110
SINTEZ QILINGAN QOPLAMALARNING KORROZIYAGA QARSHI
XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH
Abdukarimov M.M., Norqulov Sh.S., Suyunov R.Sh., Xabibillayev M.R.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
E-mail: uralovnuriddin1991@gmail.com,
Hozirgi vaqtda sanoati jadal rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining turli
sohalarida metallar korroziyasining oldini olish va korroziyaga qarshi qoplamalarni
yaratish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Dunyoda kimyo va neft-kimyo sanoati
rivojlangan mamlakatlarda metallarning korroziyasi natijasida yetkazilgan zarar yillik
metallarning ishlab chiqarish hajmining 30 foizini tashkil qiladi,
shuning uchun
korroziyaga qarshi qoplamalarni yaratish va amalda qoʻllash katta ahamiyatga ega
[1].
Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari shuni koʻrsatadiki,
korroziya va korroziyaga qarshi qoplamalarning elektrokimyoviy nazariyasi,
shuningdek, ingibitorlarning ta’sir qilish mexanizmi boʻyicha tizimli tadqiqotlar
oʻtkazilgan [2].
Miqdoriy tahlil qilish usullari bilan atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha
talablarning ortishi bilan bogʻliq holda, ilgari ma’lum boʻlgan
ayrim kimyoviy
birikmalar bilan metallni himoya qilishning samaradorligi chegaralanganligini
koʻrsatadigan ingibitorlar va qoplamalar doirasi keskin cheklangan. Shuning uchun
ekologik toza, zaharli boʻlmagan qoplamalarni ishlab chiqish tobora muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Ushbu turdagi istiqbolli ingibitorlar, oʻz-oʻzini
tartibga soluvchi sirt
qatlamlarini shakllantirishga qodir boʻlgan aralashmalarni oʻz ichiga oladi. Biroq,
hozirgi kunga kelib, koʻp komponentli va polimer ingibitorlar bilan metallarning
sirtini bunday modifikasiyasi chuqur oʻrganilmagan. Yangi antikorrozion qoplamalar
olish, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini oʻrganish metallarni himoya qilish
uchun ishlatiladigan antikorrozion qoplamalar yaratishga imkon beradi [3].
Gossipol smolasi, 3-xloroksipropan (EXG) va HMTA, monoetanolamin (MEA)
va dietanolamin (DEA) (Mir K-1, Mir K-2, Mir K-3 va Mir K-4 kompozisiyalari)
asosida ingibitor korroziya tarkibini tayyorlash usuli kamchiliklarni
bartaraf etish
muammosini hal qiladi. Oʻziga xos xususiyati shundaki, gossipol smolasining
tarkibiy qismlari mavjud, ularni tayyorlash texnologiyasi
va ulardan foydalanish
oddiy. Komponentlarning oraliq kompleksi metall sirtining atrofdagi agressiv muhit
bilan oʻzaro ta’sirini individual ravishda yoki birgalikda oʻzgartirishi va shu bilan
ingibitorlarning himoya ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Ushbu usul, ayniqsa,
metall
konstruksiyalarni koʻpkomponentli muhit va kislotali eritmalar bilan aloqa qilishda
korroziyadan himoya qilish uchun juda muhimdir.
Kompozisiya tarkibiy qismlarining optimal nisbati aniqlandi. Metallning
korroziya harakati elektrokimyoviy usul bilan SEV 4421-83 standartiga muvofiq
uglerod poʻlati (st. 3) 40 × 40 × 160 mm oʻlchamdagi,
korroziyaga ziyon
yetkazmasdan (standart), korroziyaga (korroziya mahsulotlarining qalinligi 150 dan
300 mkm gacha) namunalari boʻyicha baholandi. Namunalarning korroziya xatti-
111
harakatlari anodik qutblanish egri chiziqlarining xarakteristikasidan kelib chiqib
baholandi. Olingan ma’lumotlar kimyoviy tahlil natijalari bilan ham tasdiqlandi.
Umumiy korroziya darajasi birlik vaqtiga birlik maydoniga vazn yoʻqotish bilan
baholandi (g / m
2
× h10-3) (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: