O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Musiqa va raqs san’ati.
Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish 
asliga qaytish an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon 
bo‘ldi. Buning uchun, eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng 
noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha 
ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz 
ijrochilarining “Asrlarga tengdosh navolar”, aprel oyida mashhur san’atkorlar 
asarlari ijrochilarining “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida may oyida folklor 
jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning 
va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari 
tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, 
festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy 
merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. 
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham 
e’tibor qaratildi. 1996-yil “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama 
Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent 
davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. 2001-yil “O‘zbeknavo” 
estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish 
Kengashi ish boshladi.
Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 
1995 yilda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston - Vatanim manim” mavzuida ko‘rik-
tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib 
kelinayotgan “O‘zbekiston - Vatanim manim” mavzuidagi ko‘rik-tanlovi 
mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 


189 
Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda 
har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston - Vatanim manim” 
qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab 
qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil- dagi qarori 
bilan har ikki yilda bir 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa 
festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan 
ijrochilar ishtirok etishdi.Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy 
va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida 
uning ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi 
O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi 
binosi qurildi.
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at 
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning fao¬liyatini 
yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, uning doirasida 
2009-2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga 
topshirildi. “Nihol”, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, 
“Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali, “Sozlar navosi” yosh 
musiqa ijrochilari va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib keli- nayotgani yangi 
iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish