3-Rasm. SGEC-30 namunasining IQ-spektri
IQ-spektrining 3000-3500 sm-1 sohadagi keng tebranishi OH guruhlarining
valent tebranishi, 3342 va 3207 sm-1 da ikkilamchi aminning NH guruhlarining
valent tebranishi, 2900-3000 sm-1 oraligʻida metilen guruhlarining valent
tebranishlari kuzatiladi. 1651 sm-1 sohada C=O bogʻlarining tebranishlari, 1037 sm-1
sohada esa intensiv Si-O bogʻlarining valent tebranishlari namoyon boʻladi.
Adabiyotlar
1.
Taheri F.S., Ghaemi A., Maleki A. High Efficiency and Eco-Friendly TEPA-
Functionalized Adsorbent with Enhanced Porosity for CO2 Capture // Energy and Fuels. American
Chemical Society, 2019. Vol. 33, № 11. P. 11465-11476.
MAHALLIY HOMASHYOLAR ASOSIDA EPIХLORGIDRINNING SINTEZI
Bozorov Y.Sh., Turayev X.X., Aliqulov R.V., Kasimov Sh.A.
Termiz davlat universiteti
E-mail: yoqubjon@tersu.uz
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlanish va takomillashtirish gidrometallurgiya,
oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar sanoati yangi mahalliy mahsulotlardan
foydalanishni talab qiladi. Yuqori fizik-kimyoviy,sorbtsion sorbentlarga ega
membranalardan past navli rudalardagi kamyob-tarqoq metall ionlarini ajratib olish
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni optimallashtirish
bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga imkon beradi.Shu bilan birga ion almashish
materiallaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy raqobatbardosh texnologik
liniyalar va bir necha marta qayta ishlatiladigan materiallarga boʻlgan talablar
yuqori.Shunday qilib yuqori sorbsion qobiliyatga ega boʻlgan yangi sorbentlarni
bogʻlay oladigan membanalar ishlab chiqarish shuningdek ularning fizik-kimyoviy
xususiyatlarini oʻrganish zamonaviy kimyoviy texnologiya va ekologiya sohalarining
dolzarb hamda istiqbolli yoʻnalishi hisoblanadi.
500
Biz ham huddi shunday dolzab sohalardan biri ionitlar va membranalar sintezi
uchun keng koʻlamda qoʻllaniyotgan epixlorgidrinning hossasini oʻrganish va ishlab
chiqarish usullari boʻyicha toʻxtalamiz.Epixlorgidrinning epoksi guruhi hisobiga
reaksiyaga kirishish va monomer hosil qilish qobiyati yuqori boʻladi.Azotni oʻz
ichiga olgan birikmalarga nisbatan epixlorgidrinning seliktevligi yuqori shu sababli
azotni oʻz ichiga olgan epoksi monomerlar va polimerlar kimyoviy ishlab
chiqarishning turli sohalarida qoʻllaniladi.
Epixlorgidrin sintezining bir nechta usuli mavjud boʻlib daslabki modadalar
tuzilshi va jarayon sharoitiga qarab farqlanadi.Musol tariqasida epixlorgidrin
propilendan olinishi,u 500
o
C haroratda va 18 atmosfera bosimida allilxloridgacha
xlorlanadi:
Keyin allilxlorid gipoxlorid kislota bilan ta’sirlanadi va glitserinning izomerik
diklorogidrinlari olinadi:
Bundan tashqari, glitserinning dimonoxlor gidrinlari natriy gidroksid (NaOH)
bilan ishlanadi, natijada epixlorgidrin hosil boʻladi:
Olingan epixlorgidrin bugʻi distillash yoʻli bilan ajratiladi. Uni xlorlangan
akroleinni kamaytirish orqali ham olish mumkin.
Biz quydagi usulda epixlorgidrinni glitserindan olish jarayonida zarur boʻlgan
oraliq
maxsulot
α-monoxlorgidrin,β-monoxlorgidrin,
α-dixlorgidrin,
β-
dixlorgidrinlarni optimal sharoitda nisbatan yuqori unum bilan olish va undan
epixlorgidrin sintezi jarayonini amalga oshirdik.
501
Do'stlaringiz bilan baham: |