Муаммолари республика илмий-амалий конференцияси материаллари


kasalliklarga olib kelishi mumkin boʻlgan patogen bakteriyalardan biridir. U



Download 41,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/438
Sana02.07.2022
Hajmi41,23 Mb.
#733202
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   438
Bog'liq
Ганиев Парпиев тўплам 1 ҚИСМ 25 05 2022

kasalliklarga olib kelishi mumkin boʻlgan patogen bakteriyalardan biridir. U 
Stafilokokk bakteriyalarining bir turi hisoblanadi. 
Mikroskop ostida koʻrilganda 
Stafilococc 
bakteriyalari bir tup uzumga oʻxshaydi. 
Stafilokokk 
bakteriyalarning 30 
dan ortiq turlari mavjud ammo 
Staphylococcus Aureus 
koʻpincha kasallikka olib 
keladigan tur hisoblanadi. Ushbu bakteriyaning diametri 0,7-1,2 mkm ni tashkil etadi. 
Sporalar hosil qilmaydi va harakatlanmaydi. Bakteriyaning oʻsishi uchun eng optimal 
sharoit 37˚C hisoblanadi, ammo 20-25˚C haroratda ham koʻpaya oladi [3].
Pseudomonas Aeruginosa
suyuq muhitda harakatchan, murakkab oqsil 
tuzilishli, spora hosil qilmaydigan bakteriya boʻlib, uning uzunligi taxminan 1-3 mkm 
va eni 0,5 - 1 mkm ga tengdir. Ushbu bakteriya asosan suvda, oʻsimliklarda, oqava 
suvlarda, nam tuproqda uchraydi. 
Pseudomonas Aeruginosa
bakteriyalari 37- 41˚C 
haroratda yaxshi oʻsib, koʻpayadi. Uni sogʻliqni saqlash muassasalarida, hattoki 
jarrohlik asboblarida ham uchratish mumkin. Bu bakteriya teri, quloq, nafas olish va 
siydik chiqarish yoʻllari infeksiyalarini keltirib chiqaradi. Ushbu bakteriya turli xil 


109 
antibiotiklarga chidamliligi va yangi himoya mexanizmlarini hosil qilishga qodirligi 
bilan xavflidir.
Xitozan-kumush kompleksining bakterisid xossasini baholash maqsadida 
laboratoriyada 37˚C haroratda termostatda 24 soat davomida bakteriyalar oʻsishi 
uchun qoldirildi. 
Staphylococcus Aureus va Pseudomonas Aeruginosa bakteriyalari 
Mueller Hinton agarli ozuqa muhitida oʻstirildi. Xitozan-kumushli plyonkadan 10 
mm kattalikda kesib olindi. Soʻngra petri idishga solingan bakteriyalarning yuzasi 
olingan plyonka bilan qoplandi. 
Plyonkaning aktiv bakterisid xossasi namoyon 
boʻluvchi qismi ya’ni bakteriyalarning oʻsishini ingibirlovchi zonasi 5-6 mm radiusni 
tashkil etdi.
 
Bunda kumush ionlari bakteriyaning membranasi orqali hujayraga kirib, 
uning struktur tarkibini buzadi. Bundan tashqari kumush ionlari elektrolit tashuvchi
va energiya almashinuvini boshqaruvchi bir qator bakterial fermentlar faoliyatini 
bloklab qoʻyadi. Fermentativ aktivlik yoʻqolgani sababli replikatsiya jarayoni ham 
toʻxtab qoladi. Oxirida esa kumush ionlari bakteriya hujayrasi devorlariga birikib, 
hujayra strukturasi va himoyasini kuchsizlantiradi, natijada ichki himoya qatlamda 
deffektlar paydo boʻlib, bakteriyaning nobud boʻlishi tezlashadi.
Staphylococcus
Aureus va Pseudomonas Aeruginosa bakteriyalari misolida xitozandan olingan 
plyonkaning ham bakterisid xossalarini oʻrgandik va olingan natijalarni xitozan-
kumush kompleksi asosida olingan plyonkaning bakterisid xossalari bilan 
solishtirdik. 
Laboratoriyada 
oʻstirilgan 
Staphylococcus 
Aureus, 
Pseudomonas 
Aeruginosa bakteriyalarining ustini xitozanli plyonkadan ham 10 mm kesib olib
qopladik. Xitozanning ham antibakterial xossalari mavjudligi sababli plyonka 
ta’sirida bakteriyaning oʻsishi kamaydi. Ammo uning bakteriya oʻsishini 
ingibirlovchi zonasining radiusi kichikroq boʻldi va 3 mm ni tashkil etdi.
Olingan natijalardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, xitozan-kumush 
kompleksidan olingan plyonkalar tibbiyotda qoʻllanilish uchun samarali vosita 
hisoblanadi va bunday plyonkalarni antibiotiklarga nisbatan tez moslashuvchanlik 
hosil qila oladigan turli xildagi ba’zi bir bakteriya va viruslarga qarshi ishlatish 
imkonini beradi. 

Download 41,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish