Xalq an'analari.
Mustaqillikning birinchi yillaridanoq milliy qadriyatlar,
xalq an'analarini tiklash O'zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan muhim
vazifaga aylandi. Darhaqiqat, milliy an'analarni tiklash borasida amalga
oshirilayotgan tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. An'analar – xalqning
tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan avlodlarga
muqaddas meros sifatida o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy boyligi hisoblanadi.
Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish
har bir avlodning muqaddas burchidir. Ajdodlarimiz an'analari barhayot bo'lishi
uchun,
eng
avvalo,
uni
kelajagimiz
bunyodkorlari-yoshlarimiz
ongida
barqarorlashtirish lozim. Yoshlar tomonidan ajdodlar an'analarini qadrlanmay
qo'yilishi avlodlar o'rtasida ma'naviy uzilishni vujudga keltiradi.
Eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o'zbeklarning an'analari tarixiy
zaruriyat asosida vujudga kelgan, zamon chig'iriqlaridan o'tib, muhim ma'naviy
qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq avloddan avlodga o'tib kelayotgan xalq
an'analari sobiq sho'rolar davrida jiddiy to'siqlarga uchragan bo'lsa ham, o'zbek
xalqi mustaqillikka erishgandan so'ng, ularga ehtiyoj kuchayib, qayta tiklana
boshlandi. Buning natijasida ilgari norasmiy nishonlangan an'analar jiddiy tadqiqot
obyektlariga aylanib, milliy an'analar haqida qator kitoblar chop etilmoqda. Bu
bejiz emas, atbatta. Chunki an'analar xalq ma'naviyatining tarkibiy qismi, muhim
axloqiy qadriyat, tarbiya vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Xalq an'analari,
marosimlar jarayonida namoyon bo'layotgan odob-axloq, mehr-oqibat, izzat-ikrom
kabi xislatlar yoshlar ma'naviyatini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va
kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchiga aylangan. An’anaviy xalq
bayramlarining tikianishi o'zbek madaniyati tarixida o'ta muhim voqea bo'lib
qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o'zida
mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko'zgu sifatida xalq madaniyatining yirik
181
va muhim shakli hisoblanadi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli
tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.
Mustaqillikka erishilgandan so'ng O'zbekiston rahbariyati, eng avvalo,
xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklarini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va
yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e'tibor bera boshladi. Jumladan,
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida
“Navro'z”, “Ro'za hayiti”, “Qurbon hayit”lari rasman tiklanib, xalq o'rtasida keng
nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “Mustaqillik
kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi. O'z navbatida, O'zbekiston rahbariyati
sobiq mustabid tuzumi davrida paydo bo'lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi.
Ular orasida umuminsoniy g'oya va qadriyatlarni targ'ib qiluvchi “Yangi yil
bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan shakllangan
bo'lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan, deb hisoblash noto'g'ri
bo'ladi. Bu borada hali bajariladigan ishlar ham kam emas. Bir tomondan, azaliy
bayramlar bilan birga ularga xos odatlar va an'analar tiklanishi darkor. Ikkinchi
tomondan, mustaqillik davrida paydo bo'tgan tarixiy - ma'naviy qadriyatlar bilan
ham boyitilmog'i lozim.
Xalq an'analariga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo
xalqlarining ming yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga oid to'plangan
ma'lumotlar tahlili natijasida quyidagilar ma'lum bo'ldi: insonning tabiiy-hayotiy
ehtiyojlari asosida paydo bo'lgan marosim va bayramlar asrlar davomida o'z
ahamiyatini yoqotmaydi. Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarining mahv
etilishi, hukmdorlar, istilochilarning kelib-ketishlari, hattoki, hududdagi aholi
tarkibiy o'zgarishlari ham ta'sir etmaydi. Ikkinchi turkum bayram-marosimlar esa
ma'lum vaqtdan so'ng o'zgarishi yoki boshqa yangi bayramlar vujudga kelishiga
asos bo'lishi mumkin. Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr
siyosati, davlat yoki hukmdorlarning xohish-irodasi sifatida vujudga keladi,
o'shalar bilan birgalikda yashaydi va o'z tarixiy vazifasini bajarib bo'lganidan so'ng
barham topadi.
182
Do'stlaringiz bilan baham: |