi, qurilishi 
unda achish jarayonining borishi turlicha. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish