Septik tindirgichlar.
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi temir betonda ishlangan uch xonali tindirgich.
Bo’linmalar orasida chiqindi suvlar o’tishi uchun maxsus teshiklar bor. Septik tindirgichlarda chiqindi suv 6-12 soat,
goho 24 soat davomida tindiriladi, cho’kma kamida 6 oy davomida saqlanadi.
Septik tindirgichlarning suvdagi osilma moddalarni ushlab qolish qobiliyati 70% ni tashkil qiladi. Cho’kma
uzoq vaqt davomida chiritiladi, bu jarayon suv ostida oksigen qatnashmagan holatda, ya’ni anaerob sharoitda o’tadi,
jarayon nordon achitish reaksiyasi bilan boradi, bunda noxush hid chiqaradigan gazlar, vodorod sulfid va boshqalar
paydo bo’ladi. Organik moddalarning zarrachalari parchalanib, yengillashib qoladi, suv tagidagi gazlar pufakchalar
hosil qilib yuzaga chiqa boshlaydi. U o’zi bilan yengillashib qolgan zarrachalarni ham suv yuzasida olib chiqadi.
Keyinchalik suv yuzasida qalin po’stloqqa o’xshash qattiq qatlamlar paydo bo’ladi.
Septik tindirgichdagi chiqindi suvlar cho’kma va po’stloq qatlamlar orasidan o’tib, tindirgichdan
tashqariga chiqadi. Bunda suvning oksidlanish jarayoni 20-30% ga pasayadi. Septik tindirgichda chiqindi suv o’z
holiga, yaxshilanish tomoniga qaytish xususiyatiga ega bo’lib qoladi. Ammo o’ziga juda ko’p oksigenni qabul
qilishi tufayli biologik oksidlanish va tozalash yaxshi ketishiga halal beradi. Xuddi shunday ta’sir septik
qurilmalardan chiqqan ochiq suv havzalariga tashlanganda ham sodir bo’ladi.
Septik tindirgichlar ushbu kamchiliklari borligi sababli arzon bo’lishiga qaramay kam ishlatiladigan bo’lib
qoladi. U faqat aholisi kam joylarda, ayrim kanalizatsiyasi bor binolarda ishlatiladi. Septik tindirgichlardan ajralib
chiqqan suv albatta, biologik yo’l bilan tozalanishi kerak.
Ikki qavatli tindirgichlar (Emsher).
Bu tindirgichda osilma moddalar yuqori qavatdan pastki qavat tagiga
qarab cho’ka boshlaydi. Ya’ni pastki qavat tepasiga nov qilinib, shu nov orqali tindirilgan suv pastga tushadi. Suv
xuddi gorizontal tindirgichdagi singari sekin oqadi.
Yuqori yarusdagi chiqindi suvdan cho’kayotgan osilma moddalar 0,15 metrli yoriqdan o’tib pastki qavat
tagiga tushadi. Yoriq bilan cho’kma oralig’ida 0,5 metrli neytral qavat qoladi. Bu qavatning vazifasi tindirgichga
oqib kelayotgan yangi suvni cho’kmadan ajratish, septikdagi kamchilikni bartaraf qilishdir, ya’ni cho’kmaning
chirigan mahsulotlari bilan chiqindi suvlarni to’yinishi oldini olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |