O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Asosiy ishlab chiqarish buyumlariga nimalar kiradi? Yordamchi
ishlab chiqarish buyumlariga-chi?
2. Yig‘ish birliklari tarkibiga nimalar kiradi?
3. Eskiz nima? Ish chizmasi-chi?
4. Spetsifikatsiya nima? U qanday to‘ldiriladi?
5. 0 ‘quv chizmalari va hujjatlari qanday belgilanadi?
6. Yig‘ish chizmalari qanday tuziladi?
Ularda qirqim qanday baja-
riladi?
7. Yig‘ish chizmalarida qanday shartlilik va soddalashtirishlar
mavjud?
8. Buyumning yig‘ish chizmalari qanday tartibda o ‘qiladi?
9. Yig‘ish chizmalarida qanday armaturalardan foydalaniladi?
10. 11.57-shakldagi birikuvchi
A, В va С
detallaming
nomini
1. 0 ‘qituvchining taklifiga binoan buyumning yig‘ish chizmasi
o ‘qilsin.
2. Buyumning yig‘ish chizmasidan uning detallari ajratib chizilsin.
aniqlang.
Mashqlar
Test
Yig‘ish chizmasida nechta detal mavjud (11.57- shakl) ?
A. 3 ta.
B. 6 ta.
C. 5 ta.
D. 4 ta.
С В
XII bob. SXEMALAR
l-§ . Umumiy tushunchalar
Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining
tarkibi vaular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlami loyihalash,
sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm,
asbob, moslama, inshoot va hokazoning harakat (ish) jarayonida ketma-
ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi.
Sxemalar mashina va mexanizmlaming vazifasiga ko‘ra
harakat
jarayonlarini aniqlash, ulami ishga sozlash va to‘g‘rilash hamda o‘ma-
tishda qoilaniladi. Shunday qilib, buyum qismlarini
va ular orasidagi
bog‘liqlikni shartli belgilar bilan tasvirlovchi konstruktorlik hujjati
sxema deyiladi.
Barcha sxemalar standart talabi bo‘yicha chiziladi. Ular, asosan, to‘g ‘ri
burchakli proyeksiyalarda bitta ko‘rinishda yoyilgan holda chiziladi.
Zamr boiganda aksonometrik proyeksiyada ham chizish mumkin.
Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar
uchun chizmalarda yozma
tushintirishlar berilmaydi, ammo standart
bo‘lmagan detallarga yozma tushintirishlar berlishi shart.
Sxemalarda mashina hamda mexanizmlaming yig‘ma birikmalari
yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Buyumlarga nasos,
podshipnik, mufta va shu kabilar kiradi.
Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan
elementlar buyum uchun xiz-
mat qiladigan bo‘Isa, ular ingichka shtrix-punktir chiziqlar bilan tas
virlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali
ifodalanadi.
Standart tomonidan quyidagi atama va ta’riflar yetakchi tasnifli
guruhlarda belgilangan.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: