O’zbek xalqi an'anaviy madaniyati.
Mustaqillikka erishgan har bir
davlatning ma'naviy poydevori mustahkam bo'lgandagina, u baquvvat bo'lib, keng
ko'lamda rivojlana oladi. Buning uchun esa ajdodlar ming yilliklar ichida yaratgan
bebaho meros – xalq madaniyati an'analarini yanada jonlantirish, taraqqiy ettirish
va uiardan aql-idrok bilan foydaianish lozim bo'ladi. Biroq ma'naviy merosni
173
chuqur. har tomonlama o'rganmasdan turib, bu bebaho boylikni tiklash, ayniqsa,
rivojlantirish aslo mumkin emas.
Ayonki, sobiq sho'ro hokimiyati davrida, mamlakatda tezroq yagona sovet
xalqini shakllantirish maqsadida milliy xususiyatga ega bo'lgan qadriyatlar, milliy
ong, ruhiyat, xalq odatlari, an'anaviy madaniyat kabi hodisalar rasmiy-norasmiy
taqiqlandi.
Mustaqillikka erishgan har bir millat, avvalo, o'zligini tiklashga harakat
qiladi. Chunki istilochilar, eng avval, o'z mustamlakasidagi xalqning ma'naviy
o'zligini yo'q qilishga intiladi. Millatning ma'naviy o'zligini esa milliy ong, ruh,
an'analar, til, din, adabiyot, axloq, ilm-fan, ma'rifat kabi ma'naviy qadriyatlar
vujudga keltiradi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng eng dastlabki
ishlardan biri, bu - tarixiy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash bo'ldi.
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko'p
asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan nihovatda muhim vazifa bo'lib
qoldi”, deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
I.A.Karimov. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli amalga oshirilgan tarixiy buyuk
ishlardan biri – bu xalqimizning ma'naviy merosini tiklana boshlagani bo'ldi.
Mustaqil O'zbekistonda ma'naviy islohotlar negizida milliy qadriyatlarning
tiklanishi. Ma'naviy qadriyatlarimizni tiklash o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q, albatta.
U, eng avvalo, mustaqillik sharofati bilan vujudga kelgan tarixiy ehtiyojlar asosida
ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi islohotlar zamirida sodir bo'lmoqda. Ma'naviy
sohadagi islohotlar doirasida muhim ishlaramalga oshirila boshladi. Eng muhimi,
Respublikamizda “Ma'naviyat va ma’rifat” Kengashi tuzildi va uning markazlariga
yuklatilgan vazifalar yurtimizda ma'naviyat masalalarini yuksaltirishga qaratildi.
Ma'naviyatni rivojlantirish – davlatning bosh vazifasi deb qarash sohaning
jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo'ldi.
O'zbekiston Prezidentining avvaldagi «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik
markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish
174
to'g'risidagi (1996-y) farmonida “Ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining
asosiy, ustuvor yo'nalishi deb hisoblansin”, - deb qayd qilindi.
Kino.
Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida
etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlar 2004-yili
“O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi.
2017-yil kino san’ati uchun ham muhim yil bo‘ldi. Birgina shu yilning
o‘zida “O‘zbekkino” milliy agentligiga davlat budjetidan 12 milliard 400 million
so‘m ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
29-dekabr kuni milliy kino san’ati xodimlari va mutasaddilari bilan uchrashdi.
Unda kino san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, madaniyat va
san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tajriba va malaka oshirishini tashkil
etish, hududlarda kinoteatrlar qurish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari
muhokama qilindi. Shuningdek, kinematografiya sohasini rivojlantirish borasida
qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, xorijiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar
bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda filmlar yaratishni yo‘lga
qo‘yish ta’kidlandi.
Muzey.
Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy, tarixiy
qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar orqali
o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham,
mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan
boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili
Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili
Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi - Termiz shahrida
Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni
mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi.
Muzeylar
davlat
muhofazasiga
olindi, ularni ta’mirlash, muzey
eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam
ko‘rsatish, moddiy
jihatdan
qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda
175
“O‘zbekmuzey” Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik
madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan sado” jurnali ta’sis etildi va
u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar
ma’naviyatida muzeylarning ahamiyati hisobga olinib, 2014-yil Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va
ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2-8 sentabr kunlari
“Muzeylar haftaligi”ni tashkil etish belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |