‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 11,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/290
Sana03.07.2022
Hajmi11,8 Mb.
#734990
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   290
Bog'liq
Chizmachilik 2016-yil

VII bob. TISHLI UZATMALAR
l-§ . Umumiy tushuncha
Turli mashina va mexanizmlarda aylanma harakat bir valdan ik- 
kinchi valga turli usullar yordamida uzatiladi. Agar vallar orasidagi 
masofa nisbatan katta bo‘lsa, u holda aylanma harakat tasma yoki zan­
jir vositasida uzatiladi. Vallaming o‘qlari orsidagi masofa deyarli katta 
bo‘lmasa, aylanma harakat friksion va tishli uzatmalar vositasida uza­
tiladi. Friksion uzatishda ikki silindrik yoki konus sirtlar bir-biriga bir 
oz kuch ta’sirida tegib turadi, aylanma harakat shu kuch ta’sirida hosil 
bo‘ladigan ishqalanish vositasida uzatiladi.
Tishli ilashmalarda aylanma harakat tishli g ‘ildiraklar vositasida uza­
tiladi. Bu ilashma uzatish g‘ildirak tishlarining o‘zaro ilashishidan hosil 
bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar aylanma harakatni yetakchi valdan yetak- 
lanuvchi valga uzatishda ishlatiladi. Shuning uchun tishli g‘ildiraklardan 
biri 
yetakchi,
ikkinchisi 
yetaklanuvchi
hisoblanadi. Ikkalasining tish­
larining o ‘lchamlari bir-biriga mos kelishi shart.
Yetakchi va yetaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni, ya’ni bir xil 
tezlik bilan harakatlansa, u holda bu vallarga tishlarining soni teng bo‘lgan 
bir xil tishli g ‘ildiraklar o‘matiladi. Agar yetaklanuvchi val yetakchi 
valga nisbatan sekinroq aylanishi kerak bo‘Isa, u vaqtda yetaklanuvchi 
valga tishlaming soni ko‘proq bo‘lgan tishli g ‘ildiraklar o ‘matiladi yoki 
aksincha. Bu yerda tishlarining soni kam bo‘lgan g‘ildirak 
shesternya,
tishlarining soni ko‘proq bo‘lgani 
tishli g ‘ildirak
deyiladi.
Yetakchi va yetaklanuvchi vallaming geometrik o ‘qlari o‘zaro parallel 
bo‘lsa, u vaqtda aylanma harakat 
silindrik tishli g ‘ildiraklar
yordamida 
uzatiladi. Agar yetakchi va yetaklanuvchi vallaming geometrik o‘qlari 
o‘zaro kesishishsa (to‘g ‘ri yoki o‘tmas burchak ostida), u holda harakat 
konussimon tishli g ‘ildiraklar
orqali uzatiladi. Mabodo vallaming 
geometrik o‘qlari o ‘zaro ayqash (kesishmaydigan, chalmashuvchi) bo‘Isa, 
aylanma harakat 
vint (chervyak)
va 
chervyak g ‘ildiragi
orqali uzatiladi. 
Bordi-yu shestemyaning aylanma harakatini ilgarilanma harakatga 
o ‘zgartirish lozim bo‘Isa, u vaqtda mexanizmga reyka o ‘matiladi.


к)
Tishli g ‘ildirak va shestemyalar tishlarining soni har xil bo‘lishiga 
qaramay, ulaming modullari bir xil bo‘ladi.
Tishli g‘idirakning tasnifi quyidagicha:
- tishlaming profiliga binoan evolventasimon tishli, qavariq va botiq 
tishli (Novikov ilashmasi) va sikloidali tishli;
- tishning turiga qarab to‘g ‘ri tishli, qiyshiq tishli, shevronli;
- val o‘qlarining o ‘zaro joylashishiga nisbatan silindrik uzatmalar 
to‘g ‘ri tishli (7.1-shakl, 
a);
qiyshiq tishli (7.1-shakl, 
b);
shevronli tishli 
(7.1- shakl, 
d)\
konussimon uzatmalar (to‘g‘ri tishli, 7.1- shakl, e); qiyshiq


tishli (7.1-shakl,/); aylanma tishli (7.1-shakl, g); vintli (7.1-shakl, 
h)\
chervyakli (7.1-shakl, 
i)
; gipoidli (7.1-shakl,/) uzatmalar;
- g ‘ildirakning aylana bo‘yicha tezligi: 0,5 m/s gacha sekin 
harakatlanuvchi uzatma; 3 - 1 5 m/s gacha sekin harakatlanuvchi uzatma; 
15 m/s dan ko‘p harakatlanuvchi uzatma;
- himoyalanish darajasi bo‘yicha: ochiq joylashgan, vaqt-vaqti bilan 
moylanib turadigan, yopiqli va doimo moylanib turadigan ilashmalar;
- ichki ilashmali (7.1-shakl, 
к
) va aylanma harakatni ilgarilama 
hamda qaytma harakatga o ‘zgartiruvchi (7.1-shakl, 
I)
reykali ilashma 
(uzatma) bo‘ladi.

Download 11,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish